“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 6, декабрь, 2018 йил
1
G’ofurova U.F. – TMI, katta o’qituvchi
Xayitboyev B.X. – TMI, talaba
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY
INVESTITSIYALARNING O’RNI
Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning
ahamiyati va ularni milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni yoritilgan bo’lib, statistik ma’lumotlar asosida
tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni
jalb qilishda mavjud muammolar va ularni oldini olishni faollashtirishda qanday
chora-tadbirlardan foydalanish kerakligi keng yoritilgan.
Kalit so’zlar: Investitsiya, xorijiy investitsiya, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiya,
portfel investitsiya, investor, kapital eksporti, ustav kapital, dividend,
tadbirkorlik foydasi, eksport, import.
В этой статье анализируется важность иностранных инвестиций и их роли
в развитии национальной экономики и анализируется на основе статистических
данных. В статье также излагаются шаги, которые необходимо предпринять для
содействия привлечению иностранных инвестиций в национальную экономику.
Ключевые слова: инвестиции, иностранные инвестиции, прямые
иностранные инвестиции, портфельные инвестиции, инвесторы, экспорт
капитала,
уставный капитал, дивиденды, преимущества предпринимательства,
экспорт, импорт.
This article analyzes the importance of foreign investment and their role in the
development of national economy and is analyzed based on statistical data. The
article also outlines the steps to be taken to facilitate the attraction of foreign
investments into the national economy.
Key Words: Investment, foreign
investment, direct foreign investment,
portfolio investment, investor, capital exports, charter capital, dividend,
entrepreneurship benefits, export, import.
Kirish
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishini belgilab oldi. U
iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o’rin
tutishini o’z vaqtida to’g’ri anglab yetganligining natijasida investitsiyalarga,
xususan, chet el investitsiyalariga bo’lgan e’tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa
bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga
olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan ivestitsion faoliyatning yo’lga qo’yilishini
hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining
mahsuli ekanligini
ta’kidlash lozim. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning
“Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish
sohasida belgilangan yo’nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina
ro’yobga chiqadi”[1], - degan ko’rsatmalari muhim ahamiyatga ega. Albatta, kuchli
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 6, декабрь, 2018 йил
2
investitsiya siyosatini o’tkazish orqaligina biz o’z iqtisodiyotimizni yanada gullab-
yashnatishimiz mumkin. Bunda xorijiy investitsiyalarning o’rni katta hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul
qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar
strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada
oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart
sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha
sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.[2] Ushbu Harakatlar
strategiyasida
iqtisodiyotni
rivojlantirish
va
liberallashtirishning
ustuvor
yo’nalishlaridan biri bu – investitsiya
muhitini takomillashtirish, mamlakat
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarni faol jalb qilishdan iborat. Shuning uchun ham, xorijiy
investitsiyalarni
jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari
ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish
va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash
hamda raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy
imkoniyatlarining
kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va
rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni
o’zlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlatimiz iqtisodiy
qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.