O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


II-Bob. Uchburchaklar tengligi alomatlarini tushuntirish metodikasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/11
tarix17.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#144759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati -fayllar.org

II-Bob. Uchburchaklar tengligi alomatlarini tushuntirish metodikasi
2.1. Uchburchaklar tengligi alomatlari……………………………….…14
2.2. Uchburchaklar tengligining ikkinchi va uchinchi alomati mavzusida dars ishlanma ……………………………………………………………16
2.3.Geometriya o‘qitishda o‘quvchilar ijodiy faolligini oshirishda
yangi pedagogik teхnologiyalarni qo‘llash usullari…………………19

Xulosa ………………………………………………………………………….23

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati…………………………..........................25

Kirish
Mazuning dolzabligi - Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishining hozirgi bosqichi ta’lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning bog‘lanishi, o‘quv materialini o‘quvchilarga qiziqarli bo‘lishi ya’ni ta’lim motivlariga katta e`tibor berilishini talab qilmoqda. Geometriya fanida nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘langan holda bir tizimga keltirgan tartibda o‘quvchilarga yetkazish kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Geometriya fanini o‘qitish nazariy jihatdan chuqur va amaliyligi keng mazmunli tanlanishi maqsadga muvofiq. Hozirgi zamon o‘quvchisi o‘zining didiga mos o‘quv materiali tanlashi va uni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib turli variantda qayta ishlash orqali o‘rganishi ta’limda o‘qitishning yangi metodikasini yaratishni talab etiladi.
Barcha fanlar kabi geometriya fanini o‘qitishda ham o‘quvchining individual xususiyatlari, imkoniyatlarini hisobga olish, geometriya fanini o‘qitishda turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darslarni davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq tashkil etishning maqbul yo‘li hisoblanadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishni amalga oshirish kadrlar tayyorlashning milliy modeli qilib belgilab qo‘yilgan


I-Bob. O‘quvchilarda geometrik tushunchalarni shakllantirish


    1. Oquvchilarga geometrik teoremalarni tayanch tushunchalar orqali o‘rgatish

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘ini bo‘lgan umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan geometriya fanini o‘qitish jarayoni tadqiqot ob`ekti bo‘lib, ushbu maqolani tayyorlashda matematika fanidan fan dasturida tavsiya etilgan darslik va o‘quv qo‘llamalari ilmiy-metodik jihatdan tahlil etilib, qiyoslash, umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.
Geometriya fanida o‘quv materiali, o‘quvchining bilim darajasi: esga olish, reproduktiv, sermahsul (produktiv), ijodiy darajalarni hisobga olgan holda, bu to‘rt darajaning har biri alohida-alohida berilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘qituvchiga geometrik materialni bayon qilishda o‘quvchining o‘zlashtirish darajasiga mos individual yoki differensial yondashishga imkoniyat yaratish zarur. Geometriya fanida dastlab uning aksiomalari ko‘rsatiladi, so‘ngra bu aksiomalarga asoslanib geometrik figuralarning boshqa xossalari tushuntiriladi yoki isbotlanadi. Bu usul o‘quvchilarni ta’lim talablariga mos o‘qish va ularni psixologik tayyorlashga yo‘naltiriladi. O`quvchilar, maxsus tanlangan mashqlarni bajarish orqali hamda aksiomalarga asoslanib, geometrik figuralarning xossalarini mantiqiy mulohazalar bilan isbotlash mumkin, degan fikrni anglab oladilar.
Geometriya fani ikki qismdan iborat bo‘lib, uning planimetriya qismi o‘quvchi uchun qiziqarli, uning hayotiy tajribasiga yaqin va tushunarli. Planimetriyaga o‘quvchilarni o‘zidan so‘ng o‘rganiladigan stereometriyani o‘rganishga tayyorlash vazifasi ham yuklangan. Geometriyani o‘qitish tajribasi shuni ko‘rsatayaptiki, uning stereometriya qismida muhim muammolar borligi tufayli (ba’zan hatto o‘qituvchining yechishi qiyin bo‘lgan qator masalalar mavjud), o‘qitishdagi kutilgan natijalar olinmayapti. Bu muammolar qatoriga: planimetriya kursida o‘quvchini fazoviy tasavvurlashga tayyorlash vazifasi yetarlicha bajarilmayotganligi, stereometriyaning nazariy va amaliy qismlari orasidagi bog‘lanish kamligi, matematika o‘qituvchilarining metodik malakasi talab darajasida emasligi kabi muammolar kiradi.
Geometriya fanini o‘rganish o‘quvchilardan juda chuqur mustaqil mantiqiy fikr va mulohaza talab qiladi. O`quvchilar uchun geometrik jumlalar va ularning tarkibiy qismlari orasidagi bog‘lanishni ro‘yobga chiqrish muammo sanaladi. Bunday muammolarni bartaraf qilish ko‘p jihatdan geometriya fanini o‘qitishning qanday tashkil qilinishiga bog‘liq. Ayniqsa geometriya fanini o‘rganishda teoremalar, ta’riflar va aksiomalarni o‘rganish va uni nazariya bilan bog‘lash juda muhim sanaladi.
Geometriya fani qat`iy qonunlar asosida tuzilgan teoremalar, ta’riflar va aksiomalarning ilmiy sistemasidan iboratdir. Bu sistemada har bir teorema to‘g‘riligi o‘zidan oldingi teoremalar aksiomalar va ta’riflar bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, uchburchak ichki burchaklari yig‘indisi haqidagi teorema paralel to‘g‘ri chiziqlarning xossasiga asosan, pifagor teoremasining bir nechta isbotlari mavjud bo‘lib har biri boshqa teorema va aksiomalardan kelib chiqadi va ibotlanadi va.h.k.
Geometriya fanidan teoremalar, aksiomalar va ta’riflarni o‘rganishda o‘quvchilarning mustaqil mulohaza va fikrlay olishi uchun geometrik tayanch tushunchalar va geometrik jumlalarni rolini quyidagi keltirilgan misollar orqali ko‘rib o‘tamiz.
Masalan: Ushbu teoremada tushirib qoldirilgan jumlani mosini qo‘yib teoremani ayting.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin