Mavzu: Uchburchaklar tengligining ikkinchi va uchinchi alomati.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Uchburchaklar tengligining ikkinchi va uchinchi alomati haqida tushunchaga ega bo‘lish
Tarbiyaviy: O’quvchilarda tabiatga mehr uyg‘otish, ona vatanni sevishga da’vat etish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning fazoviy tushunchalarini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘rganilgan geometrik faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
Uchburchak va uning turlarini, siniq chiziq, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat, romb, parallelogramm, ko‘pburchaklar va uning elementlarini tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi;
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi
Darsda foydalanilgan metodlar: an’anaviy, interfaol
Dars jihozi: darslik, konspekt, ko‘rgazmali qurollar, chizg‘ich, sirkul
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Navbatchi axborotini tinglash
O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob.
Uy vazifasini tekshirish
Asosiy qism
Teorema: Agar bir uchburchakning bir tomoni va unga yopishgan ikki burhcagi ikkinchi uchburchakning bir tomoni va unga yopishgan burchagiga mos ravishda teng bo‘lsa, bunday uchburchaklar o‘zaro teng bo‘ladi.
∆ABC va ∆A1B1C1da AB=A1B1, A=A1, B=B1 dan ∆ABC=∆A1B1C1
Dostları ilə paylaş: |