O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə87/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   143
22.09.1994 ЖПК

18711-modda. Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish;
taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish;
tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish;
qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
obyektiv asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, taftish o‘tkazish muddatini uzaytirish to‘g‘risida surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish;
ushbu Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga harakatlarni bajarish.
Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart.
Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘z vakolatlari doirasida:
xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi;
taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qo‘ydirib topshirishi;
tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining to‘xtatib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmasligi;
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi;
tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda to‘ldirishi;
taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi;
huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan ta’sir choralarini ko‘rishi shart.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin