O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

Zandana qishlog‘i
da 
to‘qilgan mallarang bo‘z 
“zandanicha”
, Samarqandning 
Vador qishlog‘i
da tayyorlangan mato 
“vado riy” 
nomlari 
bilan Sharqda mashhur edi.
Ichki va tashqi savdo.
Mamlakatda 
dehqon 
chilik va hunar 
mandchilikning rivoj 
topishi natijasida ichki va tashqi savdo 
kengaydi. Qadimgi karvon yo‘li bo‘ylab 
quduqlar qazilib, har bir bekatda 
rabotlar 
bino qilinadi. Karvonlar o‘tadigan shahar va 
qish loqlarda 
karvonsaroylar 
quri lib, ularda 
hujralar va ombor xona lar bo‘lgan. 
Tashqi savdo muomalasida 
sar­roflik­
cheklari
dan keng foy da lanilar edi. O‘sha 
vaqtda savdo 
garlar o‘zi bilan ko‘p miq 
dor-
da pul olib yurmas edilar. O‘z pullarini ular 
shahardagi sarrofl ar dan biriga topshirib, undan 
tegishli hujjat – 
chek
olardilar. Mo‘l jallangan 
shaharga borish bilan shu chekni sarrofga 
Somoniylardan 
Abdulmalik 
bin Nuh 
tangasi. 
Samarqand 
961–962-yillar


50
berib, unda ko‘rsatilgan miqdordagi pulni to‘laligicha qaytarib 
olish mumkin edi. 
Chek
so‘zi forscha termin bo‘lib, o‘sha 
vaqtda ham bu so‘z ayni ma’noda ishlatilgan.
Shimoliy yo‘l orqali Janubiy Sibir va Mo‘g‘ulistonga Mova-
rounnahrning shahar va qishloqlaridan bo‘z, kiyim-kechak, 
egar- jabduq, qilich, idishlar, zargarlik buyumlari, dori-darmon, 
quruq meva, kunjut va zig‘ir moyi va boshqa shu kabi mollar 
olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatbaho mo‘ynalar, 
chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan. 
Xitoy bilan bo‘lgan savdoda 
choy, ipak mato, tuz 
va 
ot 
aso siy o‘rin da turgan. Itil, Xazar va Bulg‘orga Mova ro unnahr 
va Xorazmdan gu ruch, quruq mevalar, shirinliklar, tuz lan gan 
baliq, paxta, shoyi mato lar, movut, kimxob va gilamlar olib 
borib sotilgan. Bulg‘or va Xazardan qimmatbaho mo‘ynalar, 
shamlar, cho‘qqi qalpoqlar kel ti rilgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin