Seminar mashg’uloti-16. O’simliklar va hayvonot dunyosining evolyutsiyasi va asosiy bosqichlari. O’simlik va hayvonlar evolyutsiyasining asosiy xususiyatlari. O’simliklarning evolyutsion o’zgariShlari quyidagilardan iborat. 1) Gaploidli holatdan diploidli holatga utiShi. Diploidli nasl o’simliklarga noqulay retsessiv mutatsiyalar tahsirini yumShatadi, o’simliklarning hayotchanligini oShiradi, hamda irsiy o’zgaruvchanlikka zaxira to’plab beradi. Masalan ko’pchilik tuban suvo’tlar hujayrasi ularning zigotasidan taShqari gaploidli buladi. Yuksak tuziliShga ega bo’lgan suvo’tlarda esa (qung’ir suvo’tlari) gaploidli individlari bilan barcha diploidli Shakllari ham uchraydi. Moxsimonlar vakillarining tana hujayrasi gaploidli va faqat spora bYeruvchi sporagonlari diploidli. Demak ularda gaploidli nasl, diploidli nasldan ustun turadi. Birok qirqqulok toifalarda diploidli nasl ustunlik kiladi. Qorag’aytoifalar (qarag’ay, qoraqaragay va boShq) va magnoliyatoifalar (daraxt, buta va aut o’simliklar) faqatgina diploidli nasl holatda mustakil yaShay oladi.
2) Jinsiy ko’payiShning suv Sharoit idan quruqlik xolatiga, taShqi urug’laniShdan ichki urug’laniShga o’tiShi, quSh urug’laniShning hosil bo’liShi. 3) Tanasining ildiz, poya va barg kabi organlarga ajraliShi, o’tkazuvchi sistemalarning hosil bo’liShi, to’qimalar tuziliShining murakkablaShiShi va takomillaShiShi. 4) O’simliklarning xaSharotlar yordamida changlaniShiga moslaShiShi, urug’ va mevalarning hayvonlar yordamida tarkaliShi. Hayvonlar evolyutsiyasida kuzatiladigan asosiy xususiyatlar. 1. Ko’p hujayrali organizmlarning hosil bo’liShi, ular tanasining sistema va organlarga ajrala boriShi.
2. Qattiq skelet sistemasining hosil bo’liShi(bo’g’imoyoklilarda taShqi skelet, umurtkalilarda ichki skelet);
3. Markaziy nYerv sistemasining paydo bo’liShi;
4. Xar xil yuksak tuziliShga ega bo’lgan hayvonlarda jamoa xulk atvorining rivojlanishi.
Hayvonot dunyosining rivojlanish jarayonida bir kator yirik armarfozlarning to’planiShi sifat o’zgariShlarga olib keldi va ijtimoy sohada inson jamiyatining ShakllaniShiga olib keldi.