Fuqaro tug‘ilgan vaqtida olgan ismini, shuningdek o‘zgartirilgan
ismini fuqarolik holati
hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Boshqa shaxs ismidan foydalanib huquq va burchlarga ega bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
17, 18
,
20
,
99
,
1171-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
69, 70-moddalari
.
20-modda. Ismni himoya qilish
O‘z ismi bilan yashash huquqiga e’tiroz bildirilayotgan yoki ismidan qonunsiz
foydalanilayotganligi munosabati bilan manfaatlari buzilayotgan
shaxs manfaatlarini
buzuvchidan bunday harakatlarga chek qo‘yishni va raddiya berishni talab qilishi mumkin. Agar
manfaatlar qasddan buzilayotgan bo‘lsa, jabrlangan shaxs qo‘shimcha suratda zararni
qoplashni talab qilishi mumkin. Zararni qoplash uchun
manfaatni buzgan shaxsning
daromadini berish talab qilinishi mumkin. Manfaat qasddan buzilganida jabrlanuvchi ma’naviy
ziyonning qoplanishini ham talab qilish huquqiga ega.
Ism yoki shaxsiy sha’n egasi bo‘lmagan, lekin oilaviy mavqeyiga ko‘ra bundan manfaatdor
bo‘lgan shaxs ham ushbu moddaning
birinchi
qismida
ko‘rsatilgan harakatlarga chek qo‘yish
yoki raddiya berish haqidagi talablarni qo‘yishi mumkin. Bu shaxs boshqa shaxsning o‘limidan
keyin ham uning ismini va sha’nini himoya qilishga qaratilgan talablarning bajarilishiga harakat
qilishi mumkin. Ismni va sha’nni buzish tufayli keltirilgan zararni qoplash talabi o‘limdan keyin
tan olinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
17 — 19
,
99-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
69,
70-moddalari
.
Dostları ilə paylaş: