7-ma’ruza
TURKISTONNING XONLIKLARGA BO‘LINIB KETISHI, UNING
SABABLARI VA OQIBATLARI
1. Shayboniy va Ashtarxoniylar davrida O‘rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy
munosabatlar
Bizga ma’lumki, Movarounnahr va Xurosonda Amir Temurdan key in hukmronlik qilgan Shohruh, Ulug‘bek va Husayn Boyqarolar vafotidan so‘ng Temuriylar saltanati inqirozga yuz tutdi. Bu jarayon ancha avvalroq, Ulug‘bekning fojiali o‘limidan so‘ng boshlangan edi. Abdullatifdan so‘ng (1450 y.) Samarqandda hokimiyat Shohruhning nabirasi Abdulloga o‘tdi. Mironshohning nabirasi Abusaid Mirzo ham taxt uchun kurashib, Abdulloni yengdi. U o‘z hududini kengaytira borib, Hirotni oldi va vaqtincha bo‘lsa-da, Temuriylar saltanatini tikladi.
Movarounnahr Abusaid farzandlari o‘rtasida taqsimlandi. Samarqandda Sulton Ahmad, Buxoroda Sulton Mahmud, Farg‘onada Umar Shayx hukmdorlik qila boshladilar. Shu orada Xurosonda hokimiyatga Husayn Boyqaroning (1469-1506) kelishi tufayli Temuriylar davlati yana ikkiga bo‘linib ketdi.
1495 yilda Umarshayx va Sulton Ahmad deyarli bir vaqtda vafot etdilar. 12 yoshida Farg‘onada hokimiyat taxtiga o‘tirgan Zahiriddin Muhammad Bobur Movarounnahrni birlashtirish uchun so‘nggi kurashni boshladi
1. Bobur 1483 yil 13 fevralda Andijonda Umarshayx oilasida dunyoga keldi. U 1497 yilda katta qo‘shin to‘plab Samarqandga yurish qildi. Shaharni yetti oy qamal qilib egalladi va u yerda uch oy hukmronlik qildi. Lekin Andijonda o‘ziga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirish uchun orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. Xo‘jandda o‘rnashib, bir yarim yildan so‘ng Andijonda hokimiyatni tiklab, yana Samarqand yurishiga tayyorlana boshladi. Ammo ahvol og‘ir edi. Bir tomondan, Temur avlodlari o‘rtasida taxt uchun kurash avj olgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Muhammad Shayboniy Samarqand yurishiga hozirlanmoqda edi. 1499 yilda Muhammad Shayboniy Samarqand taxtini egallab, Temuriylar saltanatiga chek qo‘ydi. Bu davrda Bobur kichik bir guruh (240 kishi) bilan Samarqandga otlandi. Lekin Shayboniy Boburdan oldinroq Samarqandga kirdi. Shaharni egallagan Shayboniyning talonchilik maqsadida atrof qishloqlarga chiqib ketganini eshitgan Bobur to‘satdan hujum qilib, Samarqanddagi 8 ming kishilik qo‘shinni tor-mor qilib, shaharni qo‘lga oldi.
1501 yilning bahorida Bobur Muhammad Shayboniy qo‘shinlari bilan jang qilish uchun Samarqanddan chiqdi. Ko‘hak daryosi sohilida bo‘lgan qattiq jang Bobur lashkarlarining mag‘lubiyati bilan tugadi. Bu esa Shayboniyxonga Movarounnahrdagi mavqeini yanada mustahkamlashga yordam berdi.
Og‘ir ahvolda qolgan Bobur 1504 yilda o‘z baxtini izlab Movarounnahrdan butunlay chiqib ketishga qaror qildi. Tajribali sipoh, dono davlat arbobi darajasiga yetgan Bobur oilasi, yaqinlari va xizmatchi navkarlaridan 200 kishini olib Afg‘oniston sari yo‘l oldi. Qobul shahrini egallab, u yerda qo‘shin to‘pladi. Shayboniyxon Samarqandni olishi bilan amalda Temuriylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1500-1508 yillarda Shayboniyxon tinimsiz urushlar olib borib, Farg‘onani, Xorazmni, Xurosonni ishg‘ol qildi. 1508 yilda Jom ostonalarida Temuriylarning oxirgi qo‘shini tor- mor qilingach, ularning Movarounnahrdagi ildizi batamom tugatildi. Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Markaziy Afg‘onistongacha bo‘lgan ulkan mamlakat Shayboniylar mulkiga aylanib qoldi
1.
1510 yilda Marv yaqinida Eron shohi Ismoil bilan to‘qnashuvda Shayboniyxon yengiladi va halok bo‘ladi. Shoh Ismoil Xurosonni egallab, Boburni shimolga - Movarounnahrga yurishga unday di, unga qo‘shin va yordam va’da qiladi. Bobur 1512 yilda Samarqandga yurib, uni egallaydi. Biroq xalq uni shoh Ismoilning gumashtasi deb, qo‘llab-quvvatlamadi. Shunga qaramay, Bobur taxt uchun qattiq kurashadi. Biroq 1513 yilda u Ubaydulla Shayboniy va Muhammad Temurlardan mag‘lubiyatga uchraydi. Shu bilan Bobur va Shoh Ismoil o‘rtasidgi ittifoq barham topadi. Bobur garchi Movarounnahrni qaytarib olish niyatidan voz kechmagan bo‘lsa-da, lekin bundan keyin Shayboniylar bilan kurash olib borish maqsadidan qaytadi. Qobulga qaytgach, Bobur 1525 yilda Hindistonga bostirib kiradi va Dehli sultonini, so‘ngra rajputlar hokimi Rang Sint qo‘shinini tor-mor qiladi. Bobur bu o‘lkada tarixda Buyuk mo‘g‘ullar nomi bilan shuhrat topgan Boburiylar saltanatiga asos soladi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 332 yil (1526-1858 yy.) hukmronlik qildi
2. Shunday qilib, Amir Temur va uning avlodlari 144 yil Movarounnahrda, 37 yil Xurosonda, 332 yil Hindistonda, jami bo‘lib tarix sahifasida 513 yil o‘z mavqelarini saqlab turdilar.
Shayboniylar Movarounnahrni 1500-1508 yillarda bosib olgan bo‘lsa-da, Zahiriddin Muhammad Bobur mag‘lubiyatga (1512-1513) uchrab, Movarounnahrdan chiqib ketgandan keyin, 1515 yilda ularning bu yerda to‘la hukmronligi o‘rnatildi.
Shayboniylar sulolasi Movarounnahrda yuz yil hukmronlik qildi. Lekin ko‘chmanchi o‘zbeklar Movarounnahrning o‘troq, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgan hayotiga katta ta’sir ko‘rsata olmadi.
Shayboniylarning davlat boshqaruvi mulk tizimiga asoslangan edi. Muhammad Shayboniy qo‘lga kiritilgan yerlarni o‘z qarindoshlari, sultonlar va beklarga taqsimlab berdi. Ularning har biri mulk boshqaruviga ega bo‘lib, bu yerda u mustaqil siyosat olib borishga intildi. Shu tarzda mustaqil, tarqoq yer egalari Shayboniyxonning bosqinchilik yurishlari jarayonida birlashgan bo‘lsalar-da, bu birlashish uzoqqa cho‘zilmadi. Mulk tizimining hukmronligi natijasida davlat yana ayrim bekliklarga bo‘linib ketdi.
Bu bekliklarning iqtisodiy, so‘ngra esa siyosiy qudratlari kuchaygach, boyib ketgan hokimlar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishga harakat qila boshladilar. Ana shu vaziyatda Shayboniyxon o‘z hokimiyati ostidagi sultonlar orasida markazdan qochish kuchini kamaytirish uchun bir qator tadbirlar ko‘rdi. Masalan, u ayrim sultonlar va amirlarni bir mulkdan ikkinchisiga ko‘chirishga harakat qildi, ammo bu narsa har doim ham u istagan natijani bermadi .
Mamlakatda o‘zbek qabilalari ma’lum darajada o‘z mustaqilliklarini saqlab qolgan bo‘lib, ularni xondan amirlik yorlig‘ini olgan qabila boshliqlari boshqarardi. Amirlar xon saylash, majlislarda qatnashish huquqiga ega edi. Natijada ular bora-bora xon hokimiyati uchun xavfli kuchga aylana boshladi.
Muhammad Shayboniy ayrim dushmanlari ta’kidlaganidek, o‘ta johil, amalparast, savodsiz emas, balki arab, fors, turk, mo‘g‘ul tillarini bilgan, adabiyotga qiziqqan, hatto shoirsifat shaxs edi. U 1510 yilda 61 yoshida fojiali halok bo‘lgach, taxtga uning amakisi Ko‘chkinchixon (1510-1530), uning o‘g‘li Ahad Said (1530-1533), so‘ng jiyani Ubaydullaxon (15331539) o‘tirib, merosxo‘r sifatida Movarounnahrni boshqardilar.
Undan keyin qo‘sh hokimiyatchilik o‘rnatildi. Buxoroda Ubaydullaxonning O‘g‘li Abdulazizxon (1540-1550). Samarqandda jiyani Abdullatifxon (1540-1551) hukmdorlik qildilar. Ularning o‘limidan so‘ng yana hokimiyat uchun kurash qizib ketdi.
Shayboniylarning Movarounnahrdagi yuz yillik hukmronligi davrida o‘tgan 8 ta xondan uchtasi - Muhammad Shayboniy, Ubaydullaxon va Abdullaxon (1557-1598) largina shijoatli harbiy hukmdorlar edilar. Aynan shu hukmdorlar davrida davlatning yaxlitligi saqlandi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli bir oz bo‘lsa-da, mustahkamlandi, siyosiy barqarorlik ta’minlandi, islohotlar, qurilishlar olib borildi.
Shayboniylar davlati Ubaydullaxon davrida (1533-1539) birmuncha kuchaydi. Davlat poytaxti 1533 yilda Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi, shundan keyin davlat Buxoro xonligi nomini oldi. Ubaydullaxon vafotidan so‘ng, Shayboniy sultonlar va mahalliy hokimlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib, xonlik yerlari mayda bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Buxoroda Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon, Samarqandda Ko‘chkinchixonning o‘g‘li Abdullatif, Balx va Badaxshonda Pirmuhammadxon, Toshkent va Turkistonda Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon), Karmana va Miyonkolda Iskandarxon va boshqa kichik hukmdorlar mustaqil bo‘lib oldilar
1.
1551-1556 yillarda Movarounnahr uchun Shayboniylar o‘rtasidagi kurashda Iskandar Sultonning o‘g‘li Abdullaxon g‘olib chiqdi. U Shayboniy hukmdorlar orasida eng nufuzli hukmdor bo‘lgan. 1557 yilda Buxoro shahri uzil-kesil davlat poytaxti bo‘lib qoldi. Abdullaxon II hukmronligi davrida (1557-1598) Movarounnahrda tarqoq hokimliklarga barham berilib, markazlashgan davlat va kuchli qo‘shin tashkil etildi. Xonlik chegarasi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlarni qamrab oldi.
Bu davrda sug‘orish inshootlari, karvonsaroylar, madrasalar, ko‘priklar qurildi. Hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-fan, madaniy va elchilik aloqalari rivojlandi. Pul zarb qilish yo‘lga qo‘yildi. Biroq Abdullaxon vafotidan keyin mamlakatda taxt uchun kurash yana avj oldi.
1598 yilda Abdullaxon vafotidan so‘ng taxtga o‘g‘li Abdulmo‘min o‘tirdi. Ammo olti oy o‘tgach, u dushmanlari tomonidan o‘ldirildi. Abdulmo‘mindan so‘ng taxtga Abdullaxonning qarindoshi Jonibekning o‘g‘li shahzoda Pirmuhammad o‘tirdi. Uning ham hukmronligi uzoqqa bormay, 1607 yili taxtdan ag‘darildi. Shunday qilib, qariyb 100 yil hukm surgan Shayboniylar sulolasi barham topdi.
XVI asr oxiri XVII asrning boshlarida Movarounnahr hududida Shayboniylar o‘rniga yangi o‘zbek sulolasi - Ashtarxoniylar hokimiyat tepasiga keladi
2. O‘zbek davlatchiligi boshqaruviga yangi sulolaning kelishi amalda biron-bir keskin tarixiy burilishga sabab bo‘lmadi. Ashtarxoniylar ham mamlakatda davom etgan o‘zaro feodal urushlar va boshlangan inqirozga chek qo‘ya olmadilar. Bu esa Movarounnahrda markaziy hokimiyat mavqeining tushib ketishiga, mamlakat aholisi va iqtisodining ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ashtarxoniylar sulolasining taxtga kelishi masalasida shuni aytish mumkinki, Oltin O‘rda (Jo‘chi ulusi) zaiflashib borib, bir qancha mayda xonliklarga bo‘linib ketadi. Natijada XV asrning 30-yillarida Volga bo‘yidagi yerlarda Astarxan xonligi yuzaga keldi. “Astarxan” Ashtarxonning ruslashganidir. «Ashtarxon» esa asli «Xoji Tarxon» so‘zidan kelib chiqqan. Tarxon turkiy xalqlar hayotida mavjud siyosiy unvonlardan bo‘lib, mashhur Xazar xoqonligi (VII-X asrlar) davridanoq ma’lum
1. 1556 yilda Ashtarxon Rossiya tomonidan bosib olinganidan so‘ng, Ashtarxon Yormuhammadxon farzandlari bilan Shayboniylar huzuridan panoh topgan. Shu tariqa Ashtarxoniylar Movarounnahrga kelib qolgan. 1599 yilda shayboniy Abdulmo‘min vafot etganidan so‘ng, shayboniylar orasida taxt vorisi qolmaydi. Shayboniylar davlatining nufuzli amirlari kelishib, Ashtarxoniylardan bo‘lmish Jonibek sultonni xon taxtiga taklif qiladilar. U rozi bo‘lmagach, Jonibekning katta o‘g‘li Dinmuhammad taklif qilinadi. Ammo u Obivordan Buxoroga qaytib kelayotganida halok bo‘ladi. Buning natijasida oliy taxtga uning ukasi Boqimuhammad o‘tiradi. Jonibekning uchinchi o‘g‘li Valimuhammad Balxga noib qilib jo‘natiladi. Shunday qilib, o‘lkada Ashtarxoniylar, ya’ni ashtarxonliklar (boshqa nomi joniylar) sulolasining bir yarim asrlik faoliyati boshlanadi. Yuqorida aytilganlarga xulosa qiladigan bo‘lsak, birinchidan, shayboniylar davrida boshlangan inqiroz so‘nggi Shayboniylar (Abdulmo‘min) davriga kelib kuchaydi; ikkinchidan, o‘zaro urushlar, qabilaviy kurashlar, taxt talashishlar natijasida Shayboniylar urug‘idan xon taxtiga voris qolmaydi; uchinchidan, Movarounnahrda ba’zi bir o‘zbek qabilalari, qabila amirlarining nufuzi shunchalik kuchayib ketdiki, ular hatto taxt merosxo‘rligiga nomzodlar masalasini o‘z hohishlaricha hal qilishgacha (Ashtarxoniylar misolida) borib yetdilar.
Endi Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Movarounnahrdagi siyosiy ahvolga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 1599 yilda ashtarxoniy Boqimuhammad taxtga o‘tirdi. Shu davrda Ashtarxoniylar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri - markaziy hokimiyatni mustahkamlash, mamlakat siyosiy yaxlitligini ta’minlash edi. Marv, Xorazm, Balx yerlarida siyosiy parokandalik kuchaygan edi. Boqimuhammadxon o‘z hukmronlik yillari Xorazm, Balx, Shibirg‘on, Maymana, Bag‘lon, Badaxshon, Hisor yerlariga yurishlar uyushtiradi
2. Shu orada 1605 yil Boqimuhammadxon vafot etadi. 1605-1611 yillarda ashtarxoniylardan Valimuhammad hukmronlik qildi. 1606 yili Valimuhammad Balxga yurish uyushtiradi. Keyinchalik xon Eron safaviylari bilan yaxshi diplomatik munosabatlar o‘rnatadi. Valimuhammadning no‘noq siyosati tufayli, Xurosonda Eron safaviylarining mavqei oshib boradi. Bu esa yirik o‘zbek amirlarining norozligiga sabab bo‘ladi. Natijada amirlar bilan xon o‘rtasida ixtilof kuchayib, Samarqand hokimi Imomqulixon 1608 yili Buxoro taxtiga o‘tqaziladi. Valimuhammadxon 1611 yili Samarqand atrofida Imomqulixon bilan navbatdagi to‘qnashuvda halok bo‘ladi.
Shunday qilib, mamlakat taxtiga Imomqulixon (1611-1642) o‘tiradi. U davlatni o‘ttiz yildan ko‘proq boshqargan. Bu Imomqulixon Ashtarxoniylar orasida eng nufuzli hukmdorlardan biri bo‘lganidan dalolat beradi
1. Imomqulixon Movarounnahr chegaralariga xavf solib turgan ko‘chmanchi qalmiq va qozoq xonlariga qarshi tinimsiz kurash olib bordi. 1613 yili Imomqulixon qozoqlarni tor-mor qildi va Toshkentni egallab, u yerda o‘z o‘g‘li Iskandarni noib qilib qoldirdi. Lekin Imomqulixon ketishi bilan shahar aholisi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Iskandarni o‘ldirdi. Bundan g‘azablangan Imomqulixon qo‘zg‘olonni bostirishga majbur bo‘ladi va shahar aholisini qirg‘in qiladi.
Bundan tashqari, Imomqulixon o‘z hukmronlik yillarida qoraqalpoq va kuchli qalmiqlarga qarshi kurash olib bordi. Tinimsiz olib borilgan urushlar xon hokimiyatining birmuncha mustahkamlanishiga olib keldi. Lekin bu muvaffaqiyatlarga qaramay, feodal yer egaligining rivojlanishi va o‘zbek qabilalari zodagonlarining qo‘lida yirik mulklarning to‘planishi ba’zi bir yirik qabilalarning siyosiy nufuzini oshirib yubordi. Shuning uchun ham o‘z hukmronligi yillarida Imomqulixon bir qancha yirik qabila feodal- zodagonlariga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘lgan. Hukmronligining so‘nggi yillarida ko‘zi ojizlashgan Imomqulixon taxtni ukasi Nodir Muhammadxonga topshirgan.
Nodir Muhammadxon (1642-1645) davrida mamlakatda ichki nizolar va o‘zaro kurash yanada avjiga chiqqan. Chekka viloyatlar Toshkent, Xo‘jand, Turkiston markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay qo‘ygan. Hukmronligining dastlabki yillarida Nodir Muhammadxon taqsimot o‘tkazib, o‘zining
otaliq Mahmudbiy Balx noibi qilib tayinlanadi. Lekin Mahmudbiy Buxoroga butunlay bo‘ysunmay qo‘yadi. Bu esa boshqa beklar, qabilalar, feodal guruhlarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Natijada o‘zaro feodal urushlar va qabilaviy nizolar yanada kuchayib ketadi.
Mamlakatdagi ichki ziddiyatlar keyingi hukmdor Ubaydullaxon (17021711 yy.) davrida avj oladi. Bu davrga kelib, eng asosiy viloyatlar - Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, O‘ratepa, Hisor, Balxda Ashtarxoniylar emas, balki o‘zbek zodagonlariga mansub ayrim amirlar hukmronlik qilar edilar
1. Ubaydullaxon o‘z hukmronlik yillarida markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun harakat qildi. U amalda mustaqil bo‘lgan zodagonlar va qabilalarga qarshi tinimsiz urushlar olib bordi. Bu urushlar oqibatida xo‘jalik inqirozi yanada kuchaydi. Ubaydullaxon amalga oshirgan pul islohoti ham foyda bermadi. Hatto 1711 yilda Ubaydullaxonning o‘zi ham fitna qurboni bo‘ldi. Ashtarxoniylardan bo‘lgan so‘nggi hukmdorlar davriga kelib (Abulfayzxon, Abdulmo‘min, Ubaydullaxon) “Buxoro xonligi markaziy hokimiyati amalda mustaqil bo‘lgan mulklar yig‘indisidan iborat bo‘lib qolgan edi”
2. Hokimiyat amalda Abulfayzxon hukmronligi davrida avval Jovshan qalmiq, u o‘ldirilgandan keyin esa oliy qushbegi Abdullabey xoja, keyin esa Muhammad Hakimbiy otaliq qo‘lida mujassamlashgan edi. Davlatdagi bunday holat ko‘pchilik amirlar va qabila zodagonlarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Abulfayzxonga qarshi fitna uyushtirilgan, lekin fitna fosh bo‘lib, tashkilotchilari qattiq jazolangan. Bundan tashqari, 1722 yilda Rajab sultonning Samarqandda xon deb e’lon qilinishi ahvolni yanada mushkullashtirdi. Bu davrda mamlakat ichkarisiga, ayniqsa, Zarafshon vodiysiga ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi qabilalar (qozoqlar)ning ko‘chib kelishi kuchaydi. Natijada ekinzor va maydonlar hamda tomorqalar payhon qilinib, xo‘jalikka katta zarar yetdi.
O‘zbek davlatchiligi birlashmalarining shakllanishi va uning xususiyatlari
Bu davrda Balx, Badaxshon ham Buxoro davlatidan mustaqil mulklarga aylandi. Buxoro xonligidagi og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyatdan Eron shohi Nodirshoh (1736-1747 yy.) ustalik bilan foydalandi. 1740 yilda Nodirshoh Buxoro xonligiga qarshi yurish boshlab, Ashtarxoniylar qudratiga zarba beradi. Mamlakatda Abulfayzxon nomigagina xon bo‘lib, amalda esa butun hokimiyat otaliq Muhammad Hakimbiy, 1743 yilda uning vafotidan keyin Muhammad Rahim qo‘liga o‘tgan. Eng yaxshi lavozimlarga otaliqning qarindoshlari tayinlanadi. Amalda Buxoro xonligi Eronga qaram davlatga aylanib qoldi. 1747 yilda Nodirshoh fitna tufayli o‘ldirildi. Natijada Buxoro xonligida butun hokimiyat Muhammad Rahim qo‘lida mujassamlashdi. Muhammad Rahim hokimiyat tepasiga kelgach, 1753 yilda Buxoroda mang‘itlar sulolasiga asos soldi. Muhammad Rahim Chingizxon avlodiga mansub emas edi, shuning uchun u amir unvonini oldi, bu davrdagi davlat
Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Shu tariqa, 1599 yildan to 1753 yilgacha davom etgan Ashtarxoniylar hukmronligi barham topdi.
Muhammad Rahim hukmronligi davrida (1753-1758) Buxoro amirligiga qarashli yerlar ancha qisqargan edi.
Uning tarkibiga Buxoro, Samarqand, Miyonkol, Karmana, Qarshi, G‘uzor, Karki, Chorjo‘y, Shahrisabz viloyatlari kirib, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari xonlik tasarrufidan chiqib ketgan edi. Doniyolbiy otaliq hukmronligi davrida (1758-1785) ham o‘zaro urushlar davom etdi. Karmana, O‘ratepa, Nurota, Sherobod, Boy sun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh ko‘tarib, markazga bo‘ysunmay qo‘ydilar. Amir Shohmurod hukmronligi davrida (1785-1800) Doniyolbiy joriy etgan soliqlardan bir qanchasi bekor qilindi, iqtisodiy hayot birmuncha yaxshilandi. Ruhoniylarning mavqei oshib bordi. Bu davrda Buxoro amirlari markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qanchalik urinmasinlar, viloyat hokimlarining mustaqillikka intilishlari to‘xtamadi.
Amir Haydar davrida (1800-1826) ham ichki va tashqi urushlar davom etib turdi. Ayniqsa, O‘ratepa bir necha marta qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turdi. XIX asrning birinchi choragida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari o‘rtasida O‘rta Osiyoda ustunlikka erishish uchun o‘zaro urushlar bo‘ldi. Toshkent, Turkiston, Chimkent va ularning atrofi Qo‘qon xonligi tarkibiga qo‘shildi. 1825 yilda Xiva xoni Olloqulixon (1825-1864) Buxoroga qarashli Marvni egalladi. Tinimsiz urushlar, soliqlar miqdorining ortib borishi 1821-1825 yillarda Buxoro va Samarqand oralig‘ida istiqomat qiluvchi xitoy-qipchoq qabilalarining qo‘zg‘oloniga sabab bo‘ldi\
1826 yilda Amir Haydar vafot etgach, birin-ketin uning ikki o‘g‘li Husayn va Umar o‘ldirildi. Taxtga uning uchinchi o‘g‘li, shafqatsizligi tufayli “qassob amir” laqabini olgan Nasrullaxon o‘tirdi. U hokimiyatni mustahkamlash uchun o‘ta shafqatsizlik bilan kurash olib bordi. U taxtga da’vogar bo‘lgan barcha qarindoshlarini ham ayamay o‘ldirtirib yubordi. O‘zini Buxoro amirligidan mustaqil deb e’lon qilgan Shahrisabz bekligiga 20 yil davomida 32 bor yurish qildi. Janubda Marv uchun Xiva xonlari bilan uzoq urushlar olib bordi. Amir Nasrullo 1839, 1841 va 1858 yillarda Qo‘qon xonligiga uch marta yurish qiladi
1. Aholi qirg‘in qilinib, boyliklar talandi. Hatto mashhur o‘zbek shoirasi Nodirabegim (Mohlaroyim) ham amir buyrug‘i bilan o‘ldirildi.
Amir Nasrullo davrida Buxoro Rossiya bilan Angliya o‘rtasida O‘rta Osiyoda boshlangan raqobatchilik kurashi maydoniga aylanib qoldi.
XVI-XVIII asrlardagi O‘rta Osiyo siyosiy xaritasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu davrda Buxoro davlatidan mustaqil Xiva xonligi mavjud edi
2. Xiva xonligi Muhammad Shayboniyxonning XVI asr boshlarida Xorazmga yurishidan so‘ng tashkil topgan edi. 1511 yilda Shayboniylarga mansub bo‘lmagan Dashti Qipchoq ko‘chmanchilari tub aholining yordami bilan eronliklarga zarba berib, Xorazm mustaqilligini tikladilar. Elbars Xiva xoni deb e’lon qilindi. Elbarsxon XVI asrning 20-30 yillarida Xorazm yerlarini
Turkmanistonning janubi, Eronning shimoliy Saraxs tumani, Orol bo‘ylari va Mang‘ishloqqacha kengaytirdi.
Buxoro hukmdorlaridan Xivani bo‘ysundirish uchun 1536 yilda Ubaydullaxon, 1575 yilda Abdullaxon harakat qildi, lekin bo‘ysundira olmadi. Abdullaxon vafotidan (1598) so‘ng, Xiva xonligi uzil-kesil mustaqil bo‘ldi.
XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligida feodal tarqoqlik hukm surdi. Har bir shahzoda o‘z mulkida mustaqil boshqaruvga ega edi. Arab Muhammad (1602-1623), Asfandiyor (1623-1643) davrida bunday holat yanada kuchaydi. Xonlik hududiga qozoqlar, Ural kazaklari, qalmiqlar va Buxoro lashkarlari bir necha bor bostirib kirdilar. Abulg‘ozi Bahodirxon (16431663) va uning O‘g‘li Anusha davrida (1663-1687) Xiva xoni, yirik tarixchi olim va tabib Buxoroga bir necha bor hujumlar uyushtirdi. XVIII asrda ham xonlikda vaziyat og‘irligicha qolaverdi. Ayniqsa, Shohniyoz (1688-1702) va undan keyin hukmronlik qilgan Arab Muhammadxon II (1702-1714) davrida sultonlar o‘rtasida taxt uchun kurash to‘xtamadi. 1715 yilda Xiva xonligi taxtiga Sherg‘ozi o‘tirdi. Feodal mojarolar natijasida davlatning ichki ahvoli yomonlashib bordi. Bu davrda qo‘shni davlatlarning Xiva xonligi ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Petr I Xiva xonligini bosib olish maqsadida 1715-1717 yillarda Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida katta ekspeditsiya yubordi. Lekin Xiva lashkarlari ustalik bilan harakat qilib, rus qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi. Shundan keyin ham qo‘shni davlatlarning Xiva xonligi ichki ishlariga aralashuvi davom etaverdi. 1728 yili Sherg‘ozixon o‘ldiriladi va Xivaning nufuzli ayonlari taklifiga binoan taxtga qozoq sultonlaridan biri Elbars (1728-1740) o‘tiradi.
Elbarsxon II davrida Xuroson, Afg‘oniston va Hindistonga harbiy yurishlar qilindi. Shu davrda Eron hukmdori Nodirshoh Xivaga qarshi urush boshladi. Elbarsxon II o‘ldirilib, Xiva xonligi Eronga bo‘ysundirildi. Bir yildan so‘ng, 1741 yilda Xivada Eronga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilib, xonlikning mustaqilligi tiklandi. 1747 yilda qozoq sultonlaridan biri Qoyim (Kaip, 1747-1757) xon deb e’lon qilindi.
1763 yilga kelib Xiva xonligida yangi sulola - qo‘ng‘irot qabilasi vakillarining hukmronligi boshlandi. Muhammad Amin inoq (1763-1790) 1770 yilda turkmanlarning, 1782 yilda buxoroliklarning hujumlarini daf etdi.
yilda Xivada qo‘ng‘irotlar sulolasi amalda emas, rasmiy ravishda hukmron bo‘lib oldi. Eltuzarxon (1804-1806) va uning ukasi Muhammad Rahimxon I (1806-1825) hukmronligi davrida Xiva xonligining nufuzi oshdi, uning birlashish jarayoni tugallandi. 1811 yilda Orol bo‘ylari, ko‘p o‘tmay qoraqalpoqlar, 1822 yilda Marv va uning atrofidagi turkmanlar bo‘ysundirildi.
Muhammad Rahimxon I davlatni boshqarish uchun devon (vazirlik) tashkil qildi, soliq tizimini isloh qilib, bojxona va zarbxona tashkil etdi, oltin va kumush tangalar chiqardi. Uning o‘g‘li Olloqulixon (1825-1842) davrida xonlik yerlari Sirdaryoning Orolga quyilishi joyidan Turkmanistonning Kushkagacha bo‘lgan hududlarigacha kengaydi. Natijada Eron bilan munosabatlar yomonlashdi. Undan keyingi xonlar, ayniqsa, Muhammad
Aminxon (1845-1855) va Sayyid Muhammadxon (1855-1864)lar turkmanlarga qarshi va Xurosonni egallash maqsadida bir necha marta yurishlar qildilar. Xiva taxtida eng ko‘p o‘tirgan hukmdorlardan biri Muhammad Rahimxon II (1864-1910) bo‘lib, uning davrida Xiva xonligi Rossiya imperiyasiga qaram bo‘lib qoldi.
asr boshlarida Buxoro xonligida ro‘y bergan siyosiy va iqtisodiy tushkunlik oqibatida markaziy hokimiyat zaiflashib bordi. Xonlik tasarrufiga kiritilgan yerlarda, ayniqsa, Farg‘onada mustaqillikka intilish kuchayib ketdi. Natijada Farg‘ona alohida o‘lka bo‘lib, xonlikdan ajralib chiqdi1. Xon avlodlari o‘rtasidagi kurash tufayli hokimiyat o‘zbeklarning Ming urug‘idan chiqqan Erdonabiy qo‘liga o‘tadi. Ko‘p o‘tmay, Shohruhbiy hokimiyatni qo‘lga olib, 1710 yilda Qo‘qon xonligiga asos soldi. Qisqa vaqt ichida Farg‘onadan tashqari, xonlik hududiga Sirdaryo havzasi, Yettisuvning bir qismi qo‘shib olindi.
Abdurahimbiy (1721-1733) 1732 yilda davlat poytaxtini Tepaqo‘rg‘on qal’asidan hozirgi Qo‘qon shahri o‘rniga ko‘chirdi. Abdurahimbiy davrida xonlik yerlari kengayib, Farg‘onada kuchli davlat vujudga keldi.
asrning ikkinchi yarmida Erdonabiy (1751-1762) va Norbo‘tabiy (1763-1798) hukmronligi davrida Farg‘onani birlashtirish yakunlandi. Bir necha marta Qo‘qon hukmdori Norbo‘tabiy Toshkentga qarashli yerlarni bo‘ysundirishga harakat qildi. Lekin muvaffaqiyat qozonolmadi. Norbo‘tabiyning o‘g‘li va vorisi Olimxon (1798-1809) davrida xonlik yerlari kengayib, uning siyosiy va iqtisodiy mavqei o‘sdi. Xonlikda harbiy islohot o‘tkazildi. Ohangaron, Toshkent, Chimkent va Turkiston viloyatlari xonlikka qo‘shib olindi.
yildan Farg‘ona davlati rasman Qo‘qon xonligi deb e’lon qilindi1 va Olimbek o‘ziga xon unvonini oldi. 1809 yilda xonlik taxtiga Umarxon (1809-1822) o‘tirdi. Umarxon hukmronligi davrida bo‘ysunmay qo‘ygan Turkiston, Chimkent, Sayram va Avliyoota egallandi. Jizzax, O‘ratepa va boshqa joylar uchun Qo‘qon xonlari Buxoro amirligi bilan beto‘xtov urushlar olib bordi. Muhammad Alixon (1822-1842) Sharqiy Turkiston bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni kuchaytirishga harakat qildi. Xonlik chegaralarini kengaytirib, Qorategin, Ko‘lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz va Matcho viloyatlarini bosib oldi. Chegaralarni mustahkamlash maqsadida Pishpak, To‘qmoq, Kushka, Avliyoota va boshqa harbiy istehkomlar qurildi.
Muhammad Alixon boshqaruvining so‘nggi yillarida Qo‘qonda xon hokimiyatiga qarshi Nasrulloxon 1839 va 1841-1842 yillarda Qo‘qon xonligiga bostirib kirib, Toshkent, Xo‘jand, O‘ratepa va boshqa joylarni egallab oldi. 1842 yilda Qo‘qonga hujum qilib Muhammad Alixon, Mohlaroyim (Nodirabegim) va boshqa ko‘p odamlarni qatl ettirdi. Qo‘qonga Buxoro tarafidan noib tayinlandi, lekin ko‘p o‘tmay qo‘qonliklar qo‘zg‘olon ko‘tarib, buxoroliklar hukmronligini ag‘darib tashladilar. 1842 yilda Olimxonning jiyani Sherali xon qilib ko‘tarildi. Bu vaqtda qo‘ldan chiqib ketgan Toshkent yerlari, Qurama, Xo‘jand va boshqa viloyatlar qaytadan xonlik tasarrufiga kiritildi. Bu davrda Farg‘onada qipchoqlar qo‘zg‘olon ko‘tarib, Qo‘qonni egalladilar va Musulmonqul bosh qo‘mondon qilib tayinlandi. Sheralixonning siyosatidan norozi o‘zbek beklari uni o‘ldirdilar, taxtga Olimxonning o‘g‘li Murodxon qo‘yildi. Sheralixondan keyin xonlikda taxt uchun kurash avjiga mindi. Yosh hukmdor Murodxon ham o‘ldirilib, uning o‘rniga taxtga Musulmonqul qipchoq tomonidan Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorxon o‘tqazildi.
Xudoyorxon uch marotaba taxtga o‘tirdi\ Birinchi marta (1845-1858) nomigagina xon bo‘lib, hokimiyatni qaynotasi Musulmonqul boshqardi. Xudoyorxon ikkinchi marta 1862-1863 yillarda, uchinchi marta 1865-1875 yillarda xonlik qildi. Xudoyorxon hukmronligi davrida tinimsiz ichki nizolar, Buxoro amirligi bilan olib borilgan urushlar, xalq g‘alayonlari Qo‘qon xonligini inqirozga olib keldi.
Shunday qilib, Rossiya istilosi arafasida O‘rta Osiyoning uchta o‘zbek xonligi o‘rtasidagi feodal urushlar, etnik nizolar, taxt talashishlar Rossiya imperiyasi tomonidan bu uchala mustaqil o‘zbek davlatlarini bosib olib, mustamlakaga aylantirishga qulay imkoniyat yaratdi.
“Yagona xalq”, “Umumiy Vatan” tushunchalari qadrining ketishi va yo‘qolib
borishi sabablari
XVI asr va XIX asrning birinchi yarmida xonliklarda ijtimoiy-iqtisodiy hayot qanday bo‘lgan?
Shayboniylar davlatining ijtimoiy tuzumi Temuriylarnikidan farq qilmagan. Ular ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari harbiy zodagonlaridan o‘zlariga tayanch bo‘lgan yangi sinfni yaratdilar. Suyurg‘ol va iqto (tanho)ning keng in’om qilingani uchun ularning yer-mulklari ko‘payib, siyosiy va iqtisodiy qudrati kuchayib bordi
1.
Xonlikda davlat tizimida xondan keyingi o‘rinda turgan otaliq bo‘lib, u butun mamlakatni boshqargan. Ikkinchi o‘rinda devonbegi bo‘lib, moliya, soliq-xiroj, elchilar yorlig‘ini qabul qilish vazifalarini bajargan. Parvonachi arz-shikoyatlarni qabul qilish, ularga xon javobini yetkazish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, naqib, qoziaskar, ko‘kaldosh, inoq, qushbegi va boshqa lavozimlar ham bo‘lgan
2. Buxoroda feodal yer egaligining uch turi
amlok, mulk (xususiy yerlar) va vaqf yerlari mavjud bo‘lgan. Xonlik moliya tizimining asosini xiroj (hosilning 1/5 dan 1/3 qismigacha) - yer solig‘i va ushr (daromadning 1/10 qismi) tashkil qilgan. Davlat xarajatlari zarbxona va bojxona daromadlari hisobiga qoplangan.
Dehqonchilikda asosan g‘alla, paxta ekilgan. Chorvachilik ham rivojlangan. Hunarmandchilikning ko‘p turlari rivojlangan. Qo‘rg‘oshin, la’l, lojuvard, oltin qazib chiqarilgan. Buxoro hunarmandlari tayyorlagan buyumlar Moskva, Sibir, Eron, Xitoy, Hindiston, hatto G‘arbiy Yevropada sotilgan. Shu bilan birga, mamlakatda islom ruhoniylarining nufuzi oshib bordi. Bu davrda mamlakat ta’lim tizimida islohot amalga oshirilib, 26 yillik ta’lim joriy qilindi. Bolalar 6 yoshdan ikki yil arab alifbosiga, so‘ng uch bosqichda sakkiz yildan o‘qitilgan.
asr oxiri XIX asr boshlarida Buxoro amirligi tarkibiga Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari, Turkmanistonning Murg‘obgacha bo‘lgan qismi, Tojikistonning ayrim yerlari, shimolda Turkistongacha bo‘lgan yerlar kirgan. Aholisi 2 million kishi bo‘lib, 90% qishloqlarda yashagan.
Bizga ma’lumki, Xorazm 1511 yilda Shayboniylardan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylandi. Bu davrda Xiva xonligida asosan qadimiy xorazmliklarning avlodlari, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi turkmanlar, Dashti Qipchoqdan Elbarsxon bilan birga ko‘chib kelgan o‘zbek urug‘lari, shuningdek qozoqlar va qoraqalpoqlar yashar edilar
3.
XVI asrda Xiva hali kuchli markazlashgan davlat emas edi. Davlat xon avlodiga tegishli bo‘lib, urug‘chilik asoratlari kuchli bo‘lgan. Viloyat va shaharlarga xon avlodlari hokimlik qilgan. Xiva xonligining ma’muriy tuzumi juda murakkab edi
4. Xonning huquqi cheklanmagan. Davlatni boshqarish uchun devon (vazirlik) tashkil qilingan. Xondan keyin yuqori lavozim vazir (mehtar) va qushbegi bo‘lgan. Bular bilan bir qatorda, maslahatchilar (inoqlar) 5 kishi, qabila oqsoqollaridan ikki va undan ortiq otaliqlar, qozi, rais, yasovul va boshqa mansablar mavjud bo‘lgan. Shaharlarni hokimlar, yuz boshi va oqsoqollar idora qilganlar. Xiva xonining qo‘shini, asosan, otliq askarlardan tashkil topgan bo‘lib, unga lashkarboshi qo‘mondonlik qilgan. Xiva qo‘shini ham Buxoro lashkari singari harbiy qurollanish va taktika jihatidan ancha oqsar edi.
Barcha musulmon mamlakatlarida bo‘lganidek, Xivada ham yer davlat (xon) mulki edi. Yerlarning bir qismi foydalanish uchun amaldorlarga berilgan, ular o‘z navbatida, yerlarni dehqonlarga ijaraga berganlar. Ijara haqiga esa hosilning deyarli yarmi olingan. Davlat yerlaridan tashqari, xususiy va vaqf yerlari ham bo‘lgan. Xonlikdagi soliq tizimi Buxoro amirligi soliq tizimidan uncha ko‘p farq qilmagan. Eng og‘ir soliqlardan biri yer solig‘i bo‘lgan. Bundan tashqari, juda ko‘p tarqalgan majburiyatlardan biri
begor bo‘lib, unga ko‘ra, har bir xonadon 12 kunlik davlat majburiyatini bajarishga bir kishi berishi lozim bo‘lgan. Umuman, mehnat majburiyatlarida me’yor bo‘lmay, ular 40 kungacha yetgan.
Xiva xonligining iqtisodiy hayotida sug‘orishga asoslangan dehqonchilik muhim o‘rin egallagan. XVII-XIX asrlar birinchi yarmida bir qancha kanallar (Yangiariq, Toshli Yormish, Arab Muhammad, Shohobod, Qilichniyozbosh va boshq.) qurilgan. Chorvachilik bilan ko‘chmanchi elatlar shug‘ullanganlar. Shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy etgan. Ichki va tashqi savdo xonlik iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutgan.
Xonlikning poytaxti Xiva Xorazmning qadimiy shaharlaridan bo‘lib, shaharsozlik durdonalaridan biri edi. XIX asrda Xiva butunlay yangidan qurildi. U Ichan qal’a (ichki) va Dishan qal’a (tashqi) qismlaridan iborat bo‘lib, ichki qismida xon qarorgohi joylashgan.
Qo‘qon xonligining davlat boshqaruv va ma’muriy tizimi Buxoro va Xiva xonliklaridan deyarli farq qilmagan . Xon cheklanmagan huquqqa ega bo‘lib, mutlaq hukmdor hisoblangan. Viloyatlarni bek yoki hokim lavozimidagi amaldorlar boshqarganlar. Xonlikka asoslangan davlat boshqaruvida vazir xondan keyingi ikkinchi shaxs hisoblangan. Bundan tashqari, qushbegi, otaliq, devonbegi, mingboshi, shayxulislom, qozikalon, parvonachi, inoq, yasovul, oqsoqol va boshqa mansablar bo‘lgan. Xonlik 15 ta beklikka bo‘lib boshqarilgan. Qo‘qon qo‘shini XIX asr boshlarida 60 ming kishiga yetgan. Harbiy xizmatni o‘tovchilarga tegishli maosh tayinlangan.
Qo‘qon xonligida dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo yaxshi rivojlangan. Sug‘orish tarmoqlari kengayib borgan. Xonlikda yerning asosiy qismi xonga (davlatga) qarashli amlok yerlar bo‘lgan. Amlok yerlar dehqonlarga ijaraga berilgan. Yerning bir qismi esa xususiy yerlar hisoblangan. Xon yerning katta qismini tanho sifatida, soliqlardan ozod qilgan holda, xonlikka sadoqat ko‘rsatgan kishilarga xususiy mulk tarzida bergan. Yerlarning katta qismi vaqf mulki hisoblangan
1.
Xonlikda asosiy soliqlarning bir turi xiroj edi. Ekin ekiladigan yerlardan hosilning 1/5 qismi undirilgan. Ko‘chmanchi aholidan zakot solig‘i undirilgan. Xon xazinasiga hunarmandlardan ham turli o‘lponlar yig‘ib olingan. Aholi zimmasiga bir qancha majburiyatlar yuklangan, ya’ni ular qurilish ishlari, sug‘orish kanallari qurish, yo‘llarini ta’mirlash va boshqa ishlarda qatnashishga majbur etilgan. Hashar eng ko‘p tarqalgan majburiyatlardan biri bo‘lgan. Bundan tashqari, har bir hukmdor yangi soliq va o‘lponlar joriy qilib borgan. Soliq va majburiyatlarning nihoyatda og‘irligi mamlakat iqtisodiyotiga juda og‘ir ta’sir ko‘rsatgan. Soliq yig‘ib olishda amaldorlarning o‘zboshimchaligi va suiiste’molchiligi dehqonlar va hunarmandlarning xonavayron bo‘lishiga, xalq noroziligining ortishiga olib kelar edi. XVIII-XIX asrlarning birinchi yarmida xonliklarda yuz bergan aksariyat xalq g‘alayonlarining sababi ham shu edi. Bu harakatlar hukmdorlar tomonidan shafqatsizlarcha bostirilar edi.
Shunday qilib, XVI-XVIII asrlarda 250 yil mobaynida Movarounnahrda dastlab Shayboniylar, so‘ng Ashtarxoniylar hukmronlik qildilar. Ashtarxoniylar hukmronligining nihoyasida esa Movarounnahr uchta mustaqil - Xiva, Buxoro, Qo‘qon xonliklariga bo‘linib ketdi. Bu davrda, ya’ni XVI-XVIII asrlarda jamiyat hayotining barcha sohalari - iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va qolaversa, madaniy hayotda ham umumiy tanglik yuz berdi. Movarounnahrda yagona markazlashgan davlat o‘rnida uchta o‘zbek xonliklari tashkil topdi. Temur va Temuriylar davrida yaratilgan moddiy va madaniy hayotning orqaga ketishi, o‘zaro taxt talashishlar, bosqinchilik urushlari bu davrning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib qoldi. Tashkil topgan uchta o‘zbek xonligi o‘zaro urushlar, feodal bo‘linishlarga barham bera olmadi. Hanuz ko‘plab mayda feodal o‘lkalar mavjud bo‘lib, Xiva
xonligining shimoliy qismi, Orol bo‘yi, Shahrisabz, Jizzax, O‘ratepa oralig‘i va boshqa hududlarda mustaqil o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq qabilalari ko‘chib yurardi.
Bu davlatlarda yashovchi 92 ta o‘zbek qabilalarining har biri o‘z yaylov va dalalari, qabila boshlig‘i qarorgohi joylashgan manzilgohlari bo‘lgan muayyan hududlarga ega edi. Qabilalarning ishlab chiqarish usuli ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilikka asoslangan bo‘lib, urug‘-qabila tuzimiga xos xususiy atlar saqlanib qolgan edi. Bu xususiy atlar an’anaviy madaniy, maishiy turmush tarzi, o‘zini etnik anglash, urf-odatlar va an’analar, xalqlarning tili, dini, axloq-odobi, milliy qadriy atlari mushtarakligiga qaramay, yirik etnik birliklar tashkil topishiga, ularning yagona bitta xalq bo‘lib birlashishiga xalaqit berar edi. Har bir hukmdor, xon yoki amir faqat o‘zini o‘ylab, xalq, davlat, millat, vatan taqdiriga qayg‘urmadi.
XVI-XIX asrlarda o‘zbek xonliklari ilg‘or Yevropa mamlakatlaridan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-madaniy sohalarda ancha orqada qolib ketdi. Bunday ahvol yuz berishiga bir qancha tashqi va ichki omillar sabab bo‘ldi.
Hammamizga ma’lumki, XV asrning oxiri XVI asrlardagi buyuk geografik kashfiyotlar natijasida XVII-XVIII asrlarga kelib dunyo savdo yo‘llari yo‘nalishining o‘zgarishi O‘rta Osiyoda xalqaro savdo aloqalarining asta-sekin so‘nishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayon Shayboniylar davrida boshlangan bo‘lsa, Ashtarxoniylar hukmronligi davriga kelib, ayniqsa, O‘rta Osiyo davlatlari iqtisodiy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
XVI-XVIII asrlarga kelib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida burjua inqiloblari bo‘lib o‘tdi, yangi burjuaziya sinfi va yangi kapitalistik iqtisodiy munosabatlar shakllana boshladi. G‘arbiy Yevropaning bir qator davlatlari (Angliya, Gollandiya, Fransiya va boshqalar) mustamlakalarni shafqatsiz talash va boyliklarni tashib ketish hisobiga dastlabki kapital jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu esa birinchi jamg‘arma hisobiga iqtisodni rivojlantirish uchun poydevor yaratdi. Ilm-fan va texnika taraqqiyoti boshlandi. Nafaqat O‘rta Osiyo davlatlari, balki Osiyoning boshqa davlatlari ham bu jarayonlardan ortda qoldi.
O‘rta asrlarda Osiyo davlatlari kabi bizda ham yerga nisbatan xususiy mulkchilik cheklangan holda rivojlandi. Biz o‘rganayotgan davrda yerga nisbatan mulkchilikning turli shakllari vujudga kelgan bo‘lsa-da (xon va amirlarning davlat mulki, yirik feodallar mulki, vaqf mulki, mayda xususiy mulk, jamoa mulki), yerga nisbatan ko‘proq mayda va jamoa mulkchiligi o‘rnatildi. Savdo-sotiq, tovar-pul munosabatlari shakllanganligi bilan bir qatorda, yarim patriarxal, yarim natural xo‘jalik yuritish, ya’ni yarim patriarxal munosabatlar taraqqiyotni bir qadar susaytirib qo‘ydi.
Asrlar davomida saqlanib kelgan ishlab chiqarish usuli XVI-XVIII asrlarga kelib sifat jihatidan o‘zgarmadi. U esa iqtisodiy hayotga, u orqali esa butun ijtimoiy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, Turkistonni an’anaviy turg‘un munosabatlar hukmron bo‘lgan jamiyatga aylantirdi.
O‘zaro urushlar, talon-torojlar, ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz, buning natijasida xalqning qashshoq, nochor holga kelib qolishi hurfikrlilikka putur yetkazib, xurofot va diniy mutaasiblik uchun qulay sharoit yaratdi. Bu davrda ilm-fan, adabiyot va san’atga rag‘bat susaydi. Bu esa XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa, Turkiston uch davlatga bo‘linib ketganidan keyin ilm-fan, adabiyot, san’at, xususan, tabiiy fanlar chuqur tanazzulga yuz tutdi.
Bizga ma’lumki, VIII asrdan boshlab O‘rta Osiyoda islom dini hukmron mafkuraga aylanib, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy, shuningdek iqtisodiy hayotga ham chuqur singib ketgan edi. Iqtisodiy munosabatlar o‘rta asrlar darajasida qolib ketdi, ma’naviy madaniyatning ba’zi sohalarida esa, hatto orqaga chekinish ro‘y berdi. XVI-XVIII asrlardagi ma’naviy hayotga diniy mutaassiblik zararli ta’sir ko‘rsatdi, ijtimoiy-madaniy tafakkurdagi tub yangiliklarni, ijtimoiy rivojlanishga qaratilgan g‘oyalarni qabul qilmay qo‘ydi. Buning oqibatida o‘zbek xonliklari mahdudlikka berilgan, yangiliklardan yuz o‘girgan yopiq jamiyatga aylandi. Mutaassiblik hukmron mafkura sifatida ma’naviy madaniyat, fan, adabiyot, san’atni nazorat ostiga olib, taqiqlovchi kuch vazifasini o‘tadi, bu esa jamiyatni qoloqlikka mahkum qildi.
O‘zbek xonliklarida XVII-XVIII asrlarda muttasil davom etib kelgan feodal urushlar, Buxoro - Xiva, Buxoro - Qo‘qon mojarolari, mustaqillikka intilgan viloyat hokimlari va qabila zodagonlariga qarshi olib borilgan harbiy harakatlar, chet el bosqinchilarining o‘zbek xonliklari hududlariga tajovuzlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni butunlay izdan chiqardi. Bu davrga kelib, o‘zbek qabilalari va urug‘lari sonining ko‘payishi, qabila boshliqlarining yirik zamindorlarga aylanishi, ularning markaziy hokimiyatni inkor etib, mustaqillikka intilishi, xonliklardagi qabilaviy va etnik nizolar mamlakatdagi tanazzulni yanada chuqurlashtirdi. Viloyatlar hokimligiga, an’anaga muvofiq, sulola vakillari emas, qabila amirlarining tayinlanishi davlatning parchalanishiga va inqiroziga olib kelgan separatistik harakatlarni kuchaytirib yubordi. O‘zbek xonliklari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning izdan chiqishi, savdo va hunarmandchilikdagi inqiroz ishlab chiqarish va iste’mol hajmining kamayishiga olib keldiki, bu umumiy inqirozni kuchaytirgan omillardan biri bo‘ldi.
Yagona markazlashgan davlat, kuchli hokimiyat, siyosiy barqarorlik, milliy birlik va ahillikning yo‘qligi tashqi dushmanlarga ham qo‘l keldi. Rossiya imperiyasi Turkiston yerlariga bostirib kirishga tayyorlana boshladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat katta iqtisodiy, madaniy, ma’naviy imkoniyatlarga qanchalik ega bo‘lmasin,
siyosiy tarqoqlik, mahalliychilik, boshboshdoqlik, diniy mutaassiblik, etnik guruhbozlik, o‘zaro feodal urushlar mamlakat va davlatning kuch-qudratini parchalab, zaiflashtirib yubordi. Oqibatda Turkiston taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tish uchun mustamlakachilik azobi va xo‘rligini boshdan kechirishga majbur bo‘ldi.
8-ma’ruza
CHOR ROSSIYASINING TURKISTONDA YURITGAN MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI
1. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi
asrning ikkinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyo hududida joylashgan o‘zbek xonliklarida murakkab siyosiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu vaziyat, birinchidan, xonliklarning ichki ahvoli va o‘zaro munosabatlari bilan belgilansa, ikkinchidan, tashqi dunyo, ya’ni chor Rossiyasi va Buyuk Britaniya imperiyalarining bu xonliklarni o‘z ta’sir doirasiga tortish uchun qilgan xatti-harakatlari bilan bog‘liq edi.
Davlatlarga, birinchi navbatda, siyosiy barqarorlikning yo‘qligi xos edi. Bunga viloyatlar bilan markaziy hokimiyat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, hukmdor sulolalarning taxt uchun beto‘xtov kurashlar olib borishi ta’sir qilardi. Masalan, Qo‘qon xonligi e’lon qilingan vaqtdan boshlab, taxminan 150 yil ichida bu yerda 24 marta xon almashdi. Ulardan 7 nafari o‘ldirilgan, 7 nafari majburan taxtdan chetlatilgan, 6 nafari bir yilgina hukmronlik qilgan
1.
Xonliklardagi vaziyatning og‘irlashuviga ularning o‘zaro munosabatlaridagi kelishmovchiliklar sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligi Buxoro sarhadlariga to‘rt marta hujum qilib, o‘z hududini kengaytirgan. Xiva xonligi esa Buxoroga besh marta tajovuz uyushtirgan. Shu davrda Buxoro xonligi qo‘shni davlatlarga ikki marta hujum qilgan.
Xonliklarning o‘z qobig‘iga o‘ralib qolishi, manmanlik va ehtirosga berilib, tashqi dunyodan ajralib qolishi, undagi siyosiy, iqtisodiy jarayonlardan o‘z vaqtida voqif bo‘lmasliklari, dushmanning kuch-qudratini mensimasliklari mamlakat muhofazasiga e’tiborsizlik bilan qarashga olib keldi. Ular hatto dushmanning xuruji kuchayayotgan vaqtda ham birlasha olmadilar. Masalan, Rossiya Qo‘qon xonligiga tahdid solayotgan davrda xonlik elchilari Rossiyaga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan Xivada uch marta bo‘ldilar. Lekin Xiva xoni turli sabab va bahonalarni ro‘kach qilib, bunga rozilik bermadi
2.
O‘zbek xonliklari imperialistik davlatlarni, jumladan Buyuk Britaniya va Rossiyani, birinchi navbatda, o‘zining moddiy boyliklari, arzon ish kuchi, qo‘shimcha bozor ekanligi va turli boshqa imkoniyatlarining mavjudligi bilan o‘ziga tortar edi.
Xususan, Angliyaning o‘zbek xonliklariga munosabatiga kelsak, sobiq sovet davrida bu borada shunday fikr aksioma sifatida qabul qilingan edi. Emishki, agar O‘rta Osiyo davlatlari Rossiya tomonidan «qo‘shib olinmasa», bu hudud ashaddiy mustamlakachi davlat - Angliyaga qaram bo‘lib qolishi va xalqlarning yanada ko‘proq ezilishi muqarrar ekan. Biz bu fikrga qo‘shila olmaymiz.
To‘g‘ri, Angliyaning O‘rta Osiyodan ko‘zlagan manfaatlari katta edi, ya’ni uning bu hududni ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan o‘ziga tobe qilish maqsadi ham bo‘lgan. U o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildi. Lekin maqsadni faqat bosib olish orqaligina amalga oshirish mumkinmi? Boshqa yo‘llar ham mavjud-ku.
Masalan, Rossiyaning Qo‘qon va Xiva xonliklarini bosib olish rejalaridan xabar topgan Angliya Buxoro, Xiva va Qo‘qonga o‘z emissarlarini yuborib, ularni birlashtirishga, hech bo‘lmasa, Rossiyadan birgalikda muhofazalanish uchun bitim tuzishga da’vat qilgan
1. Sababi, Angliyaga o‘z mustamlakalarini Rossiyadan himoya qilishni yengillashtiradigan, o‘rtada mustahkam to‘siq bo‘ladigan kuchli davlat kerak edi.
Afsuski, o‘sha paytda O‘rta Osiyodagi davlat boshliqlarida Angliyaning takliflaridan o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishda donolik yetishmadi, ularga o‘zaro ado vat, manmansirash, dushmanni mensimaslik xalal berdi. Oqibatda Rossiyaning xonliklarni oldinma-ketin bosib olishi uchun imkoniyat tug‘ildi.
Xo‘sh, Rossiyaning o‘zbek xonliklariga munosabati qanday edi?
O‘rta Osiyo hududi o‘zining moddiy boyliklari bilan Rossiyani ko‘p vaqtdan buyon o‘ziga jalb qilib kelardi, lekin o‘zbek xonliklarini bosib olish Rossiyada amaliy muammo sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kun tartibiga qo‘yila boshladi. Chunki avvallari iqtisodiy jihatdan Yevropa mamlakatlaridan ortda qolib kelgan Rossiya sanoati va u bilan bog‘liq sarmoyadorlik shu davrga kelib ildam odimlar bilan rivojlana boshladi. Bu jarayon, o‘z navbatida, chor hukumati oldiga bir qancha muammolarni qo‘ydi.
Tabiiyki, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini sotish uchun bozor kerak. Rivojlangan mamlakatlar Rossiya tovarlarining Yevropaga kirib kelishidan manfaatdor emas edilar, shu bois bunga qarshilik ko‘rsatardilar. Ayni paytda Rossiya tovarlari ham sifati pastligi uchun raqobatga dosh berolmasdi. Shu sababli Rossiya bozorni boshqa mintaqalardan, kam taraqqiy etgan mintaqalardan izlashi kerak edi. O‘sha davrda O‘rta Osiyo mamlakatlari shu ehtiyojni qondirishi mumkin edi. Boz ustiga, Buyuk Britaniyaning o‘z mustamlakalari orqali sekin-asta O‘rta Osiyo bozorlarini ham egallay boshlayotganligi Rossiyani tashvishga solmay qolmasdi.
asr oxiriga kelib Rossiyaning tez rivojlanib borayotgan sanoati, ayniqsa, yengil sanoat tobora ko‘proq yangi xomashyo zaxiralariga ehtiyoj seza boshladi. Vujudga kelgan vaziyatning keskinlashuviga, jumladan AQSHdagi fuqarolar urushi tufayli u yerdan Rossiyaning to‘qimachilik sanoati uchun xarid qilinadigan paxta hajmining bir necha barobar kamayishi va xarid narxlarining besh barobar oshib ketishi ham sabab bo‘ldi\ Bu hol Rossiya sarmoyadorlarini tashvishga solib qo‘ydi. Ularning nufuzli vakillari ushbu muammoni hal qilish vazifasini hukumat oldiga qat’iyat bilan qo‘ya boshladilar.
Keltirilgan asoslardan Rossiya xomashyo muammosini faqat O‘rta Osiyoni bosib olish yo‘li bilangina hal qilishi mumkin edi, degan xulosaga kelmaslik kerak.
Tahlil qilinayotgan davrda Rossiyaning oldida yana bir muammo - Rossiya flotining Angliya hukmronlik qilayotgan Qora va O‘rta dengizlarga erkin chiqish masalasi ko‘ndalang turardi. Bu mintaqalarda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga dosh berolmasdi. Shu bois Rossiya Angliyaga tazyiq o‘tkazadigan boshqa hududni izlashiga to‘g‘ri kelgan. Angliya mustamlakalarining qo‘shnilari bo‘lmish O‘rta Osiyo xonliklari ana shunday vosita bo‘lib xizmat qilishlari mumkin edi. Rossiya ularning hududlarini egallab, Angliya mustamlakalariga tahdid solishga va Angliyani Yevropada biroz bo‘lsa-da yon berishga majbur qila olar edi. Sanab o‘tilgan muammolar albatta hal qilinishi kerak edi.
Yuqorida biz, asosan, ikki buyuk davlatning manfaatlari haqida so‘z yuritdik, lekin bu yerda uchinchi tomon - O‘rta Osiyo xonliklari xalqlarining manfaatlari ham borligi raqobat qilayotgan tomonlarni qiziqtirmas edi. Imperialistlar faqat o‘z foydalarini ko‘zlar va bu yo‘lda barcha usullarni qo‘llashga tayyor edilar. Chor Rossiyasining hukumati reaksion guruhlarning ta’sirida ko‘plab qon to‘kilishiga olib keladigan talonchilik, bosqinchilik urushi yo‘lini tanladi. Ushbu jarayon bir qancha o‘quv qo‘llanmalari, tarixiy va ilmiy adabiyotda batafsil yoritilganligi bois, bu urushning barcha tafsilotlarini bayon qilishni lozim topmasdan, uning mohiyati, maqsadi, bosqichlari va yakunlariga e’tibor qaratmoqchimiz.
Chor Rossiyasi Qo‘qon xonligi tasarrufiga kirgan Oq machitni 1853 yilda egallagan bo‘lishiga qaramay, urush, asosan, 1964 yilda Avliyoota (hozirgi Jambul) va Chimkentni bosib olishdan boshlandi.
Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olish jarayonidagi asosiy davrlar quyidagilar:
yilda - Avliyoota va Chimkent egallandi;
yilda - Toshkent bosib olindi;
1868 yilda - Buxoro amirligi taslim bo‘ldi;
1873 yilda - Xiva xonligi bo‘ysundirildi;
1876 yilda - Qo‘qon xonligi tugatildi;
1885 yilda - Turkmanistonning bir qancha shaharlari egallandi;
1895 yilga kelib O‘rta Osiyoning hozirgi Afg‘oniston va Eron bilan chegaradosh sarhadlari to‘liq zabt etildi.
Mustamlakachi Rossiya davlati o‘zining qirg‘inbarot harbiy yurishlarini xaspo‘shlash uchun O‘rta Osiyo xalqlarining Rossiyaga o‘z ixtiyorlari bilan qo‘shilganligini, urushda qurbonlar kam bo‘lganligini isbotlash, bosib olingan davlatlarning mustaqilligi saqlab qolinganligi, ulardagi xalqlarning mustabid tuzumdan ozod qilinganligi haqidagi nayranglarni o‘ziga qurol qilib olganligi va targ‘ibot
qilganligini nazarda tutib, e’tiborni urushning asl maqsadi va mohiyatini ochib berishga qaratmoqchimiz.
Har qanday urushda bo‘lganidek, Rossiya bilan O‘rta Osiyo xonliklarining to‘qnashuvida ham o‘sha davrda mavjud bo‘lgan qo‘shinning barcha turlari va qurol-yarog‘ning to‘la majmui ishtirok etdi, ikkala tomondan ham ko‘p qon to‘kildi, ya’ni haqiqiy qirg‘inbarot urush bo‘ldi. Rossiya armiyasi bosqinchilikning barcha ko‘rinishlarini namoyon qildi.
Fikrimizning tasdig‘i uchun ba’zi misollarni keltiramiz. Xivani zabt etishda Rossiya tomonidan 56 ta to‘p bilan qurollangan 9 mingdan ortiq harbiylar qatnashdilar
1, qarshi tomondan bundan ham ko‘proq odam qatnashgan. Samarqandni egallashga qaratilgan yurishda Rossiya tomonidan taxminan 2,5 ming nafar askar va 10 ta to‘p qatnashdi
1. Urushda halok bo‘lganlarning, ayniqsa, himoyachilarning soni nihoyatda ko‘pligi kishini dahshatga soladi. Masalan, Chimkentda 12 ming, Toshkentda 8 ming, Xo‘jandda 5 ming, Jizzaxda 3 ming nafar himoyachi halok bo‘lgan . Umuman olganda, deyarli 20 yil davom etgan urushda mahalliy aholining qanchasi qirilib ketganligini faqat taxmin qilish mumkin.
Keltirilgan ma’lumotlar, tarixiy manbalarda bayon qilingan tafsilotlarga asoslanib, chor Rossiyasining o‘zbek xonliklariga qarshi olib borgan urushlarini faqat bir ma’noda, ya’ni imperializm davriga xos bosqinchilik, talonchilik urushi deb ta’riflash mumkin.
Bir vaqtlar, ayniqsa, Amir Temur hukmronligi davrida butun dunyoga hukmini o‘tkazishga qurbi yetgan davlat nima uchun Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonligi davriga kelib, xalqning qahramonona qarshiligiga qaramay, fojiali ravishda mag‘lubiyatga uchradi, degan savolning tug‘ilishi, tabiiy.
O‘rta Osiyo xonliklari mag‘lubiyatga uchrashining asosiy sababi Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarining jahondagi umumiy taraqqiyotdan chetda qolib ketganligidir. Bu xonliklardagi feodal munosabatlarga asoslangan tuzum xurofotni qurol qilib olgan ruhoniylar ta’sirida ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sharoit yaratmadi. Albatta, bu hol armiyaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmas edi. Masalan, Buxoro amirligida umumiy safarbarlik e’lon qilingan davrda askarlarning soni 100 ming nafargacha yetardi. Ammo u ramziy ma’nodagina lashkar edi. Ularning asosiy qismi uchiga temir nayza qadalgan oddiy tayoq yoki ilg‘or mamlakatlarda allaqachon foydalanilmay qolgan pilta miltiqlar bilan qurollangan bo‘lib, uni yondirish va otish uchun bir hokandoz cho‘g‘ bo‘lishi shart edi. Ahmad Donishning yozishicha, lashkarning o‘zi harbiy mashqlarni yaxshi o‘zlashtirmagan va urush maydonini ko‘rmagan bezori va sayoq kishilardan tashkil topgan edi
2. Aks holda, 1866 yil 22 mayda Oqjarda 10 ming nafarlik Buxoro armiyasining 2 ming nafarlik rus harbiylari bilan birinchi to‘qnashuvdayoq qaqshatqich zarbaga uchrab 5 ming himoyachining halok bo‘lganligini nima bilan izohlash mumkin .
Buning teskarisi o‘laroq, Rossiyaning bir qancha urushlarda chiniqqan, mustahkam tartib-intizomga bo‘ysungan muntazam armiyasi zamonaviy qurol-yarog‘larga ega edi. Shuning uchun ham u son jihatdan o‘zidan ancha ustun bo‘lgan himoyachilar ustidan g‘alabalarga erishdi.
O‘zbek xonliklari Rossiyadan mag‘lubiyatga uchrashining yana bir sababi ular orasida birdamlikning yo‘qligi va bir-biriga nisbatan xoinligidir. Yuqorida biz Xiva xonining Qo‘qon xonligi takliflariga munosabatini bayon qilgan edik. Xuddi shunday munosabatni Rossiya Buxoro amirligiga qarshi hujum boshlaganda Qo‘qon xoni Xudoyorxon ham namoyon qildi. U o‘zining rahnamosi amir Muzaffarning Rossiyaga qarshi birgalikda harakat qilish haqidagi taklifini qabul qilishga shoshilmadi.
Aslida buning aksi bo‘ldi. Amir Muzaffar Kaufmanga Rossiyaning Xivaga qarshi yurishiga munosabatini shunday bayon qildi: «Men yaxshi tushunamanki, agar Xiva Rossiya bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lmasa, u vaqtda unga (Xivaga. -
E. A.) qarshi qurol ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bunday hol yuz bersa, men imkoni boricha bu yordamimni amalda ko‘rsatishga tayyorman»
1.
Afsuski, o‘sha paytda O‘rta Osiyodagi bironta davlatda Amir Temur kabi farosatli, oqil, tadbirkor yurtboshi topilmadi. Aks holda, Rossiyaning O‘rta Osiyoga bosqichma-bosqich kirib kelishidan hech bir davlat rahbarining xulosa chiqarmaganligini nima bilan izohlash mumkin? Axir Rossiya armiyasining kuch-qudrati, qurol-yarog‘ining mukammalligi barchaga ma’lum edi-ku. O‘zaro urushlar, tortishuvlar, taxtga egalik qilish uchun kurashlar hukmdorlarning e’tiborini asosiy masalalardan chetga tortdi, xalq xo‘jaligining yangi sifatga, ya’ni sanoat ishlab chiqarishi darajasiga chiqishiga, iqtisodiyotning Yevropa darajasiga yaqinlashishiga imkon bermadi. Hukmdorlarning manmansirashlari oxir-oqibatda ularning haqiqiy vaziyatni ko‘rmasligiga olib keldi.
Bunday beparvoliklar Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklariga qarshi bevosita urush olib borayotganida ham davom etdi. Ushbu fikrga quyidagilar dalil bo‘la oladi: 1864-1865 yillarda Qo‘qon xonligi o‘zining Avliyoota, Chimkent, Toshkent va boshqa muhim viloyatlaridan ayrilib, 1868 yilda Rossiyaning haqoratomuz shartnomasiga imzo chekishga majbur bo‘ldi. Ammo bu kamsitish unga hech qanday saboq bo‘lmadi.
Shoir va tarixchi Is’hoqxon Junaydullahoji o‘g‘li Ibratning yozishicha, Xudoyorxon Rossiyadan xotirjam bo‘lib, vaqtini o‘yin-kulgi bilan o‘tkazdi, ov va ko‘pkari chopish bilan shug‘ullandi, ulamo va fuzalo nasihatlariga amal qilmay, jabru zulm tarqatdi va xalqni o‘zidan yuz o‘girishga majbur qildi
2. Ibrat Qo‘qon xonligining Rossiyaga bo‘ysundirilishini «behuda fasod
ishlar», aholi o‘rtasidagi «beilm va befikrlilik» bilan izohlaydi
3.
Chor armiyasi tomonidan qay bir shahar egallanmasin - Toshkent, Samarqand, Xiva yoki boshqami - eng tashvishli davrlarda shaharlarni himoya qilish bilan uni ixtiyoriy topshirish tarafdorlari o‘rtasida ixtilof chiqqan. Fikrimizni tasdiqlash uchun istilochilar bosib olishi arafasida Samarqandda vujudga kelgan vaziyatni misol sifatida keltiramiz.
«Dushmanlarga qarshi kurash tarafdorlari madrasalarda to‘planib, xalq o‘rtasida tashviqotni yanada kuchaytirdilar. Xalq o‘rtasida yaqinlashib kelayotgan yovga qarshilik ko‘rsatishga chaqiruvchilar va dushman bilan bitim tuzishni istayotganlar o‘rtasida ixtilof kuchayib bordi. Voqeaning bunday rivojlanib borayotganligi va bu gaplar istilochilarning ham quloqlariga yetib borishidan juda qo‘rqqan shahar hukmdori Sherali Inoq, qozikalon va boshqa amaldorlar dindorlardan yovga qarshi kurashni tashviqot qilishni to‘xtatishni talab qildi. Buni eshitgan dindorlar qattiq g‘azablandilar va Sherali Inoqning vakillarini kaltakladilar. Dindorlarning bu ishidan g‘azablangan Sherali Inoq ularning «ko‘zini ochib» qo‘yish maqsadida dindorlar to‘plangan Tillakori madrasasiga qurollangan lashkar jo‘natdi. Ikki o‘rtada janjal chiqdi, bir qancha odamlar jon beradi. Natijada fon Kaufman Samarqandga qurol ishlatmasdan kirib keldi»
4. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Xonliklar mag‘lubiyatining sabablari mafkuraviy sohadan ham izlanishi kerak. Xalqni dushmanga qarshi birlashtirishi mumkin bo‘lgan g‘oyani yaratish borasidagi harakatlar haqida so‘z ham yo‘q edi. Aksincha, tinchlik davrida aholining hokimiyat uchun kurashga jalb qilinishi «Vatan», «millat» kabi g‘oya va tushunchalarning shakllanishiga putur yetkazdi. Boz ustiga, mutaassiblikni qurol qilib olgan ko‘pchilik ruhoniylar o‘zlarining asosiy vazifalarini, ya’ni yuksak ma’naviyatli insonlarni tarbiyalash va ularni bosqinchilarga qarshi kurash zarurati oldida birlashtirishni eplay olmadilar, ba’zida esa o‘zlarining shaxsiy manfaatlaridan yuqori ko‘tarilolmadilar.
Rossiyaning o‘zbek xonliklarini bosib olishi mudhish oqibatlarga olib keldi. Qo‘qon xonligi umuman tugatilgan bo‘lsa, Buxoro va Xiva xonliklari bosqinchi davlatning vassaliga aylandi. Fikrimizni asoslash uchun 1973 yilda Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasida tuzilgan shartnomaning ba’zi jihatlarini eslatib o‘tmoqchimiz. Shartnomaga ko‘ra, xon Rossiya imperatorining itoatli xizmatkori ekanligini tan olib, O‘rta Osiyodagi oliy rus ma’muriyatining ruxsatisiz shartnomalar tuzmaydigan, rus savdogarlari barcha bojlardan ozod etiladigan, xonlik hukumati Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan keluvchilarni qabul qilmaslikni va rus jinoyatchilarini tutib topshirishni o‘z zimmasiga oladigan bo‘ldi va h.k
1.
Bundan tashqari, shartnomaga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchragan Buxoro amirligi 125 ming tilla pul hisobida, Xiva xonligi 2 mln. so‘m miqdorida
Rossiyaga tovon to‘lashga majbur bo‘lgan\ Albatta, tovon to‘lash busiz ham og‘ir iqtisodiy va ijtimoiy hayot kechirayotgan mehnatkash xalqning boshiga qo‘shimcha kulfatlar keltirdi.
Katta fojialardan yana biri shunda ediki, mamlakatning bosib olinishi natijasida mahalliy xalqlar o‘z jonlarini Vatan mustaqilligi uchun fido qilgan minglab sof vijdonli, asl farzandlaridan ayrildilar. Xoin, munofiq, sotqin, riyokor, laganbardor kimsalar omon qolib, xalqning ulug‘ tuyg‘ularidan bo‘lgan vatanparvarlikka putur yetdi.
Biz tahlil qilayotgan muammoga yana bir aniqlik kiritish kerak. Aytish mumkinki, bu bosqinchilik urushlari, dunyoni qayta bo‘lish uchun kurashlar ketayotgan davrning mantig‘i edi, Rossiya ham bundan mustasno bo‘lmagan.
Shunday qilib, chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi, maqsad va uslub nuqtai nazaridan, boshqa imperialistik davlatlarning zo‘ravonlik siyosatidan deyarli farq qilmagan. Hududning bosib olinishi o‘lkadagi arzon xomashyo bazasiga egalik qilish, mustabid davlatdagi mulkdorlar manfaatlariga xizmat qildirish maqsadining ro‘yobga chiqarilishi uchun keng yo‘l ochib berdi.
Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining mohiyati va maqsadi
Chor Rossiyasining O‘rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosatiga baho berar ekanmiz, uning mezoni va metodologik asosini aniqlab olishimiz kerak. Albatta, mustabid davlat mustamlakachilik siyosatini yuritish jarayonida bosib olingan hududda qandaydir o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Masalan, sanoat korxonalari, temir yo‘llar quradi, qishloq xo‘jaligining turli sohalariga e’tiborni kuchaytiradi va h.k. Ammo ushbu o‘zgarishlar inson omilidan ajratib tahlil qilinadigan bo‘lsa, xato xulosalarga olib kelishi, ya’ni ular taraqqiyot sifatida baholanishi mumkin.
Respublikamizning mustaqillikka erishishi tufayli bir qancha tarixiy jarayonlar va shaxslarga, xususan buyuk davlatlarning mustamlakachilik siyosatiga ham munosabat o‘zgardi. Shu bois respublikamiz Prezidenti o‘z asarlarida mustamlakachilik siyosatining mohiyatini belgilaydigan bir necha mezonlarni asoslab berdi.