136
talab qilinadi. Boshqa turdagi jinoyatlar uchun ikkita guvoh talab etiladi.
Ta’zir jinoyatlarida esa bitta guvohning shahodati ham joiz, deb qaraladi.
Jinoyatlar maqsadiga ko‘ra,
qasddan va
ehtiyotsizlik natijasida sodir
etilgan jinoyatlarga bo‘linadi. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar deganda,
jinoyatchining bir amalni bajarish mumkin emasligini bila turib, uni
bajarishi tushuniladi. Ushbu nisbat jinoyatning umumiy sifati, deb
qaraladi. Endi uning xususiy jihatiga qaralsa, jinoyatchi bajaradigan
amalining natijasini oldindan belgilab olishidir. Bunday umumiy va
xususiy jihatlar e’tiborga olinadigan jinoyat qasddan sodir etilgan jinoyat,
deb ko‘rsatiladi.
Agar jinoyatchi jinoyatining natijasini oldindan belgilab olmagan
bo‘lsa,
shubhali qasd, deb yuritiladi.
Ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan jinoyatga uni sodir etgan shaxs
taqiqlangan amalni bajarishni niyat qilmagan, balki xatolik yuzasidan
sodir etgan, deb yuritiladi. Xatolik ikki turga bo‘linadi:
jinoyatchi bir ishni bajarayotgan bo‘lib, bu ish tufayli jinoyat sodir
etishi. Masalan, bir kishi yo‘lni toshlardan tozalayotib, ularni to‘g‘ri
kelgan tomonlarga otayotganda, bir tosh bir odamga tegib, uni o‘ldirib
qo‘ysa yoki ovchi mo‘ljalni noto‘g‘ri olib, bir kishini nobud qilsa, mazkur
amallar xatolik yuzasidan sodir etilgan jinoyatlar, deb hisoblangan;
kishining hech bir ishni oxirigacha bajarmay, ehtiyotsizlik oqiba-
tida jinoyat sodir etishi. Masalan, bir kishi quduq qazib, uning yon-
atrofini to‘sib qo‘ymay, tashlab ketsa va boshqa kishining unga tushib,
cho‘kishi natijasida o‘lishi.
Ushbu bo‘linishdan maqsad jinoyatchiga jazo belgilash uchundir.
Agar jinoyatning qasddan bajarilganligini isbotlashga dalillar yetishmasa,
jinoyatchi jazodan ozod etiladi. Jinoyatchi jinoyatni ehtiyotsizligi tufayli
sodir etgan bo‘lsa, u jazoni faqat ehtiyotsizlik qilgani uchun oladi.
Qasddan sodir etilgan jinoyat qasdsiz jinoyatdan tubdan farq qilib, ba’zi
vaqtda kishi qasdsiz jinoyat sodir etgan bo‘lsa, jazodan umuman xalos
qilinmasligi ham mumkin.
Jinoyatlar sodir etilgan vaqtiga qarab,
ochiq, noaniq va mujmal
jinoyatlarga bo‘linadi. Agarda jinoyat sodir etilganiga ko‘p vaqt
o‘tmagan, shuningdek uni aniq ko‘rgan guvohlar mavjud bo‘lsa, mazkur
hodisa ochiq, aniq jinoyat, deb yuritiladi.
Jinoyatlarning sodir etilgan vaqtlari aniq bo‘lmasa, noaniq jinoyatlar,
deyiladi. Ushbu ajratish musulmon huquqida ikki maqsadni ko‘zda tutadi:
Dostları ilə paylaş: