“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 6, декабрь, 2018 йил
3
iqtisodiyotidan mutloq boshqa davlat iqtisodiyotiga ko’chuvchi kapital bo’lib, u
risklar doirasi kengligi bilan ichki investitsiyalardan farqlanadi.
Shuningdek, iqtisod fanlari doktori N.Qo’ziyevaning
ilmiy ishlarida xorijiy
investitsiyalarning mohiyati to’g’risida: “Kelgusida foyda olish maqsadida kapitalni
eksport qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning
kapitalni qabul
qiluvchi mamlakatlarga turli ko’rinishdagi boyliklar (ko’char, ko’chmas mol-mulk,
intellektual boyliklar va boshqalar) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar,
dividendlar, litsenziya va komission mukofotlar, royalti, texnik ta’minot
va boshqa
mukofotlar)ni qo’yilishiga xorijiy investitsiyalar deyiladi”[6] degan ta’rif keltirilgan.
Olimaning fikricha, xorijiy investitsiyalarni turli belgilariga asoslangan holda
tasniflash ularning iqtisodiy mohiyatini yanada oydinlashtiradi.
Sh.Q. Fozilchayev va N.G’. Xidirovlarning “Investitsiya va lizing asoslari”
kitobida xorijiy investitsiyaga quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Xorijiy investitsiyalar -
bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish
maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa
faoliyatlariga
safarbar
etadigan
barcha
mulkiy,
moliyaviy,
intellektual
boyliklaridir”.[7]
Dostları ilə paylaş: