Tahlil va natijalar Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati katta
bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy
etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va
buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustivor sohalariga yo’naltirish
va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini
yaratadi;
uchinchidan,kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq
xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari
bilan ta’minlaydi;
to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-
texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga
ko’maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko’payadi.
Xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish o’tish
davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog’liq. Ushbu
vazifalarni bajarish natijasida o’tgan yillarda investitsiyalarning o’sishi jadallashdi.
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 6, декабрь, 2018 йил 4
1-jadval O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti va investitsiyalar o’sish sur’atlarining o’zgarishi[8] Yillar Yalpi ichki mahsulot, (mlrd. AQSh dollari) Oldingi yilga