O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti


-mavzu: O’ZGARİShLAR MENEJMENTİ VA KORXONA MAFKURASİ



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
13-mavzu: O’ZGARİShLAR MENEJMENTİ VA KORXONA MAFKURASİ
RİVOJLANİSh OMİLLARİ SİFATİDA 
 
Reja: 
1. Zamonaviy sharioitda har qanday korxonaning muvaffaqiyati.  
2. MDH mamalakatlarining ko’pchilik korxonalari o’ziga xos muammolar. 
3. İnnovatsion modelga o’tish yullari 
 
Zamonaviy sharioitda har qanday korxonaning muvaffaqiyati. 
Zamonaviy sharioitda har qanday korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi 
talablaridan biri uning tashqi muhit o’zgarishi oqibatida kelib chiqadigan holatlarga tayёrligidir. 
Ular quyidagilar: 
• iqtisodiy (masalan “UzDEUavto” uchun Koreya DEU guruhining inqirozga uchrashi ёki 
MDH mamlakatlari mahalliy bozorlariga global miqёsida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, 
masalan “Ford” ning kirib kelishi shunga oiddir); 
• texnologik (yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi); 
• siёsiy-hyquqiy (hususan, kompaniya faoliyat yuritaёtgan mamlakat qonunlariga o’zgarishlar 
kiritilishi. Rossiya tomonidan UzDEUavto avtomobillari importiga 20% miqdorida boj 
o’rnatilishini misol qilish mumkin); 
• ijtimoiy (jamiyatda mavjud bo’lgan qadriyatlardagi o’zgarishlar oqibatida korxona 
maxsulotlariga bo’lgan talabning o’zgarishi, masalan ekologik ёki havfsizlik nuqtai 
nazaridan ); 
Bunday o’zgarishlar korxona haёtining turli tomonlarini qamrab oladi va tahlil shuni 
ko’rsatadiki, ularni o’zgacha holat sifatida emas, balki xo’jalik yuritishning doimiy omili sifatida 
ko’rib chiqish lozim. Bunday holatlarda quyidagi muhim masalaga etibor qaratish lozim : korxona 
tashqi muhit o’zgarishlariga qarshi tura oladimi va belgilangan maqsadlarga erishishi bilan o’z 
faoliyatini saqlab qola oladimi? 
G’arb tdqiqotchilari ilmiy ishlarining kup miqdori korxonaning malum o’zgarishlarga 
tayёrligi va ularni boshqarishni tashkil etishga ( “o’zgarishlar menejmentiga” ga) bag’ishlangan 
bo’lib, bu mavzu mahalliy nazariёtchi va amaliёtchilarda qiziqish uyg’otishi tayin. 
Albatta, korxona faoliyatini qayta tashkil etishga navbatdagi “ёng’in” holati emas, balki 
rivojlanishining rejalashtirilgan doimiy jaraёni sifatida qaraladigan Amerika kompaniyalaridagi 
boshqaruv tizimini takomillashtirish tajribasi bilan anishib chiqish foydadan holi bo’lmaydi. 
Amerika kompaniyalarida vujudga kelgan o’zgarishlarni boshqarish tizimi boshqaruvning yangi 
usullariga tadrijiy o’tishni taminlaydi, ammo tajribalarning ko’rasatishicha, yangi usullarning 20% 
igina amalda o’z o’rnini topa olar ekan. Yangiliklar yaratish uchun nafaqat talab etiluvchi 
moliyaviy, moddiy va mehnat mehnat resurslarini aniqlash, balki yuzaga keladigan asosiy tashkiliy 
va psixologik to’siqlarni - bo’limlararo tushunmovchiliklar, ularning o’zaro kam munosabatda 
bo’lishlari, rahbariyatning qullab-quvvatlashi sustligi va boshqa turli muammolarni aniqlash ham 
muhim ahamiyatga ega. Mutaxassislar kompaniya rahbariyati va xodimlarining amalga oshiraёtgan 
o’zgarishlarga bo’lgan qiziqishlariga ko’proq etibor qaratadilar. 
O’z o’rinida J.Bush (kichkina) mamuriyati boshqaruv tizimini isloh qilish mobaynida har bir 
muassasada faqatgina ushbu muassasa faoliyatini takomillashtirish bilan shug’ullanadigan, 
vazirning birinchi o’rinbosari darajasidagi “bosh menejer”lavozimini tashkil etilishini elon qildi. 
XX asrda AQSh boshqaruv tizimiga 11 ta islohot tadbiq qilingan, yani boshqaruv tizimi doimiy 
ravishda takomillashtirib borilgan. O’z vaqtida B. Klinton boshqaruv mexanizmini takomillashtirish 
uzluksiz jaraёnga aylantirish masalasini ko’ndalang qo’ygan. 
Shunday qilib, zamonaviy korxonaning muvaffaqiyati malum darajada o’zgarishlarga 
tayёrlik va ularni boshqarish qobiliyati bilan, yani “o’zgarishlar menejmenti” ni qo’llay bilish va 
ularni amalga oshirishga ishchig’xodimlarni jalb qilish bilan aniqlanadi.



Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin