ПРОИЗВОДСТВО КОНКУРЕНТОСПОСОБНОЙ ПРОДУКЦИИ И ЕЕ
СЕРТИФИКАЦИЯ ПУТЕМ ВНЕДРЕНИЯ СИСТЕМЫ МЕНЕДЖМЕНТА
КАЧЕСТВА НА ПРЕДПРИЯТИЯХ ПИЩЕВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ
Аннотация.
В статье проведены исследовательские работы по производству
конкурентоспособной продукции и ее сертификации путем внедрения системы
менеджмента качества на предприятиях пищевой промышленности, а также состояние
внедрения менеджмента качества в Узбекистане, выявление и оценка факторов.
влияющие на конкурентоспособность промышленной продукции, а также на
совершенствование системы управления качеством на рынке.Сделаны выводы, научные
предложения и практические рекомендации по созданию конкуренции.
Ключевые слова:
менеджмент качества, система менеджмента качества,
принципы менеджмента качества, стандарты ISO, общий менеджмент качества.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi isteʻmolchilarning maxsulot va xizmatlarga bo’lgan
talablarini ortib borishiga sabab bo’lmoqda. Shu sababli maxsulot sifatining pastligi sababli uni
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
10
bartaraf etishga sarflanadigan katta xarajatlar jahon mamlakatlari iqtisodiyoti uchun jiddiy
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Sifat tushunchasini anglab yetish va undan isteʻmolchi yoki
ishlab chiqaruvchi sifatida samarali foydalanish uchun sifatga berilgan taʻriflarni diqqat bilan
oʻrganishni talab qiladi. Chunki, sifatga berilgan ta`riflar turlicha boʻlib, vaqt oʻtishi bilan ular
oʻzgarib borish tendensiyasiga ega. Sifat tushunchasi birinchi marotaba eramizdan avvalgi III
asrlarda Aristotel tomonidan oʻrganilgan [1]. Ayniqsa, sifatga boʻlgan isteʻmolchilarning
dunyoqarashi maxsulotlar takomillashib borgan sari oʻzgarishda davom etmoqda. Hozirga vaqtga
qadar, maxsulot sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan koʻplab xorijlik
olimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. Shu jumladan, V.I.Siskov oʻz tadqiqotlarida
quyidagicha taʻrif beradi “sifat- ishlab chiqarish va iste`molning sifat bilan bogʻliq tomonlarini
hisobga oladi va shunday taʻkidlaydi: “Muammoning ikki tomonini bir-biridan farklash lozim:
maxsulot xususiyatlarining bir guruhi uning texnik shartlar talablariga muvofiq ishlab chiqarilish
jarayonida shakllanadi. Bu maxsulotning ishlab chiqarish sifati. Ikkinchi guruh xususiyatlar esa
maxsulot isteʻmoli jarayonida namoyon boʻladi. Bu maxsulotning isteʻmollilik sifati hisoblanadi”
[2]. Hozirgi vaqtda maxsulotlar sifatini yaxshilash strategik muammo boʻlib, mamlakatimiz
iqtisodiyotining stabillashuvi bu muammolarning hal etilishiga bogʻliqdir. Sifatni yaxshilash
jarayoni maxsulotni sotish yoki maxsulot ishlab chiqarishda faqatgina koʻproq foyda olish
uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir. ISO standartlari
turkumining universalligi shundaki, ularda maxsulotning har bir turiga boʻlgan mutloq oʻlchovli
mezonlar qoʻyilmaydi. ISO 9000 standartlari turkumi faqat sifat tizimining ishlashi
metodologiyasini aniqlab beradi, tizim esa oʻz navbatida korxona tomonidan koʻrsatilayotgan
maxsulotning yuqori sifatini, boshqacha qilib aytganda – isteʻmolchilarning talabini yuqori
darajada qanoatlantirishini taʻminlaydi [4]. Standartlar toʻplami 4 ta asosiy standartdan iborat:
1. ISO 9000:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lugʻat” – sifat
menejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va sifat menejmenti tizimi atamalarini izohlaydi.
2. ISO 9001:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” – sifat tizimlari uchun minimal
zarur boʻlgan talablar majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit maqsadlarida qoʻllaniladi.
3. ISO 9004:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar”
- korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan sifat menejmenti tizimlarini yaratish
boʻyicha uslubiy koʻrsatmalardan iborat.
4. ISO 19011 “Sifat menejmenti tizimini tekshirish va atrof-muhitni himoyalash boʻyicha
yoʻriqnomalar”[4]. Tuzilishi va mazmuni boʻyicha oʻzaro toʻliq uygʻunlashtirilgan ISO 9001 va
ISO 9004 standartlari asosiy hisoblanib, ular ham birga, ham alohida qoʻllanishi mumkin. Bundan
tashqari, qoʻshimcha 10000 seriyali ISO yordamchi standartlari guruhi ham mavjud boʻlib, bularga
Sifat menejment tizimiga taalluqli hujjatlarni ishlab chiqish, sifatning iqtisodiy masalalari,
xodimlarni oʻqitish, statistik usullarni qoʻllash va hakozalar boʻyicha turli qoʻllanmalar kiradi[8].
Oʻzbekiston Respublikasida sifat menejment tizimlarini joriy etish sohasida amalga oshirilgan
ishlar tahlil qilinganda 2022-yilda 645 ta korxonada 1065 ta sifat menejment tizimlari boʻyicha
sertifikatlar rasmiylashtirilgan boʻlib, sifat menejment tizimlari boʻyicha sertifikatlashtirish 16 ta
akkreditlangan organlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yengil sanoat
maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi 72 ta korxonaga Oeko Tex, 6 ta korxonaga Sedex, 2 ta
korxonaga BCSI xalqaro standart talablari asosida maxsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
|