Metrologiya to‘G‘risida


-modda. Davlat metrologiya nazorati



Yüklə 367,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix01.05.2023
ölçüsü367,16 Kb.
#105405
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
01. Metrologiya qonun

22-modda. Davlat metrologiya nazorati 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat metrologiya nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ 
hujjatlarning, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarining metrologiyaga oid talablarga rioya 
etilishi ustidan amalga oshiriladi. 
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Davlat metrologiya nazorati: 
o‘lchash vositalarining (shu jumladan etalonlar, standart namunalar, axborot-o‘lchash 
tizimlari) ishlab chiqarilishi, ta’mirlanishi, prokatga berilishi, realizatsiya qilinishi, ularning holati va 
qo‘llanilishi; 
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining qo‘llanilishi; 
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi, shuningdek akkreditatsiya 
qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi 
miqdori ustidan amalga oshiriladi. 


Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va 
javobgarligi qonunchilikda belgilanadi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
23-modda. O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya 
nazorati
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi 
miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati davlat metrologiya xizmatining vakolatli organlari 
tomonidan o‘tkaziladi. 
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati o‘ram 
tarkibini o‘ramni ochmasdan yoki deformatsiya qilmasdan o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, 
o‘ramdagi tovar miqdorini ko‘rsatuvchi massa, hajm, uzunlik, maydon yoki boshqa kattaliklar esa 
o‘ramda belgilangan hollarda amalga oshiriladi.
O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati suyuq holdagi 
qadoqlangan tovarlar uchun iste’mol idishi sifatida foydalaniladigan o‘lchamli idishlarga nisbatan 
ham tatbiq etiladi. 
O‘ramlardagi qadoqlangan tovarlarning miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati 
tekshiruv xaridi orqali amalga oshirilishi mumkin. 

Yüklə 367,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin