O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 16- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix17.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#144612
1   2   3   4   5   6
Rasulova Sevara Choriyorovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
16-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.02.2023
bronza davridagi dastlabki o`troq dehqonchilik qishlog`I hisoblanadi. Ammo 
keyinchalik o`troq dehqonchilik jamoalari shimoliy chegaralarining kengayishi 
natijasida Sopollitepa o`zining ilgarigi ahamiyatini yuqota boshlaydi v abo`shab qoladi 
hamda asosiy markaz vazifais esa, tog` darasidan chiquvchi yo`l ustidagi mustahkam 
qal`a sifatida paydo bo`lgan Jarqo`tonga o`tadi. 
Yuqoridagilardan xulosa qilib B. Eshov Sopolli madaniyatining majmualariga 
shunday tarixiy va ilmiy xulosa beradi: “Bronza davri Janubiy O`zbekiston hududlarida 
yashagan o`troq dehqonchilik jamoalari jamiyat taraqqiyotining yuqori pog`onasida 
bo`lib, ibtidoiylikning so`ngi bosqichidan sivilizatsiyasiga o`tdilar. Ushbu 
sivilizatsiyaning boshlanishi shahrmonand (protogorod) belgilarni o`zida aks ettirgan 
Sopollitepa bo`lgan bo`lsa, Jarqo`ton O`zbekiston hududlaridagi ilk shahar misoli edi.” 
[Eshov, 2012] 
Shuni ta`kidlash lozimki, Sh. B. Shaydullayevning dissertatsiyasiga qadar ham bir 
qator arxeologlar tomonidan o`zbek davlatchiligi tarixi va siyosiy birlashmalarning 
o`zaglariga oid ilmiy izlanishlar olib borganlar. Xususan bular sirasiga A. A. Asqarov va 
T.Sh. 
Shirinovlar 
Sopolli 
madaniyatining 
aholisi 
tomonidan 
yaratilgan 
hunarmandchilik buyumlari, ayniqsa shaharning o`ziga xos T shaklidagi qurilishi 
hamda aholisining diniy sohadagi erishgan yutuqlari (bu borada mualliflarning 
asarlarida Jarqo`ton olov ibodatxonasi xususida keng to`xtalishga ega) inobatga olinib 
Jarqo`ton bu O`rta Osiyo hududidagi bronza davridagi ilk shahardir deb e`tirof etiladi. 
[Asqarov, Shirinov. 1993] 
O`zbekiston Respublikasi Fan va tehnika Davlat Qo`mitasi, O`zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti va Inson Huquqlari bo`yicha 
O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tomonidan E.V. Rtveladze, A.X. Saidov hamda 
E.V. Abdullayevlar tomonidan 2001-yilda “Qadimgi O`zbekiston sivilizatsiyasi: 
davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar” nomli asarida mualliflar tomonidan Qadimgi 
O`zbekistonning davlatchiligi va huquqi tarixiga bag`ishlangan ko`pdan-ko`p qimmatli 
ma`lumotlar keltirib o`tilgan. Xususan, O`zbekiston Respublikasining 10 yilligiga 
bag`ishlangan ushbu asarda xozirgacha tarix va yuridik fanlarida yetarli darajada 
yoritilmagan muhim muammolar birinchi marta qarab chiqiladi, jumladan davlat va 
huquq institutlari, pul munosabatlari, soliq xizmati, yozuv, diplomatiya, zardushtiylik 
huquqining paydo bo`lishi, qaror topishi va rivojlanish masalalari yoritiladi. Kitobning 
ilova qismida esa O`rta Osiyoning muhim huquqiy yodgorligi sifatida “Avesto”ning 
“Vandidod” tarjimasi birinchi marta keltirilgan. Shu jumladan ushbu asarda 
O`zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar rivojlanishining davrlarga bo`lish 
jarayonida Markaziy Osiyoda davlatchilik evolyutsiyasini miloddan avvalgi II 
mingyillikning II yarmi, miloddan avvalgi III asrgacha – yangi eraning IV asri 
oralig`idagi vaqtni qamrab olgan bir necha davrlarga ajratgan holda davrlashtiriladi. 
Davlatchilikning ilk shakli qaror topishi O`zbekiston janaubida tarqalgan so`ngi 
bronza davrining o`troq-dehqonchilik madaniyatida yuz beradi. Uning yakunlanishi 
O`rta Osiyo hududida yangi eraning birinchi yarmida mavjud bo`lgan Kushon va 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin