O‘zbekiston tarixi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə6/18
tarix19.09.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#145327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ўзбекистон тарихи-2005 академия

Birinchidan, ba’zi mualliflarning fikrlaricha, yirik imperiyalar boshqa mamlakatlar va xalqlarni bosib olganlari hamda bo‘ysundirganlari holda, umumjahon taraqqiyotidan orqada qolgan mamlakatlarda muayyan darajada ma’rifatchilik vazifasini ham ado etib kelganlar. «Bunga qo‘shilmaslik mumkin emas. Lekin buyuk imperiyalar bilan kam sonli xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayonining salbiy jihatlari ham bo‘lgan. Bu salbiy oqibat tashqaridan olib kirilgan sivilizatsiya natijalaridan ko‘ra bir necha baravar ortiq edi»1. Demak, mustamlakachilik siyosatiga baho berganda, uning natijasini taroziga qo‘yib, ijobiy va salbiy tomonlarini qiyoslash lozim. Aminmizki, uning salbiy tomonlari Prezident I. Karimov aytganidek, bir necha marta ortiq bo‘lishi muqarrar.
Ikkinchidan, chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati misolida qaraganda, «Markaziy Osiyoning infrastrukturasidagi o‘zgarishlar, yo‘l qurilishi va kommunikatsiyalarning rivojlantirilishi, ana shu maqsadlar uchun imperiyaga xizmat qiluvchi milliy kadrlarni tayyorlash - bularning barchasi imperiyaning manfaatlarini qondirganligi, bu holda arzon xomashyo va energiya manbalaridan bahramand bo‘lishni kafolatlashi kerak bo‘lganligi uchungina amalga oshirilgan»2. Boshqacha aytganda, mustamlakachi davlatning amalga oshirayotgan chora-tadbirlarini ular kimning manfaatini ko‘zlayotganiga qarab baholash kerak. Shunisi aniq va ravshanki, tadbirlar, birinchi navbatda, mustabid davlatning foydasi uchun o‘tkazilgan.
Uchinchidan, «sivilizatsiya zo‘rlik bilan joriy qilingani, milliy nafsoniyat va iftixorni kamsitgani, milliy madaniyatlar va ma’naviy qadriyatlarni toptagani, ularning ifodachilarini jismonan yo‘q qilib tashlagani uchun»3 mustamlakachilikni hech qanday olijanob niyatlar bilan oqlab bo‘lmaydi. Binobarin, sivilizatsiyaning qay usulda (ixtiyoriy yoki majburlab) olib kirilganligi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Xo‘sh, sanab o‘tilgan mezonlar va usullarni qo‘llagan holda, chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining oqibatlariga qanday baho berish mumkin?
Chor Rossiyasi O‘rta Osiyoni bosib olayotgan davrdayoq uning boy imkoniyatlaridan mustabid davlatning manfaatlari yo‘lida foydalanish chora- tadbirlarini ishlab chiqa boshladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin