122
34-§. AMIR TEMURNING TASHQI SIyOSATI
Tayanch tushunchalar: Sharq va G‘
arb mamlakatlari bilan
munosabatlar,
diplomatik aloqalar, elchilar tashrifi, Buyuk Ipak
yo‘lida savdo munosabatlari.
Tashqi siyosat.
Amir Temur davlati bilan Vizantiya, Tur-
kiya, Hindiston,
Ispaniya, Fransiya, Angliya, Oltin O‘rda,
Mo‘guliston, Xitoy kabi davlatlar iqtisodiy,
siyosiy va
madaniy aloqalar o‘rnatdilar. Amir Temur davlatining tashqi
siyosati o‘z oldiga mamlakat xavfsizligini ta’minlash; qo‘shni
mamlakatlarda o‘z ta’sirini mustahkamlash; Turkiya, Hindiston,
Xitoy,
Venetsiya, Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy,
elchilik, madaniy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish kabi
vazifalarni qo‘ygan.
XIV asr oxirlari
da vujudga kelgan muayyan xalqaro
vaziyat tufayli Amir Temur davlati, Turkiya, Misr va Oltin
O‘rda eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi.
Bu
davrda Amir Temurga Mo‘g‘uliston, Oltin O‘rda va Misr
bilan ittifoqdagi Usmoniylar Turkiyasi qarama-qarshi turardilar.
Mo‘g‘uliston
bilan munosabatlar.
Movarounnahr mo‘g‘ul-
lar istibdodidan xalos etilib, mamlakatda Amir Temur hoki-
miyati o‘rnatildi, lekin uning sarhadlari hali tinch emas edi.
Mo‘g‘ulistonda ulus beklarining isyonlari va ularning Toshkent
viloyati bilan Farg‘ona vodiysiga talonchilik xurujlari ro‘y
berib turardi. Shimol tarafda Oq O‘rdada Jo‘ji
ulusining toj-
taxti uchun kurash kuchaygan, ularning Xorazm hukmdorlari
bilan qo‘shilib, Buxoro, Chorjo‘y va Qarshi ustiga qilgan
talonchilik yurishlari davom etardi.
Bularni bartaraf qilmay turib, Amir Temur o‘z
davlatining
xavf sizligini ta’minlay olmas edi. Manbalarning guvohlik beri-
shicha, Amir Temur bu masalani muzokaralar yo‘li bilan hal
qilishga urindi. Lekin foydasi bo‘lmadi. Uni qurol vositasi bilan
hal qilishga majbur bo‘ldi. Amir Temur
Dostları ilə paylaş: