XOTIRA VA HAYOL
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Xotira, assosiasiya, esda olib qolish, esda saqlash, esga
tushurish, unutish, harakat, emosional, obrazli, so'z-mantiq,
ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qisqa muddatli, uzoq mudatli, operativ,
hayol, fantaziya, obraz, tasavvur, passiv hayol, ijodiy hayol,
shirin hayol, aktiv hayol, anatilik, sintetik agglyutinasiya,
gipertolizasiya, sxematizasiya, katta yarim sharlar po’stlog’I,
nerv, orzu.
Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ
tashqi
ta'sirotlarning
aks
ettirilishidan
o'zining
keyingi
hattiqharakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba ortib borishi
hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashdi. Agar tashqi dunyoning
miya qobig'ida hosil bo'ladigan obrazlari beiz yo'qolib ketaversa,
tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo'lmay qolar edi. Bu
obrazlar bir-biri bilan o'zaro turli xil aloqalar bog'lagan holda
mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga
muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo'ladi.
219
Individning o'z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va
keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.
Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib
ketmaydi, balki ma'lum darajada esda saqlanib qoladi va qulay
sharoitda yoki kerak bo'lganda esimizga tushadi. Kunlik tajribamiz
shuni ko'rsatadi, esda qolgan narsalarning hammasi ham esimizga
tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid
hodisadir. Esda qolgan narsa xotira materialini, esda saqlanib
turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini
tashkil qiladi. Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash,
saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat bo'lgan aqliy
faoliyat xotira deyiladi. Xotira bir necha ruhiy jarayonni o'z ichiga
oladi:
1.
Esda olib qolish;
2.
Esga tushirish;
3.
Esda saqlash va unitish.
Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat
hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o'sha faoliyat
bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot
faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bog'liqdir. Esda olib
qolingan narsani keyinchalik bo'ladigan faoliyatda qo'llash uchun uni
esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat
doirasidan chiqib qolishi esa uning unitilishiga olib keladi. Materialni
esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog'liq bo'ladi.
Chunki har bir muayyan paytda kishining xulq-atvori uning butun
hayotiy tajribasi bilan belgilanadi.
Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati
hisoblanadi. Xotiraning roli «o'tmishda yuz bergan» narsani aks
ettirish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas.
Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi
bo'lish bilan birga inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta'minlaydi.
Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha
biror narsa yoki xodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda
olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng avval miya po'stida idrok
qilinayotgan narsalar-buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning «izlari»
hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan
kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning
ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan
iboratdir.
Esda olib qolishning ikki turi mavjud: assosiativ va mantiqan
esda qoldirish. Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki
yoki bir qancha narsa va hodisalarning obrazlari o'rtasida miyada hosil
bo'ladigan bog'lanish assosiativ bog'lanish yoki assosiasiya deyiladi.
Masalan, birorta ashulani eshitib turib, ayni zamonda shu ashulani
220
aytayotgan odamning o'zini ham ko'rsak, shu ashulani idrok qilish
o'rtasida yondosh assosiasiya hosil bo'ladi. Assosiasiyaning yondoshlik
assosiasiyasidan tashqari o'xshashlik, qarama-qarshilik turlari ham
mavjud.
Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan esda olib qolish jarayonida
asosiy o'rinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan
materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi ma'no va
mantiqiy bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan ochiladi. Ma'no
bog'lanishlarni ochish birorta narsaning obrazini oddiy esda olib qolish
emas, balki narsa va xodisalarga xos bo'lgan eng muhim va zaruriy
bog'lanishlarni ochish demakdir, bir guruh doirasiga kirgan narsa va
hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular o'rtasidagi sabab va
natija bog'lanishlarini aniqlash demakdir.
O'tmishda idrok qilingan narsalarning hisqtuyg'u, fikr va ish
harakatlarning ongimizga qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi.
Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil
bo'lgan nerv bog'lanishlarning qo'zg'alishidir.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esimizda
turishi tufayli, ular turli usulda esimizga tushishi mumkin. Esda
saqlash deyilganda ilgari tug'ilgan taasurot, fikr, his-tuyg'u va ish
harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va
mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday moyillikning hosil
bo'lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik deb
ataluvchi alohida xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Shuning uchun
ham nerv sistemasi ilgari bo'lib o'tgan tassurotlarni takrorlashga
tayyor turadi. Unutish-ilgarilari esga olib qolingan narsalarning
ongimizdan tamomila yo'qolishi, ya'ni uni esda tutishga batamom
qarama-qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. Esdan
chiqarish xotirani ko'pgina keraksiz detallardan holi qilish va eslab
qolinganini umumlashtirish, shu orqali esa uning saqlanib qolishiga
yordam beradi. Esdan chiqarishning o'ziga xos xususiyati uning bir
tekisda bo'lmasligidir. Esdan chiqarishning oldini olish uchun u
materialni shunday, biroq o'z vaqtida takrorlash kifoyadir, chunki
esdan chiqarilgan narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat
talab qilinadi.
Xotiraning
mexanizmlari
haqidagi
fiziologik
nazariyalar
I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta'limotining
eng muhim qoidalari bilan chambarchas bog'liqdir. Muvaqqat shartli
bog'lanishlarning hosil bo'lishi haqidagi ta'limot-bu sub'yektning
individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi ta'limot, ya'ni
aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.
Xotira kishi hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok
etishi sababli uning namoyon bo'lishi shakllari ham benihoya rang-
barangdir. Xotiraning turlarga bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va
221
yana qayta eyaga tushirish jarayonlari o'rin olgan faoliyatning aynan
o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu xotiraning u yoki
bu turi kishida uning psixik tuzilishiga xos xususiyat sifatida
gavdalangan hollar uchun ham to'g'ridir. Muayyan psixik xususiyat
faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi.
Xotira ta'riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish
jarayonlari sodir bo'ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog'liqligi
xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo'lib xizmat
qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq
tarzda bo'linadi:
1) faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psixik faollikning
xususiyatiga qarab xotira harakat, emosional, obrazli va so'z-
mantiqli turlariga bo'linadi;
2) faoliyatning maqsadlari xususiyatlariga ko'ra ixtiyoriy va
ixtiyorsiz xotira turlariga bo'linadi
3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash
muddatiga ko'ra (uning faoliyatdagi roli va tutgan o'rniga bog'liq
ravishda) qisqa muddatli, uzoq muddatli xotira turlariga bo'linadi.
Harakat xotirasi-turli xildagi ish harakatlari va ularning
sistemasini esda olib qolish, esda saqlash va yana qayta esga
tushirishdan iboratdir.
Emosional xotira-his-tuyg'uga xos xotiradir. His-tuyg'ular
hamisha
bizga
ehtiyojlarimiz
va
qiziqishlarimiz
qanday
qondirilayotgani, bizning tevarak-atrofdagi olamga munosabatimiz
qanday yo'lga qo'yilganligi haqida xabar berib turadi. Shuning uchun
ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va faoliyatida juda muhim
ahamiyatga egadir.
Obraz xotirasi tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini,
shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta'mlarni esda olib qolishdan iborat
xotira hisoblanadi. U ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilishga oid
xotiradir.
Bizning o'y-fikrlarimiz so'z-mantiq xotiraning mazmunini
tashkil etadi. O'y-fikrlar nutqsiz mavjud bo'la olmaydi, shuning uchun
ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so'z-
mantiq xotira deb ataladi. O'y-fikrlar turli xildagi til shakllarida
mujassamlashgan bo'lishi mumkinligi vajidan ularning aks ettirilishi
materialning yo faqat asosiy mohiyatini yetkazishga, yoxud uning
aynan so'z bilan ifoda etilishiga qaratilgan bo'lishi mumkin.
Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus
maqsad bo'lmagan holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish
ixtiyorsiz xotira deb ataladi.
Oldimizga bironta maqsad qo'yib esda olib qolganimizda
ixtiyoriy xotira haqida gap boradi.
222
Har kimning o'ziga xos xotira xususiyatlari bor. Xar kimning
xotirasidagi farq xotiraning kuchida ifodalanadi. Ma'lumki, xotirasi
kuchli va xotirasi zaif odamlar bor. Xotiraning kuchli-kuchsiz bo'lishi
esda olib qolish va esdan chiqarish tezlik darajasiga qarab belgilanadi.
Tez esga olib sekin, bora-bora unutish kuchli xotiraning xarakterli
xususiyati bo'lsa, sekin esda olib qolish va tez esdan chiqarib qo'yish
kusiz xotira belgilaridandir.
Hayol yoki fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish
jarayonlari qatoriga kirib, kishining o’ziga xos insoniy
xarakterga ega bo’lgan faoliyatlariga namoyon bo’ladi.
Mehnatning tayyor natijasini hayolga keltirmay turib ishga
kirishib bo’lmaydi. Fantaziya yordami bilan kutilayotgan
natijani tasavvur qilish-inson mehnatining hayvonlar
instinktiv faoliyatidan tub farqidir. Istalgan mehnat jarayoni
zarur tarzda hayolni o’z ichiga qamrab oladi.
Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib
mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o’z ifodasini topadi,
shuningdek muammoli vaziyat noaniqliq ko’rsatgan hollarda
xulq-atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi. Shuning bilan
birga hayol faol faoliyatni programmalashtiruvchi emas, balki uning
o’rnini almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga
chiqadi.
Hayolning psixik jarayon sifatida birinchi va muhim vazifasi
shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uning natijasini
tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Hayol mehnatning faqat so’nggi
natijasinigina emas, balki mehnatning oralik mahsulotlarini tasavvur
qilish imkonini beradi.
Hayol tafakkur bilan mahkam bog’langandir. Hayol ham tafakkur
singari kelajakni oldindan ko’rish imkoniyatini beradi. Hayol tafakkur
singari muammoli vaziyatda, ya’ni masala yechishning yangi usullarini
qidirib topishda yuzaga keladi. Tafakkur singari, hayol shaxsning
extiyojlariga asoslanadi. Extiyojlarni qondirishning real jarayonidan
oldin extiyojlarni qondirishning soxta, hayoliy jarayoni sodir bo’ladi,
ya’ni bu extiyojlarning qondirilishi mumkin bo’lgan vaziyatni jonli,
yorqin tasavvur qilish mumkin. Hayol jarayonlarida amalga
oshiriladigan voqelikni oldindan aks ettirish yorqin tasavvurlar tarzida
va konkret-obraz shaklida sodir bo’ladi. Shuning bilan bir paytda
tafakkur jarayonlarida oldindan aks ettirish olamni umumlashtirib,
vositali tarzda bilish imkonini beruvchi tushunchalar bilan ishlashda
sodir bo’ladi.
223
Hayolning qimmati shunday iboratki, u hatto tafakkur uchun
kerak bo’lgan to’la va zarur bilimlar bo’lmagan joyda ham biror qarorga
kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi.
Fantaziya tafakkurning qandaydir bosqichlaridan «sakrab o’tish» va
har holda so’nggi natijani tasavvur qilish imkonini beradi. Ammo
muammoni yechish yo’lining kuchsiz tomoni ham xuddi mana
shundadir. Masala yechishning fantaziya tomonidan belgilangan yo’li
ko’pincha yetarli darajada aniq va qat’iy bo’lmaydi. Biroq muhitda
yetarli bo’lmagan ma’lumotlar bilan yashash va harakat qilish zarurati
kishida hayol apparatining paydo bo’lishiga olib keldi. Vaholanki,
atrofimizni o’rab olgan olamda o’rganilmagan sohalar hamisha qolar
ekan, bu hayol apparati hamma vaqt foydali bo’ladi.
Hayol o’zining faolligi bilan xarakterlanadi. Shuning bilan birga
hayol apparati faqat atrofdagi olamni o’zgartirishga qaratilgan shaxs
ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanilishi mumkin va
foydalaniladi. Ayrim hollarda odam o’ziga hal qilib bo’lmaydigandek
ko’rinadigan masalalardan, turmushning og’ir sharoitlaridan, o’z
xatolarining ta’kibidan va shu kabilardan yashirinish uchun real
tasavvurlardan uzoq bo’lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi.
Bu yerda fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi,
amalga oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish-
harakat programmalarini belgilaydi. Hayolning bunday formasi passiv
hayol deb ataladi.
Kishi passiv hayolni oldindan o’ylab yuzaga keltirishi mumkin:
jo’rttaga yuzaga keltirilgan iroda bilan bog’liq bo’lmagan, lekin hayotda
gavdalantirishga qaratilgan hayolning mana shunday obrazlari shirin
hayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, ёqimli, qiziqarli narsalara
haqida shirin hayol surish hamma odamlarga xosdir. Mana shunday
shirin hayollarda fantaziya mahsulotlari bilan ehtiyojlar o’rtasidagi
aloqa yengil namoyon bo’ladi. Ammo inson hayoliy jarayonlarida shirin
hayol kechirish hollari ko’proq bo’lsa, bu shaxsning passivligidan
dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi.
Passiv hayol o’ylab qo’yilmagan tarzda ham yuzaga kelishi
mumkin. Bu asosan ong faoliyatining, ikkinchi signal sistemasining
susayishida, kishining vaqtincha harakatsizlik holatida, uyqusirash
holatida, uyquda (tush ko’rishda), ongning kasallikka uchrab
buzilishida (gallyusinasiyada) va shu kabilarda sodir bo’ladi.
224
Agar passiv hayolni oldindan o’ylab va o’ylamasdan qilingan
turlariga bo’lish mumkin bo’lsa, aktiv hayolni ijodiy va qayta tiklovchi
hayol turlariga bo’lish mumkin bo’ladi.
O’z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar sistemasini
yaratuvchi hayol qayta tiklovchi hayol deb ataladi. Xoh darslarni, xoh
badiiy adabiyotni o’qishda, geogrofik kartani va tarixiy tasvirlarni
o’rganishda hayol yordami bilan bu kitoblarda, xaritalar va hikoyalarda
aks ettirilgan narsalarni qayta tiklashga to’g’ri keladi.
Ijodiy hayol kayta tiklovchi hayoldan farq qilgan holda, original va
qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi
obrazlarning yaratilishini taqozo qiladi. Mehnatda paydo bo’lgan ijodiy
hayol ehtiyojlarini qondirish yo’lini izlashda yaqqol tasavvurlar bilan
aktiv va maqsadga muvofiq ish tutadigan texnik, badiiy va istalgan
boshqa ijodiyotning ajralmas tomoni bo’lib qoladi.
Inson shaxsining qimmati ko’p jihatdan uning strukturasida
hayolning qaysi turi ustunligiga bog’liqdir. Agar o’smirlar va yoshlarda
konkret faoliyatlarda amalga oshiriladigan ijodiy hayollari passiv,
quruq hayolparastlikdan ustunlik qilsa, bu shaxsning taraqqiyot
darajasi yuksakroq ekanligidan dalolat beradi.
Hayol jarayonlari idrok, xotira va tafakkur jarayonlari kabi
analitik-sintetik xarakterga ega. Hayolning mohiyati tasavvurlarni
qayta tuzish jarayonidan va o’zimizdagi mavjud obrazlar asosida yangi
obrazlar yaratishdan iboratdir. Hayol, fantaziya real voqelikni yangi,
kutilmagan hamda odatdan o’zgacha qo’shilish va bog’lanishlarda aks
ettirishdan iboratdir.
Insonning bilish jarayonlarida xayol yoki fantaziya katta
ahamiyatga ega. Xayol sеzgi, idrok, tafakkur jarayonlari bilan uzviy
bog`liq bo`lib, borliqni yangi bo`yoqlarda, o`z xohishi, istagi, tasavvuri
shaqlida aks ettirishidir. Ko`rgan, eshitgan, qisqasi o`z tajribasidan
o`tkazgan narsa hodisalarni ko`z oldiga kеltirish - qayta tiklovchi, o`z
istagi xohishi asosida yangi obrazlar yaratib tasavvur qilish - ijodiy
xayol shaqlida bo`ladi. Ijodiy xayol - fantaziya dеb ham aytiladi. (Shoir,
yozuvchi, ixtirochi - konstruktor uchun zarur sifatlar).
Ijodiy xayol ijodkor-ixtirochi uchun, yozuvchi yoki rassom uchun
juda zarurdir. Ijodkor o`z boshidan kеchirgani, bilgani doirasidan vaqt
va fazo jihatidan ilgarilab kеtadi.
Xayoliy yoki yangi obraz yaratishning bir nеcha usullari bor:
225
1) agglyu-tinatsiya - еlimlash, bir nеcha obrazdan yangi obraz
yaratish - masalan - suv parisi, kеntavr, uchar ot - pеgas va hokazo
fantastik obrazlarni yaratish.
2) gipеrbolizatsiya - bo`rttirish yoki kichraytirish (Gullivеr
sarguzashtlarini eslang).
3) qayd etish-narsa va hodisalarning eng muhim bеlgilariga
diqqatni jalb qilish (O`rtoqlik hazili, sharj).
Bulardan tashqari tipiklashtirish, orzu xayol (uchar gilam -
samolyot), qayd etish, tipiklashtirish shaqlida ham bo`ladi.
Bolalar o`yini ham, konstruktor tasavvuri ham ijodiy xayol, lеkin
mazmuni va opеratsiyalari bir-biridan farq qiladi.
T A F A K K U R
T a ya n ch s o’ z v a i b o r a l a r :
Tafakkur, nuqt, logika, tafakkur psixologiyasi, uning
turlari. Tafafkkur operasiyasi, analiz, sintez, taqqoslash,
umumlashtirish,
mavhumlashtirish,
klassifikasiyalash,
sistemalashtirish.
Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va
kechiktirib bo’lmaydigan vazifalar va muammolarni qo’yadi.
Bunday muammolarning, qiyinchiliklarning, tasodiflarning
yuzaga kelishi atrofimizdagi voqelikda hali juda ko’p
noma’lum, tushunib bo’lmaydigan, kutilmagan, yashirin
narsalar borligidan dalolat beradi. Demak, olamni chuqurroq
o’rganib, unda odamlar va narsalarning tobora yangi-yangi
jarayonlarini, xususiyatlarini va o’zaro munosabatlarini
ochish lozim. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, hayot va
faoliyat davomida har bir individ narsalarning qandaydir
yangi, ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlariga duch keladi.
O’tmishdagi bilimlarimizning kamligi bilinib qoladi. Koinot
cheksiz bo’lganidek, uni bilish jarayoni ham cheksizdir.
Tafakkur hamisha hali bilib olinmagan, yangilikning ana
shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo’ladi.
Tafakkur-jiddiy ravishda yangilikni qidirish va
ochishga bog’liq, aloqador psixik jarayondir, uning
tahlili va sintezi jarayonida voqelikni bavosita va
umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy
226
faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo’ladi va
hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib
ketadi.
Tafakkur-bu predmet va hodisalarning umumiy
xususiyatlarini aks ettirish, ular o’rtasidagi qonuniy aloqalar
hamda munosabatlarni topish jarayonidir. Boshqacha qilib
aytganda, tafakkur-bu borliqni umumlashtirilgan holda va
bevosita aks ettirishdir. Tafakkur-inson aqliy faoliyatining
yuksak shaklidir. Istalgan ixtiyoriy faoliyat, u xoh o’quv, xoh
ishlab chiqarish faoliyati bo’lsin, uning natijalarini oldindan
ko’rishni albatta talab qiladi. Biroq oldindan ko’rish uchun
dalillarni umumlashtirish va shu umumlashmalar asosida
xuddi shunga o’xshash boshqa dalillarga ham tadbiq etish
mumkin bo’lgan xulosalar chiqarish kerak bo’ladi. Bu
ikkiyoqlama yondashish yakkadan umumiyga, umumiydan
yakkaga-tafakkur orqali amalga oshiriladi. Voqelik tafakkurda
idrok va tasavvurlardagiga qaraganda chuqurroq va to’laroq
aks etadi. Narsa vahodisalar o’rtasidagi eng muhim
bog’lanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan
ochiladi. Binobarin, tafakkur insonning shunday aqliy
faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to’g’ri), to’liq,
chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning
tag’in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga
imkon beradi.
Bilish faoliya sezish va idrok qilishdan boshlanadi va
keyin tafakkurga o’tib ketishi mumkin. Biroq istagan
tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy
bilish bilan, ya’ni sezgi, idrok va tasavvurlar bilan bog’langan
bo’ladi. Tafakkur faoliyati o’zining butun «materialini» faqat
bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar
va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita
bog’lanadi hamda shu tariqa olamni aks ettiradi. Bu aks
ettirishning to’g’riligi (adekvatligi) amaliy faoliyat orqli tabiat
va jamiyatni amaliy o’zgartirish jarayonida uzluksiz tekshirilib
turiladi.
Bosh miya po’stining biron bir sohasi emas, balki bosh
miyaning butun po’sti bajarayotgan faoliyat tafakkurning
nerv-fiziologik negizidir. Analizatorlarning miyaga borib
tutashgan uchlari o’rtasida vujudga keladigan murakkab va
227
muvaqqat bog’lanishlar tafakkur qilish uchun birinchi galda
ahamiyatga ega. Tafakkurni yo’naltirib turadigan asosiy nerv-
fiziologik negiz shunday yo’l ko’rsatib turuvchi refleksdirki, bu
refleks tafakkur qilish jarayonlarida katta rol o’ynaydi.
Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning
shunchaki
bir-biri
bilan
almashinishi
tarzida
voqe
bo’lmasdan, balki alohida aqliy operasiyalar-biz idrok
qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narsalar ustida,
umumiylashgan va amalda tushunchalarga ega bo’lgan
ob’yektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo’ladi.
Taqqoslash,
analish
va
sintez,
abstraksiya
va
umumiylashtirish, konkretlashtirish, klassifikasiya (tasnif) va
sistema (tizim)ga solish aqliy operasiyalarning asosiy
turlaridir.
Dostları ilə paylaş: |