166
Shuni ta’kidlash zarurki, «Islom inson huquqlari umumiy
deklaratsiyasi» («Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» kabi)
majburiy yuridik xususiyatga ega emas, u davlatlar oldiga kafolatlar
berish va uning qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish
vazifasini qo‘ymaydi.
«Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da e’lon
qilingan
huquqlar va asosiy erkinliklar Qur’on, musulmon huquqi va ular
asosidagi qonun hujjatlari bog‘liq. Shu sababli bu hujjat an’anaviy
xususiyat kasb etgan. «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»ning
qoidalari insonga daxlsiz va uzviy huquqlar Alloh tomonidan berilgan,
ularni hurmat qilish majburiydir, degan prinsipni nazarda tutadi.
Xullas, ushbu hujjat mohiyatida Allohning huquqi inson huquqlari va
asosiy erkinliklariga nisbatan birlamchi va oliydir, degan g‘oya yotadi.
«Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»ning I–XXIII mod-
dalari «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi», 1966-yilgi xalqaro
bitimlar, Inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konven-
siyasi va boshqa hujjatlarning moddalariga hamohangdir. Moddalar
mazmunan mos kelsa-da, manbalar va shakllarga ko‘ra har xildir.
Olimlarning ta’kidlashicha, musulmon huquqi diniy-an’anaviy ta’limot-
dan XIX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan islohotlar tufayli
Misr Arab Respublikasi, Yaman Respublikasi va boshqa musulmon
mamlakatlarining milliy hujjatlaridagi xalqaro huquqiy normalarning
o‘zlashtirilishiga qadar bo‘lgan tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Bundan
tashqari, musulmon huquqi me’yorlarining
tiklanishi va ularning Eron,
Pokiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarning amaldagi qonun
hujjatlarida mustahkamlanishi kuzatilmoqda.
Musulmon huquqi tadqiqotchilari jinoyat huquqi sohasidagi huquq-
buzarliklarning bir qancha tasniflarini ishlab chiqqanlar. Aksariyat
tasniflar zamirida quyidagi ikki mezon yotadi:
1) u yoki bu qilmish uchun jazo belgilash darajasi;
2) buzilgan huquqlar xususiyati.
Ushbu mezonlarga ko‘ra, barcha huquqbuzarliklar uch guruhga
bo‘linadi:
a) birinchi guruh – had jazosiga loyiq Allohga
qarshi jinoyatlar;
b) ikkinchi guruh – diya jazosiga mustahiq bo‘lgan ayrim
shaxslarning huquqlariga qarshi jinoyatlar;
d) uchinchi guruhga ta’zir jazosi nazarda tutilgan boshqa huquq-
buzarliklar kiradi.
167
Shuni ta’kidlash lozimki, musulmon huquqining ommaviy-huquqiy
institutlari (hisba –
maxsus islom nazorat organlari, politsiya, «sho‘ro»,
dunyoviy sud) Qur’on qoidalaridan ham ko‘ra, ko‘proq davlat normativ-
huquqiy hujjatlariga asoslangan. Masalan, «dunyoviy sudlar» o‘z
faoliyatida G‘arbiy Yevropa sudlari amaliyotidan o‘zlashtirilgan
normativ-huquqiy hujjatlarga suyanildi (o‘rta asrlarda «dunyoviy sudlar»
o‘z hukmdorlarining jinoyatga oid huquqiy hujjatlariga tayangan).
Shunday qilib, «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da aks
etgan inson huquqlari jahonning ko‘pgina mamlakatlari hujjatlarida
mustahkamlab qo‘yilgan huquqlarning vorisiyligidan dalolat beradi.
Biroq bu huquqlar musulmon xalqlariga nisbatan hozircha irrelevant
(lotincha irrealis – noreal, ya’ni amalda emas, faqat g‘oyada mavjud)
bo‘lib qolayotir.
Islom konsepsiyasi, «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»da
va «Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi
konvensiya»da ifodalangan erkinlik konsepsiyasi o‘rtasida jiddiy farq
mavjud emas. «Islom inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi»da
belgilangan asosiy erkinliklar musulmon huquqi tizimini xalqaro huquq
tizimi bilan yaqinlashtirish yo‘lida tashlangan muhim qadamdir.
Bundan tashqari, «Islom inson huquqlari umumiy
deklaratsiyasi»ning normalari inson
va fuqaro huquqlari hamda
erkinliklari borasida davlat huquqi normalaridan ustunlikka da’vogar
bo‘lishi mumkin. Islomda inson huquqlari birdan-bir maqsad
hisoblanmaydi, lekin hayotdagi muayyan vazifalarni bajarishning vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Inson o‘zining ma’naviy mavjudot ekanligini
anglashi va jamiyat ravnaqi yo‘lida bunyodkorona mehnat qilishi bilan
hayvondan farq qiladi. Inson Allohning irodasiga ko‘ra uning yerdagi
xalifasi (noibi) hisoblanadi.
Insonga yashash huquqi u bundan butun insoniyat foydasi va
ravnaqi
yo‘lida foydalanishi uchun berilgan. U o‘z ixtiyoricha harakat qilishi
uchun unga erkinlik hadya etilgan. Biroq inson Allohning irodasiga
bo‘ysunish yo‘lini tanlasa, u ongli ravishda hayotining har bir lahzasi
uchun o‘ziga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi.
Islomga e’tiqod qiluvchi shaxsning huquqlari quyidagicha:
1) yashash;
2) tenglik;
3) erkinlik;
4) erkin fikrlash;
5) siyosiy erkinlik;
168
6) chet mamlakatlarga chiqish
va ulardan boshpana topish;
7) munosib hayot kechirishni ta’minlovchi mehnat qilish;
8) odil sudlov;
9) qonun oldida tenglik;
10) o‘z sha’nini himoya qilish;
11) ijtimoiy ta’minot olish;
12) nikoh tuzish;
13) shaxsiy hayot va xavfsizlik;
14) o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan himoyalanish;
15) ta’lim olish;
16) jabr-zulmga qarshi norozilik bildirish;
17) so‘z
erkinligi;
18) namoyishlar o‘tkazish erkinligi;
19) vijdon va e’tiqod erkinligi;
20) diniy tuyg‘ularni himoya qilish;
21) davlat ishlarida ishtirok etish;
22) munosib hayot kechirish.
Qur’on va hadislarda inson huquqlari haqida fikrlar mavjud:
«(
Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va:
Dostları ilə paylaş: