O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


DOSTON TILINING FONETIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61
O`zbekiston respublikasi

DOSTON TILINING FONETIK XUSUSIYATLARI 
Doston tilida asosan 9ta unli, arab-fors so`zlaridagi ā bilan birgalikda 10 ta 
unli qo`llangan : a , ā , ә , o , ө , u , ү , i , i , e (e). Bunda alif a , ā , i , i , u ,
ү , o , ө  unlilarini yoy i, i, e (e), ā, unlilarini Vov esa u, ү, o, ӛ unlilarini, hoyi havvaz 
e, a unlilarini ifoda qilishda qatnashgan. Bu transkriptsiya beyagilarining izohi 
o`zbek tilining tarixiy grammmatikasiga oid asarlarda berilganligi tufayli ularga 
maxsus to`xtalmasdan dostondan quyidagi misollarni keltirish bilan chegaralanamiz: 
Ataga kim bu yanlig` qilsa xizmat 
Oz ogl’sh’sh an’shtek tapg`a izzat (141) 
Adl belgusi bilgurdi ozindә, 
Jahan tutmaq nishanm ham yuzindә. (141) 
27 Bu kichik matnda yuqoridagi barcha unlilar aks etgan. 
Adabiyotlarda 
(dz) 
-d 
undoshining 
turkiy 
tillarda 
qo`llanishi 
haqida aynan bir xil fikr bayon qilinadi, ya`ni bu undoshning qadimgi turkiy tilda 
bo`lmaganligi, lekin turkiy urug`lardan biri bo`lgan chigillar dialektiga xos ekanligi 
aytiladi va d-d-z taraqqiyoti ko`rsatiladi. Haqikatan ham, qadimgi turkiy til bo`yicha 
yaratilgan darsliklarda (dz) undoshi haqida ma`lumotlar uchramaydi. Ayrim ishlarda 
undoshining paydo bo`lishi XI—XII asrlar bilan belgilanadi. 
Endi bu undosh keyingi hodisami? degan haqli savol tug`iladi. SHuni 
aytish kerakki, tilda toshush tarkibi aslida murakkablik tomoniga emas, balki 


57 
soddalik sari tarakqiy etadi.agar bu fikrdan kelib chiqadigan bo`lsak, undoshi d 
undoshining taraqqiyotidan hosil bo`lgan deb hisoblash mumkin emas.
«Xusrav va SHirin» dostoni tilida singarmonizm qonuniyati to`la amal 
qilgan. Ma`lumki, singarmonizmning ikki turi mavjud. Turkiy so`zlarda tanglay 
uyg`unligi to`la saqlanadi: 
Kel, emdi sen bu ӛpkәlәrni qoyg`il,
Bir ancha ham nifāq, bilә uzr qil. (273) 
Bu baytda emdi, opkelerni, koyg`’sh, ancha, bile so`zlarida tanglay 
uyg`unligi saqlangan lekin arab, fors tillarida o`zlashgan so`zlarda (o`zak va 
qo`shimchalarda) bu qonuniyatning amal qilishi kat`iy emas. Arabcha va forscha 
so`zlarda tanglay uyg`unligiga rioya qilinishi bundan chekinishni va bundan 
chekinishni quyidagi misollarda ko`rsatishga harakat qilamiz: 
1. O`zak (arabcha, forscha) va qo`shimcha (turkiy)larda tanglay
uyg`unligi saqlanadi: 
Ne sӛzkim aydin ul yerlik yerindә,
Xatāsi yoq bu sӛzlәrniң birindә. (225) 
2.Turkiy o`shimcha arabcha, forscha so`zning oxirgi bo`g`iniga 
uyg`unlashadi: 
Yelib yeltek ravān ul tag`qa yetti,
Belin bag`ladi istidadin etti. 235) 
Vәfālig` qulni bir yoli unutma,
Sut orniqa yana ag`u tatutma. (238) 
Lab uyg`unligiga ham amal qilingan. Barcha bo`g`inlarda lab uyg`unligi 
saqlanadi:
Qamug` tүrlүk kӛrkүң bir illākim darig` ul,
Tabar tekmә kishilәr tabg`iңa yol. (256) 


58 
CHiqib siz tash eshikdә olluruңuz, 
Yavuq yetsә, baqib yaxshi kӛrүңүz, (263) 
2. Qo`shimcha so`zning oxirgi lablangan bo`g`ini uyunlashadi: 
Va lekin men turub chiqqm’shda kedin, 
Tonub kedurub qaravashlardan birin. 256) 
Yazukluq qullar istig`farm haqqi,
Hajilliq yishisi zāri haqqi (261) 
3. Lab uyg`unligi buziladi: 
Hanuz shukriңni aytu bilmәgәymәn,
Tumandin birin aytu bilmәgәymәn. 261) 
Lab uyg`unligidan chekinish holatlari qonuniy emas, balki uning 
qonuniyatlarini o`rganish til bilimimizning navbatdagi vazifalaridan biridir. 
Morfologik xususiyatlar 
Doston morfologiyasida, bir tomondan, eski turkiy til an`analari saqlandi, 
ikkinchi tomondan, keyinchalik u eski o`zbek adabiy tilida me’yorga aylangan 
morfologik shakllar bilan boyidi. 
Doston tilida ham «Devonu lug`atit turk», «Qutadgu bilig»,
«Hibatul xaqoyiq»tiliga xos bo`lgan quyidagi til xususiyatlarini ko`ramiz: Qaratqich 
kelishigi -im qo`shimchasi bilan ham hosil qilingan: 
Qulin g`ura menim yetkәngә berdi,
SHәkәr shura menim tekәngә berdi. (140) 
Tushum kelishigining ba`zan -g /—ig qo`shimchasi bilan hosil qilingan 
shakli uchraydi: 
Jahān tapti ersә jānni ushbu yerik (g), 
29 
Nedin bizlәrgә kӛrinүr tushdә aytek. (310) 


59 
Bu misolda yerik so`zidagi -ig qo`shimchasi keyingi satrdagi aytek so`ziga 
qofiya qilinishi munosabati bilan jarangsiz undosh bilan berilgan, lekin yozuvda har 
ikkala so`z kof (ﮐ) bilan yozilgan. Demak, muallif yozuvdagi kofiyani saqlash 
uchun kofni ishlatishga majbur bo`lgan. SHuningdek, bu qo`shimcha doston tili 
uchun tipik emas. Ma`lum bo`ladiki, bu o`rinda muallif qofiya talabi bilan arxaik 
tushum kelishigi qo`shimchasidan foydalanishga majbur bo`lgan. 
Vosita kelishigidan unumli foydalanilgan: 
Nizamiy nazmi yanlmg` tuz sozunni, An’sh bilgut xanina 
bu ozunni. (135) 
Aniң so`zi bu erda u bilan, o`sha bilan degan ma`noni bildirgan. 
Ajun xushluklarmndin konlm kechti, 
Ӛz eligin bashina tupraq sachti. (206) 
Asar tilida chiqish kelishigi -din -din -tin -tin qo`shimchalari bilan hosil 
qilinganligi normaga muvofiq keladi. SHu bilan bir qatorda doston tilida qadimgi 
turkiy tilda bu qo`shimchalar bilan yondosh qo`llangan –dan/ -dәn qo`shimchasi 
uchraydi. Bu qo`shimcha varianti qo`llanishining ikki sababi haqida fikr yuritish 
mumkin: 
1. Bevosita qadimgi turkiy til unsurlarining saqlanib qolishi deb ham 
tushunish mumkin. 
2. Lozim bo`lgan o`rinlarda to`la kofiya va vaznni saqlash uchun ham bu 
variantda foydalanilgan bo`lishi mumkin. 
Yana shahzādaniң xizmatchi og`lan,
Kүchәmlәb g`ura almish teyү bag`dan. (139) 
Bunda og`lan va bag`dan so`zlarining to`la qofiyasiga erishish niyatida 
shoir -dan qo`shimchasidan foydalangan. Buni quyidagi baytlarda ham ko`rish 
mumkin: 
Sabaq almish havāda qushlar andan,


60 
Suvda ivrәkchә qorqmaz bolsa tofan. (145) 
CHechәkni tāza erkәn termәdim men, 
Yel eltti nāgahān kezlәndi kӛzdәn. (146) 
Demak, asar tilida –dәn variantining qo`llanishini yuqoridagi ikkinchi 
sabab bilan bog`lanish mutlaqo to`g`ri bo`ladi. 
Jo`nalish kelishigani shakllantiruvchi ko`rsatkich sifatida –kә -qa 
qo`shimchalarining qo`llanishi asar tilining me`yorini aks ettiradi, ya`ni til oldi 
unlili asosga –, til orqa unlili asosga -qa varianti qo`shilgan. 
Ukush sӛz barcha hālda yaxshi bolmaz, 
Teyu sabr ishkә bag`lab qild’lar rāz. (181) 
Munuңtek ayti ul sӛz ayg`chi pir, 
Netekkim chiqti sahrāqa jahāngir. (180) 
Demak, kadimgi turkiy tilga xos bu xodisa «Xusrav va SHirin» asarida 
ham davom etgan. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin