Muhammad Rizo Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Cho‘lpon, Fitrat,
Abdulla Qodiriy,
G‘afur G‘ulom, Abdulla Kahhor, Oybek, O‘lmas Umarbekov, O‘tkir
Hoshimov
,
Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parpi kabi bir qator o‘zbek adabiyotining
namoyandalari o‘z ijodi ila tilimiz va millatimiz mavqeini ko‘klarga ko‘tardi.
Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi
nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
farmonida ona
tilimizning mavqeini yanada oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Farmonda davlat tilini rivojlantirish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini tayyorlash, davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dastur va «Yo‘l
xaritalari»ni ishlab chiqish, «O‘zbek tili bayrami kuni»ni nishonlash
bo‘yicha
ishlarni muvofiqlashtirish
, ilmiy asoslangan yangi so‘z
va atamalarni
muomalaga kiritish kabi bir qancha vazifalarni amalga oshirish belgilandi. Bu hujjat
yurtimizda tilimiz rivoji, uni saqlash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan
ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Va, guvohi bo‘lib turganimizdek,
mamlakatimizda ushbu hujjatda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga tatbiq etish
borasida
sezilarli
ishlar
olib
borilyapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 50 milliondan ziyod aholi o‘zbek tilida so‘zlashadi.
Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biri ekanidan dalolat. Bugungi kunda
ona tilimiz siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy
jabhalarda faol
qo‘llanilib, jahon minbarlarida baralla yangramoqda. Prezidentimizning BMT Bosh
Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlashi esa tilimizning jahon
miqyosidagi
nufuzini
yana
bir
bor
mustahkamladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan
muhim vazifalar o‘zini shu mamlakat fuqarosiman deb bilgan inson uchun o‘zbek
tilini bilishi qanchalar zarur ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini
tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 21 oktyabrdagi Farmoni 31 yil
oldin qabul qilingan Qonunda ta’kidlanganlarni unutganlar yoki
bu qoidalarga
xohlab-xohlamay
, bilib-bilmay amal qilmayotganlarning uyg‘onishi uchun yana bir
turtki
bo‘ldi,
deyish
mumkin.
O‘tgan 31 yil o‘zbek tilini davlat, umumjamiyat, mamlakat hududida yashovchi
ko‘pmillatli aholining o‘zaro muloqot tiliga aylantirish
borasida bir qator ishlar
amalga oshirilganligiga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Biroq 2020 yil o‘zbek tilining
nufuzini oshirish, uning mavqeini yanada yuksaltirish, mamlakat hududida faoliyat
yurituvchi
vazirlik va idoralarda
, korxona va tashkilotlarda ish yuritishning asosiy
vositasi darajasiga ko‘tarish yo‘lida qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi. Zero, biz aynan
til vositasida insonlar bilan muomalaga kirishamiz, turli ijtimoiy-madaniy va
boshqa munosabatlarimizni tartibga solamiz. Bir so‘z bilan aytganda til muomala
vositasi sifatida hayotimizning har bir onida, uyda, maktabda, ko‘chada, bozorda,
ishxonada
va
hamma
joyda
biz
bilan
birga.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muhim qadamning birgina
samarasi sifatida bugun
deyarli barcha vazirlik va idoralarda rahbarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini
ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyat yuritmoqda. Bu, jami 309
ta davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining 282 tasida, ya’ni 91.2 foizida nafar
maslahatchi ish olib bormoqda degani. Ularning maqomi rahbar o‘rinbosariga
tenglashtirilganligi esa bu vazifaning qanchalar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatibgina
qolmay, mazkur lavozimga tayinlanganlarga juda katta mas’uliyat yuklashi,
tabiiy.
Shunday ekan buni his qilish
, har kim o‘z sohasida
zarur ishlarni amalga
oshirishga
munosib
hissa
qo‘shishi
lozim.
Ushbu yo‘nalishda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda O‘zbekiston
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi eng asosiy va mas’ul ijrochilardan biri sifatida ko‘rsatilgan.