“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 6, декабрь, 2018 йил
7
loyihalariga quyidagilarni keltirish mumkin: Kandim konlar guruhini ishlab
chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash kompleksi qurilishi (1-bosqich), Hisor
va Ustyurt investitsiya bloki hududida uglevodorod
konlarida qazib chiqarishni
yo’lga qo’yish, Qarshi tumanida tekstil kompleksini tashkil etish (2-bosqich), uyali
aloqa
tizimini kengaytirish, milliy uyali aloqa operatori tarmog’ini shakllantirish va
boshqa investitsiya loyihalari.
Iqtisodiyotga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalarning tarmoq tarkibida jiddiy
o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Xorijiy investitsiyalarning
iqtisodiy faoliyat turlari
bo’yicha jalb etilishiga e’tibor beradigan bo’lsak, iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida iqtisodiyotga yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar tarkibida tog’-kon sanoat
ulushi yetakchi o’rinni saqlab turibdi va shu bilan birgalikda pasayish tendensiyasiga
ega. 2016 yil tog’-kon sanoatining ulushi jami xorijiy investitsiyalarning
iqtisodiy
faoliyat turlari bo’yicha 31,1 foizini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda
56,8 foizini tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish sanoati esa kapayish tendensiyasiga
ega bo’lib, 2016 yilda 27,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 14,8
foizni tashkil etdi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligini
rivojlantirishga qaratilgan
hukumatning sa’y-harakatlariga qaramasdan qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan xorijiy
investitsiyalar hajmi tarmoq ehtiyojiga nisbatan past darajada saqlanib turibdi.
Dostları ilə paylaş: