3-jadval
Markaziy Osiyo va O’zbekistonda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar
oqimi[12]
Markaziy Osiyo
mamlakatlari
O’zbekiston
O’sish
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarning o’sishi
iqtisodiy o’sish va
samaradorlikni oshirishga
olib keldi.
To’g’ridan-to’g’ri
investitsiyalar moliyaviy
rivojlanishga va kam
ta’minlanganlik darajasini
pasayishiga olib keldi.
Sektor
Ko’proq energiya, qishloq
xo’jaligi va ishlab
chiqarish sanoati sohasida
xorijiy investitsiyalar jalb
qilindi.
Ko’proq tog’-kon sanoati,
qishloq xo’jaligi,
energetika, xizmat
ko’rsatish, to’qimachilik
va sayyohlik sohasidagi
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalar jalb qilindi.
Tabiiy resurslar
Mintaqadagi davlatlar
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarni jalb
qilishdi, chunki ular tabiiy
Mamlakatning boy tabiiy
resurslari tufayli
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish.
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 6, декабрь, 2018 йил
9
zahiralarga boy.
Ta’lim va
infrastruktura
Ularni to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalarni
jalb qilishda asosiy omillar
hisoblanmaydi.
O’zbekiston hukumati
infratuzilmani va ijtimoiy
xizmatlarni yaxshilashga
erishdi.
Huquqiy asos
Yuqori to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy yo’nalishlarda
qonun ustuvorligi
rivojlandi.
Ko’p huquqiy islohotlar
amalga oshirilmadi.
Atrof-muhitni himoya
qilish
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalar mintaqada
CO2 emissiyasini oshirdi.
Muvaffaqiyatli atrof-muhit
strategiyasi qo’llanildi.
2018 yilga kelib ham mamlakatimizda investitsiyaga doir qator ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 2018 yil 21 iyunda O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoqlar va hududlarda investitsiya
loyihalarini amalga oshirish holati, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb
etish va o’zlashtirish natijalari tahliliga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib
o’tdi.[13]
Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot
tarmoqlari va hududlarga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan,
2018-yilning besh oyida 776 ta yangi qo’shma va xorijiy korxona ro’yxatdan
o’tkazildi. Bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko’pdir.
Yig’ilishda Prezidentimiz investitsiyalarni, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o’zlashtirishni ta’minlash – barcha
darajadagi rahbarlarning eng muhim vazifasi ekanini alohida ta’kidladi.
Xorijiy davlatlarga tashriflar va muzokaralar natijasida qiymati 17 milliard
dollar bo’lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish to’g’risida birlamchi
kelishuvga erishilgan. Ushbu investitsiyalarni o’zlashtirish biznes-reja va texnik-
iqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog’liq. Shu bois bu boradagi ishlarni
jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli loyihalarga yo’naltirish va yuqori
samaradorlikka erishish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Keng
imkoniyatlari
bo’lishiga
qaramay,
Buxoro
viloyatida
xorijiy
investitsiyalar ishtirokida 10 ta loyiha, Navoiyda 9 ta, Qashqadaryoda atigi 1 ta
loyiha amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryoda 13 tumanda, Farg’onada 11,
Surxondaryoda 10, Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8 tadan, Xorazm, Navoiy
viloyatlarida 7 tadan, Qoraqalpog’iston va Samarqandda 6 tadan, Andijon va
Sirdaryoda 5 tadan, Namangan viloyatida 4 ta tumanda xorijiy investitsiya ishtirokida
birorta ham loyiha rejalashtirilmagani tanqid ostiga olindi.
Shuning uchun bu ishlarni keskin faollashtirish lozim. Investitsiya
qo’mitasining viloyat, shahar va tuman bo’limlari xorijiy investitsiyalarni olib kelishi
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 6, декабрь, 2018 йил
10
va xorijiy investorlarga barcha masalalar bo’yicha amaliy ko’mak berishi kerak.
Shuningdek, tuman va shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining har biri o’z
hududiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya jalb etishga hissa qo’shishi zarur, deb
Prezidentimiz ta’kidlab o’tdilar.[14]
Dostları ilə paylaş: |