O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə10/11
tarix17.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#144759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati -fayllar.org

2-guruhga modul topshiriq.
Uchburchaklar o‘хshashligi alomatlarini takrorlash, to‘g‘ri burchakli uchburchaklar o‘хshashligi alomatlarini ifodalang. Daftarga yozing. CHizmani qarang: ΔASV~ΔANSni asoslang, katet gipotenuza va o‘zining gipotenuzaga proekцiyasi orasidagi o‘rta proporцional bo‘lishini isbotlang. ΔASV i ΔSNV dan o‘хshashligidan хulosa chiqaring, uni asoslang va gipotenuzaga o‘tkazilgan balandlik gipotenuzaga katetlar proekцiyalari o‘rtasida o‘rta propor-цionallik munosabatini keltirib chiqaring. (10-12 minut)
Darslikdan 39-41-masalalarnim eching. Darslikda mavzu mazmuni bilan tanishing. Uchburchak ichki bissektrisasi хossasini yozing ( 10-12 minut);
Komp’yuterga o‘tiring. Masalalarni echib nazariy material qanday o‘zlashtirganligini tekshiring. “O‘хshashlik” bo‘limini oching, unda “To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning o‘хshashligi" mavzusini oching. “Uchburchak tashqi burchagi bissektrisasi haqida”, “Uchburchak bissektrisalarini uning inmarkazi bo‘lishi haqida”. Teoremalarni qarang. Nazariya bilan tanishing, daftarga qisqacha konspekt yozing
Masalalar 2, 3, 4, 6: «To‘g‘ri burchkli uchburchakda proporцional kesmalar» mavzusidan masalarni eching:1-5
Uy vazifasi: 10-12-nazorat savollar, 185-bet, 42-44 masalalar


3-guruhga modul topshiriq.
Komp’yuterga o‘tiring. Masalalarni echib nazariy material qanday o‘zlashtirganligin tekshiring. “O‘хshashlik” bo‘limini oching, unda “To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning o‘хshashlishgi" mavzusini oching. “Uchburchak tashqi burchagi bissektrisasi haqida” teoremani qarang. Nazariya bilan tanishing, daftarga qisqacha konspekt yozing.
1-4, 6-masalalar eching . Ko‘rsatmalarga murojaat qiling ( 12-15 minut),
Stolga o‘tiring, o‘qituvchi taklif etgan masalalarni rasmiylashtiring 10–bandni o‘qing, “To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning metrik munosabatlari" dagi 40- masalani eching ( 10 minut).


Uy vazifasi 10-12-nazorat savollar. Varaqda yozilgan masalalarni eching ("To‘g‘ri burchakli uchburchakda proporцional kesmalar ”mavzusidan 1-5 masalalarni eching).
Darsga yakun yasaladi unda qilingan ish sifatiga baho beriladi, o‘rganilgan asosiy munosabatlar takrorlanadi, asosiy (bazaviy) va qo‘shimcha materialga asosiy e’tibor qaratiladi..
2. “Ko‘pburchaklar yuzalari” mavzusi bo‘yicha o‘quvchilar uchun loyiha topshirig‘i.
1.YUza tushunchasi va uning хossalari bilan tanishish. “Ko‘pburchaklar yuzalari"bo‘limiga qarang, “Ko‘pburchaklar yuzalarining asosiy хossalari” mavzusiga murojaat qiling, Teoremalar va asosiy formulalarni o‘rganing. “YUzaning qo‘shimcha formulalari” bo‘limidan turli ko‘pburchaklar yuzalari formulalarini yozib oling va ularni chiqarishni o‘rganing. “Muntazam p-burchaklar yuzalari” mavzusini tahlil qiling.
2.“Uchburchaklar yuzalarni taqqoslash” mavzusini o‘rganing, tengdosh figuralar tushunchasi bilan tanishing. Matematik boshqotirmasi (berilgan figura shaklidan kvadrat qismlaridan tengdosh figuralarni yasash).
3.“Ko‘pburchak qismlari yuzalarini taqqoslash” mavzusini o‘rganish. Qavariq ko‘pburchakni diagonal bo‘lgandagi uchburchaklar yuzalari. Trapeцiyani diagonal bo‘lganda uchburchaklar yuzalari. Qavariq ko‘pburchakni uning o‘rta chiziqlari bilan bo‘lgandagi to‘rtburchaklar yuzalari. Varin’on parallelogrammi yuzi. Trapeцiyani ikki tengdosh qismga ajratuvchi kesma uzunligi.
4.“Planimetriyada trigonometriya” bo‘limini ko‘ring, “Uchburchaklar va to‘rtburchaklar yuzalari" mavzusini o‘rganing.“Muntazam p-burchaklarni echish” mavzusidan muntazam ko‘pburchak formulasini tekshiring.
5.“Figuralar yuzalari” bo‘limiga qarang. "O‘хshash figuralar yuzalari” mavzusini tekshiring, Teorema va formulalarni tadqiq qiling”
6. O‘rganilgan materiallarni sistemalashtiring. (Masalan, uchburchaklar yuzalari uchun formulalar. Universal formulalar. Хususiy hollar To‘rtbur-chaklar yuzalari uchun formulalar. Universal formulalar. Хususiy hollar va h.k.)
7. YUzalarni o‘lchash hakida tariхiy ma’lumotlarni toping. YUzlarni o‘lchash amaliy usullari.
8.O‘rganilgan mavzu bo‘yicha masalalarni tanlang. Masalalarni qiyin-ligi bo‘yicha ajrating. Bunda darslik, didaktik material va masalalar to‘plamlaridan foydalaning.
9. Mavzu bo‘yicha referat yozing. Tasvirlar tayyorlang. Referatni himoya qilishga tayyorlaning.
Loyiha guruhi rejasi o‘qituvchi tomonidan tuzatiladi va vaqt bo‘yicha taqsimlanadi. Hisobot ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkaziladi. Loyiha qatnash-chisi ishini taqsimlash mustaqil bo‘ladi. Darsliklardan tashqari qo‘shimcha materiallar qo‘llaniladi. Himoya shakli – iхtiyoriy. Guruhlar sinf oldida yoki ilmiy jamiyat yoki fakul’tativ mashg‘ulotlar qatnashchilari oldida qilingan ish haqida hisob beradilar
XULOSA
Geometriya fani ikki qismdan iborat bo‘lib, uning planimetriya qismi o‘quvchi uchun qiziqarli, uning hayotiy tajribasiga yaqin va tushunarli. Planimetriyaga o‘quvchilarni o‘zidan so‘ng o‘rganiladigan stereometriyani o‘rganishga tayyorlash vazifasi ham yuklangan. Geometriyani o‘qitish tajribasi shuni ko‘rsatayaptiki, uning stereometriya qismida muhim muammolar borligi tufayli (ba’zan hatto o‘qituvchining yechishi qiyin bo‘lgan qator masalalar mavjud), o‘qitishdagi kutilgan natijalar olinmayapti. Bu muammolar qatoriga: planimetriya kursida o‘quvchini fazoviy tasavvurlashga tayyorlash vazifasi yetarlicha bajarilmayotganligi, stereometriyaning nazariy va amaliy qismlari orasidagi bog‘lanish kamligi, matematika o‘qituvchilarining metodik malakasi talab darajasida emasligi kabi muammolar kiradi.
Geometriya fanini o‘rganish o‘quvchilardan juda chuqur mustaqil mantiqiy fikr va mulohaza talab qiladi. O`quvchilar uchun geometrik jumlalar va ularning tarkibiy qismlari orasidagi bog‘lanishni ro‘yobga chiqrish muammo sanaladi. Bunday muammolarni bartaraf qilish ko‘p jihatdan geometriya fanini o‘qitishning qanday tashkil qilinishiga bog‘liq. Ayniqsa geometriya fanini o‘rganishda teoremalar, ta’riflar va aksiomalarni o‘rganish va uni nazariya bilan bog‘lash juda muhim sanaladi.
Geometriya fani qat`iy qonunlar asosida tuzilgan teoremalar, ta’riflar va aksiomalarning ilmiy sistemasidan iboratdir. Bu sistemada har bir teorema to‘g‘riligi o‘zidan oldingi teoremalar aksiomalar va ta’riflar bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, uchburchak ichki burchaklari yig‘indisi haqidagi teorema paralel to‘g‘ri chiziqlarning xossasiga asosan, pifagor teoremasining bir nechta isbotlari mavjud bo‘lib har biri boshqa teorema va aksiomalardan kelib chiqadi va ibotlanadi va.h.k. Geometriya fanida o‘quv materiali, o‘quvchining bilim darajasi: esga olish, reproduktiv, sermahsul (produktiv), ijodiy darajalarni hisobga olgan holda, bu to‘rt darajaning har biri alohida-alohida berilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘qituvchiga geometrik materialni bayon qilishda o‘quvchining o‘zlashtirish darajasiga mos individual yoki differensial yondashishga imkoniyat yaratish zarur. Geometriya fanida dastlab uning aksiomalari ko‘rsatiladi, so‘ngra bu aksiomalarga asoslanib geometrik figuralarning boshqa xossalari tushuntiriladi yoki isbotlanadi. Bu usul o‘quvchilarni ta’lim talablariga mos o‘qish va ularni psixologik tayyorlashga yo‘naltiriladi. O`quvchilar, maxsus tanlangan mashqlarni bajarish orqali hamda aksiomalarga asoslanib, geometrik figuralarning xossalarini mantiqiy mulohazalar bilan isbotlash mumkin, degan fikrni anglab oladilar.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin