O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 16- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix17.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#144612
1   2   3   4   5   6
Rasulova Sevara Choriyorovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
16-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.02.2023
Parfiya imperiyalari halokati bilan deyarli bir vaqtga to`g`ri keladi. Qang` davlati 
taxminan shu paytda inqirozga uchraydi. Olimlar tomonidan davlatchilik 
evolutsiyasining birinchi davrini miloddan avvalgi II mingyillikning II yarmi – 
O`zbekiston janubidagi “embryonal” shakldagi davlatga o`xshash tuzilmani qaroq 
topishi sifatida baholanadi. Davlatning bunday namunasi Sopolli madaniyatining 
Jarqo`ton misolida o`z tasdig`ini topadi. [Rtveladze, 2001] 
Markaziy Osiyo mintaqasidagi o`zbek davlatchiligi tarixiga qiyosiy tahlil 
jarayoniga nazar tashlar ekamiz, o`zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilig tarixi bilan 
bog`liq fikr va mulohazalar A. Sagdullayev, B. Aminov, O`. Movlonov, N. Norqulovlar 
mualifligida 2000-yilda nashr etilgan “O`zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti” 
deb nomlangan asarning birinchi qismida o`zbek davlatchiligi ildizlari dehqonchilik 
vohalari bilan bog`liq holda rivojlandilar deb e`tirof etiladi. Xususan, jahon tarixixdagi 
ilk davlatlar dehqonchilik va chorvachilik paydo bo`lgan davrda shakllanadilar. 
Tarixdan ma`lumki eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi IV mingyillikda Ikki daryo 
oralig`i (Mesopatamiya) va Qadimgi Misrda paydo bo`ldi. Asta-sekin dehqonchilik bu 
yerda qo`shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O`rta Osiyo, Hindiston, Xitoyga) tarqaldi. 
Miloddan avvalgi III-II mingyillikda esa Qadimgi Sharq aholisi o`rtasida madaniy 
aloqalar mavjud edi. Mualliflar jamoasi O`zbekiston hududidagi ilk davlatchilikning 
boshlanishini miloddan avvalgi II mingyillik o`rtalarida Surxon vohasida qadimgi 
dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida shakllandi [Sagdullayev 2000] deb 
ta`kidlaydi. Bu esa ilk davlatchilikning tamal toshi aynan sopolli madani obektlari 
asoisda qo`yilganinga ishoradir. 
Ushbu mavzu doirasida qiyosiy tahlilni davom ettirar rkanmiz, Azamat Ziyonong 
“O`zbek davlatchilik tarixi” asarida ming afsuslar bilan qayd etish lozimki, o`zbek 
davlatchilik tarixi miloddan avvalgi I mingyillik bilan uzil-kesil bog`lanadi. Miloddan 
oldingi I minyillik zamonasi uchun jadal va sermazmun siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy 
xalqaro munosabatlar boshi-oxiri yo`q, tizginsiz bir cheksizlikga kechganmi yoki ularni 
jilovlab turadigan, manfaatli ravishda tartib doirasida soluvchi tizim mavjud 
bo`lganmi? Muallif to`la ma`noda albatta deb javob beradi. Xususan bu tizim davlat
aynan davlatchilik tizimidir deya ta`kidlaydi. Xullas Azamat Ziyo tomonida uzil-kesil 
shunday xulosaga kelindi : “miloddan avvalgi I mingyillikning birinchi yarmida, 
aniqro`gi VI asrdayoq mamlakatimizda davlatchilik asoslari uzil-kesil tarkib topgan.” 
[Azamat Ziyo,2001] 
Shunday qilib yuqoridagi bir qator arxeologlar hamda tarixchi olimlarning 
asarlari va ilmiy maqolalari asosida Markaziy Osiyoda davlatchilik tarixi va boshqaruv 
usullari xususida qiyosiy tahlilga keng o`rin berar ekanmiz, O`zbek davlatchiligi tarixi, 
uning ildizlari qolaversa tamal toshi miloddan avvalgi II mingyillikdayoq aynan bronza 
davrida asos solingan bo`lib, sopolli madaniyatining tarixiy obekti Jarqo`ton yodgorligi 
fikrimizning yorqin isbotidir 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin