• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilami o'rgatadi:
• bozomi o'rganish;
• uni taqsimlash;
• tovarlami joylashtirish;
• marketing siyosatini olib borish;
• tovar siyosati;
• narx siyosati;
• taqsimot siyosati;
• siljitish (yo'naltirish) siyosati;
• yuksalish, qo'shimcha xizmatlar (Plus) - (bunga marka,
sotishdan
keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment,
shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin).
Marketing
korxonalaming
bozorda
ishlash
uslubi,
bozor
metodologiyasi bo'lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini
o'rganish, ularga mos tovariar yaratish, narx belgilash,
tovarlami yetkazib
berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko'rsatishni uyushtirish usullari,
vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi
asosiy maqsadga talab bilan taklifni o'zaro muvofiqlashtirishga xizmat
qiladi.
Marketing tamoyillari marketing asosi va uning mohiyatini ochib
beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati tovar ishlab chiqarish va
xizmat
ko'rsatish
albatta
iste’molchiga,
talab
ishlab
chiqarish
imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo'ljallashdan iborat. Marketing
mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi. Marketingning
asosiy tamoyillari:
• bozomi bilish;
• unga moslashish;
• bozorga ta’sir o'tkazish.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan
quyidagicha asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
• iste’molchilarga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;
• istiqbolga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni subyekt faoliyati istiqbolga
yo'naltirilgan bo'lishi zarur;
•pirovard ko'rsatkichga erishishga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor
hissasi, foyda oshishi va hokazolar.
Marketing konsepsiyasining mazmuni uning vazifalarini amalga
oshirish orqali hal etiladi. Marketing vazifalari quyidagi guruhlarga
bo'linadi:
• marketing tadqiqotlari;
• mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlanti -rish;
• sotish va taqsimot vazifasi;
• tovami siljitish;
• narxni tashkil etish vazifasi;
• marketing-menejment vazifasi.
Marketing vazifalari
firmaning boshqa vazifalari, ya’ni ishlab
chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya
hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning vazifalari xo'jalik yurituvchi subyektlarning boshqa
vazifalaridan farqi shundan iboratki, marketing vazifalari xo'jalik
yurituvchi
subyektlar,
uning
iste’molchilari,
mijozlari
o'rtasida
ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgan.
Shuning uchun ham marketing vazifalari doimo o'zgarib boradigan ehtiyoj
hamda talabning shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: