O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab quvvatlanishi. Reja


Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning xorij tajribalari



Yüklə 204,31 Kb.
səhifə6/7
tarix29.08.2023
ölçüsü204,31 Kb.
#140895
1   2   3   4   5   6   7
o\'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo\'llab- qovvatnishi

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning xorij tajribalari
Respublikada tarixan juda qisqa davr ichida erishilgan natijalar amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va agrar siyosatning har tomonlarna izchilligi hamda asoslanganligidan dalolat bermoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy yuksalishida, undagi muhim masalalaming o‘z yechimini topishida, eng aw alo, iqtisodiy qonuniyatlarga ustuvorlik berilganligi va jahon tajribalarini o‘rganish natijasi iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk 342 miqyoslarini kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Respublikaning iqtisodiy jihatdan barqarorlikka erishishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirib borishni ta’minlashda bozor munosabatlari qaror topgan rivojlangan mamlakatlar tajribalarining ijobiy natijalaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy siyosatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga asosiy e ’tibor qaratilib, taraqqiyotning asosiy omili sifatida e’tirof etilgan. Xorijiy davlatlar tajribalari ko‘rsatishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘zining qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bilan iqtisodiyotda salmoqli o‘rin egallashi, sogiom raqobat muhitini vujudga keltirishi, xususiy korxonalar faoliyatida tadbirkorlikning shakllanishi, bozordagi talab va taklifga samarali ta’sir ko‘rsatishi, aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish orqali o‘zining katta salohiyatga ega ekanligini namoyon qilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish darajasi o‘sishining va aholi bandligini ta’minlashning muhim manbayi hisoblanadi. Rivojlanayotgan va sust rivojlangan mamlakatlaming aksariyat qismida yerdan foydalanishning asosiy shakli yirik yer egalaridan yemi ijaraga olish va ijaraga olingan yerlarda dehqonchilik bilan shug‘ullaniladi. Bu munosabatning ko‘zga ko‘ringan xususiyatlari quyidagilar:
■ haqiqiy qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilami yerga egalik huquqining yo'qligi;
■ absolyut yer rentasini yer egalariga tegishli ekanligi;
■ yer rentasi shaklida olingan daromadni yer egalari tomonidan yerga sarf qiiinmasligi. Xorijiy mamlakatlarda esa yerdan foydalanishning tadbirkorlikka asoslangan ijara shakli keng tarqalgan. Tadbirkor o'z mablag‘larini yerdan foydalanishga sarflaydi va xo‘jalikni yo‘llanma mehnat hisobiga yuritadi. Bunday ijara turi AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa taraqqiy etgan davlatlarda keng tarqalgan. Shu bilan birga, taraqqiy etgan mamlakatlarda yer egasi va yerdan foydalanuvchi tadbirkor bir shaxsda namoyon bo‘lish mayli borgan sari aniqroq yuzaga chiqmoqda. 343 Hozirgi vaqtda jahon tajribasida yerga egalik qilishning turli shakllari mavjud. K o‘p mamlakatlarda yer erkin oldi-sotdi qilinadi. Isrolda va Yangi Zelandiyada yerga davlat mulkchiligi saqlanib qolgan. Gollandiya, Daniya, Avstraliya, Belgiya kabi rivojlangan mamlakatlarda yerga boigan mulkchilikda davlat uhim ulushga ega. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda yerga boigan xususiy mulk yetarli darajada qonun bilan qattiq cheklangan hamda davlat tomonidan tartibga solinadi. Masalan, yerni maxsus m aium ot, qishloq xo‘jaligida ish tajribasi boim aganlarga sotish man qilinadi va hokazo. Jahonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushiga band aholining qariyb 50 foizi va yalpi ichki mahsulot hajmining 50-60 foizi to‘g‘ri keladi. Jumladan, 2006-yilda kichik va o ‘rta korxonalaming YAIMdagi ulushi Buyuk Britaniyada 53-56 foizni, AQShda 50-52 foizni, yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 63-67 foizni va ltaliyada 57-60 foizni tashkil qilgan. Kichik va o‘rta korxonalar, ayniqsa, AQSh, Italiya va Yaponiyada keng rivojlangan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2006-yilda 19,3 min. ta kichik va o‘rta korxonalar qayd qilingan boiib, har 1000 nafar aholi hisobiga o‘rtacha 74,2 ta korxona to;g‘ri keladi. Yoki, mamlakatda ish bilan band aholining 53 foizi ushbu sohada faoliyat yuritadi. Yaponiyada ish bilan band aholining 78 foizi, ltaliyada 73 foiz va Yevropa ittifoqi davlatlarida esa 72 foizi aynan kichik va o ‘rta korxonalarda faoliyat ko‘rsatadi. Rivojlangan davlatlarda kichik korxonalaming asosiy oicham i b o iib mahsulot ishlab chiqarish hajmi va ishchilar soni hisoblanadi. 0 ‘z navbatida, «kichik biznes» tushunchasi, odatda, iqtisodiyotdagi o‘rta va aksariyat hollarda kichik korxonalar majmuyini ifodalashda qoilaniladi. «Kichik biznes» atamasi asosan ingliz tilida gaplashuvchi mamlakatlarga xos boiib, Fransiya, Gennaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ular «mayda va o ‘rta korxonalar» atamasi orqali ifodalanadi. Kichik biznesning turli mamlakatlardagi farqi nafaqat atamashunoslik sohasiga, balki uning miqyoslarini belgilash mezonlariga ham taalluqli boiib, ular, asosan, sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan kam farqlanadi. Binobarin, bu tushunchaning bugungi kunga qadar yagona bir to‘xtamga kelgan 344 ta’rifi mavjud emas. Masalan, jahonning 75 mamlakatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tavsiflovchi 50 dan ziyod turli statistik ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Jumladan, AQShda kichik biznes ishlari bo‘yicha M a’muriyat tomonidan mazkur toifaga ishlab chiqarish vositalariga mustaqil ravishda egalik qiluvchi va ularni boshqaruvchi, tarmoqda hukmron mavqeyiga ega bo‘lmagan, 500 tagacha ishchi faoliyat yuritayotgan korxonalar kiritilgan. AQShning kichik biznes ishlari bo‘yicha ma’muriyati tomonidan kichik korxonalar o ‘lchamini belgilaydigan alohida katalog ishlab chiqilgan. Bu yerda kichik biznes subyektlarining tarmoq yo‘nalishi, m a’lum vaqt ichida o‘rtacha yillik daromad (tarmoqlarga bog‘liq holda oxirgi 12 oyda, 3 xo‘jalik-moliyaviy yil bo‘yicha) ko‘rsatkichlari hisobga olingan. Odatda, 500 tagacha ishchi yollaydigan firmalar kichik korxonalar hisoblanadi. Savdodagi firmalaming so‘nggi 3 yildagi moliyaviy xo‘jalik faoliyatidagi o‘rtacha yillik daromadi 5 min. dollardan oshmagan bo‘lsa, ular ham kichik hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida esa kichik korxonalar oxirgi 3 yildagi o‘rtacha yillik daromadi 500 ming dollardan oshmagan fermer xo‘jaliklari hisoblanadi. Faqat bu o‘lcham yirik shoxli qoramolchil ikda - 1,5 min. dollami va parrandachilik yo‘nalishida tuxum ishlab chiqarishda 9 min. dollami tashkil qiladi. Yaponiyada ishlov berish va tog‘-kon sanoatida ishlovchilar soni 20 tagacha bo‘lgan, ulgurji savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 5 tagacha boigan korxonalar juda mayda korxonalar, kichik korxonalarda ishlovchilar soni 50 kishigacha boiishi lozim. Yaponiyada muayyan m e’yoriy hujjatlarda korxona oicham i emas, balki uning bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat yordamisiz faoliyat ko‘rsata olishi muhim hisoblanadi. Yevropa davlatlarida ham ko‘plab hunarmandchilik korxonalari mavjud boiib, Fransiyada kichik va o‘rta tadbirkorlaming umumiy konfederatsiyasi tomonidan mulkdagi kapitalning katta qismi korxona egasiga tegishli boigan, ishchilarga shaxsan rahbarlik hamda doimiy va bevosita aloqani ta’minlagan, 10 tadan 50 tagacha ishchiga ega korxonalar kichik 345 biznes subyektlari qatoriga, 50 dan 500 tagacha ishehiga ega korxonalar o ‘rta biznes subyektlari qatoriga, ishlovchilar soni mulk egasini, oila a’zolarini va yo‘llanma ishchilar hamda shogirdlarni hisobga olgan holda 10 tadan oshmagan korxonalarni esa hunarmandchilik korxonaiari qatoriga kiritilgan. Amaliyot tajribalarining ko‘rsatishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ikki omili mavjud bo‘lib, ularning birinchisi, tashkil qilish va maqomini belgilash, ikkinchisi esa kichik va o ‘rta korxonalarni rag‘batlantirish va qoilabquw atlash bilan bogiiqdir. Shu nuqtayi nazardan olganda, rivojlangan mamlakatlarda kichik va o‘rta korxonalarni rag‘batlantirish tizimini tahlil qilish va xulosalar chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Y a’ni, AQShda yirik kompaniyalardan farqli ravishda kichik korxonalar qarz sarmoyasiga emas, balki, asosan o‘z m ablagiariga tayanadi. 1993-yilda kichik firmalaming 29 foizi kreditdan foydalangan. 1996-yil iyunidan 2006-yil boshiga qadar xuddi shunday korxonalaming 37 foizi tijorat banklari xizmatidan foydalangan. Ularga berilgan bank kreditlari umumiy summasi esa 172 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Kichik tadbirkorlik ishlari m a’muriyati federal budjet hisobidan mablag* bilan ta’minlanadi. 2006-yilda bu yo‘nalish bo‘yicha ajratmalar 15,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan, bu 2003-yilga qaraganda 15 foizga ko'pdir. Bu mablag‘ning 72 foizi bank orqali oddiy y o i bilan kredit olish imkoniga ega boim agan yangi ochilayotgan kichik korxonalar uchun kafolatlar berishga sarflangan. Qarz muddatlari, maqsadi va miqdoridan kelib chiqib, 750 ming dollardan ortiq boim asa, umumiy summaning 75 foizi, 100 mingdan ortiq boim asa, 80 foizi miqdorida kafolat beriladi. Bunda aylanma sarmoyasi uchun 10 yilgacha, asosiy sarmoya uchun 25 yilgacha kafolat beriladi. Foiz stavkasi qafz miqdorining 2,75 foizidan ortmasligi lozim. Bundan tashqari, «Kichik tadbirkorlik ishlari m a’muriyati» ikki va ko‘proq kompaniya tashabbuskorligi bilan tashkil etilayotgan kichik korxonalarni moliyalash bilan shug‘ullanadi. Buyuk Britaniyada, kichik tadbirkorlikni qoilab-quw atlashning asosiy hukumat dasturi «Loon Quarantie Scheme» 346 hisoblanadi. Bu dastur tijorat banklaridan mustaqil ravishda kredit ololmaydigan tadbirkorlik turlariga kredit olish imkonini beradi. Bunda hukumat 70 foizgacha, xatar mavjud bo‘lgan joylarda esa 85 foizgacha mablag1 qaytmasligini kafolatlaydi. Bunday kafolatda foiz stavkasi yiliga 2,5 foizni, xatar mavjud boigan joylarda esa 2 foizni tashkil etadi. Shu tariqa, banklar tomonidan kichik tadbirkorlikka taqdim etiladigan kreditlaming 70-80 foizi hukumat tomonidan kafolatlanadi. Bu kafolatlami qoplash uchun har yili budjetdan o‘rtacha 50 min. funt sterling ajratiladi. Bundan tashqari, kredit siyosatida kichik tadbirkorlikka ko‘p e’tibor qaratadigan har bir bank o‘ziga xos shaxsiy kreditlash tizimini yaratishga intiladi. Masalan, «Barkley benk»da yangi kichik korxonalar tashkil etilishini va faoliyat yuritayotganlarini kengaytirishni moliyalaydigan ikkita dastur ishlab chiqilgan. Birinchisiga ko‘ra, kredit miqdori 5 mingdan 100 ming funt sterlinggacha boiishi mumkin, bu 5 yil muddatga beriladi. Bank kredit summasidan emas, firmaning yillik aylanma m ablagidan yiliga 15-17 foiz oladi. Ikkinchi dasturga ko‘ra, asosiy uskunalami xarid qilish uchun 2 yildan 20 yilgacha muddatga 5 mingdan 500 ming funt sterlinggacha boigan miqdorda kredit ajratiladi. Foiz stavkasi Angliya Bankining amaldagi stavkasiga muvofiq yoki bankning o‘zi tomonidan belgilanadi. Hozirgi paytda Britaniya hukumatining jiddiy qoilabquwatlashiga qaramay, kichik korxonalar ko‘pincha inqirozga uchramoqda. Buning asosiy sabablaridan biri o ‘zaro toiovlam ing vaqtida amalga oshirilmasligidir. Chunki Buyuk Britaniyada G‘arbiy Yevropadagi eng nomukammal hisob-kitoblar tizimi amal qiladi. Ya’ni, qonun tomonidan toiovlam i uch oygacha ushlab turishga ruxsat beriladi. ltaliyada kichik korxonalarni davlat tomonidan qoilabquwatlash tadbirlari orasida maqsadli moliyalash va imtiyozli kreditlash uchun har yili qariyb 600 mlrd. lira sarflanadi. Ko‘p hollarda bunday moliyalash, imtiyozli soliqqa tortish kichik korxonalarni birlashtiradigan konsorsiumlar va shirkatlarga nisbatan qoilaniladi. Bitta konsorsium ta’minlanadigan mablag‘ miqdori yiliga 300 min. liradan yoki uch yil mobaynida 800 min. 347 liradan ortiq boim asligi lozim. Tarkibiga sarmoyasi 20 min. liradan kam bo'lmagan kamida 5 ta korxona kirgan birlashmalarga maxsus yordam ko‘rsatiladi. Bunday uyushmalaming asosiy vazifasi o ‘z qatnashchilari rivojlanishiga ko'maklashishdan iborat. Imtiyozli kreditlash 40 foizgacha xarajatni qoplashi mumkin. Yangi korxonalarni tashkil etishda kreditlar 15 yil muddatga, faoliyat yuritayotgan korxonalarni zamonaviylashtirish yoki kengaytirishda 10 yil muddatga beriladi. Bunda foiz stavkasi kredit miqdorini hisobga olgan holda, bozor foiz stavkasining 36-60 foizini tashkil etadi. Davlat kreditlash muassasalari kichik korxonalar bilan birga ulaming turli birlashmalariga o‘rta muddatli kreditlar berishda imtiyozli foiz stavkalari taklif etadi. Masalan, konsorsiumlar kreditlami foiz stavkasi bozor qiymatining 60 foizini toiagan holda qaytaradi. Venchur tadbirkorligini qoilab-quw atlash maqsadida «kichik korxonalar yopiq investitsiya fondi» tashkil etilgan. U faqat birjada ro‘yxatga olinmagan korxonalarga mablag‘ berishga haqli. Fond sarmoyasi davlat obligatsiyalari yoki boshqa yopiq fondlar aksiyalariga investitsiyalanishi mumkin emas. Bu holda fond ulushi ishtirokida ta’sis etilgan kompaniyalar aksiyalarini sotish foyda olishning asosiy manbayi boiadi.


Xulosa

0’zbektstonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur huquqiy asoslar, soliq tizimi, investitsiya sharoiti va moliyaviy qoilab-quw atlash mexanizmlarini yaratish va ularni doimiy ravishda takomillashtirib boriladi. Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini shakllantirish hamda ulaming ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun m ablagiar yetishmasligi eng murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Tijorat banklari ulaming tavakkalchilik darajasi yuqori va garov majburiyatlari kuchsiz ekanligi sababli kredit berishni xohlamaydi. Bu muarnmo iqtisodi nochor xususiy tadbirkorlik shakllanayotgan va ishlab chiqarishga mablag1 sarflash tajribasi mavjud boim agan davlatlarda qiyin kechmoqda.


Kichik tadbirkorlarga alohida imtiyozli kreditlar taqdim etiladi. Ular tashkil etayotgan korxonalar qo‘shimcha moliyaviy afzalliklarga ega boiadi. Ularga ajratiladigan summaning 50 foizigacha miqdori uskunalami xarid qilishga sarflanadi, 15 foizi uzoq muddatli kredit sifatida beriladi; dastlabki ikki yil mobaynida noishlab chiqarish xarajatlariga alohida m ablagiar beriladi. Imtiyozlami berishda vaqti-vaqti bilan firma faoliyati auditorlik nazoratidan oikaziladi hamda qonunlar jiddiy buzilgani aniqlanganda ular bekor qilinadi. v Germaniyada ham kichik tadbirkorlikni qoilab-quw atlash dasturi ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Unga muvofiq tadbirkorga faoliyatning dastlabki ikki yilida foizsiz kredit beriladi. Keyingi yillarda esa juda past stavkalarda yillik foizlar undiriladi. Shu tariqa ular faoliyati dastlabki davrda boshlang‘ich sarmoya bilan ta’minlanadi. Imtiyozlar davlat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan biznes-rejaga asosan beriladi. Keyinchalik bu tashkilot kreditdan maqsadli foydalanilayotganligini jiddiy nazorat qiladi. Barcha xarajatlar tegishli hisob varaqlar bilan tasdiqlanishi talab etiladi. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar arzon narxlarda qurilish uchun ijaraga yer uchastkalari oladi.



Yüklə 204,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin