K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik s u b y e k t L a r id a m a r k e t in g f a o L iy a t in I t a s h k IL


 .2.1-rasm . B ozorn i segm en tlash turiari



Yüklə 262,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix05.05.2023
ölçüsü262,21 Kb.
#107724
1   2   3   4   5   6   7   8
6-maruza

4 .2.1-rasm . B ozorn i segm en tlash turiari
Chuqur segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari) bilan 
boshlanib, keyin tovami ishlatish va qo'llanish sohasidan bog'liqligiga 
qarab kengaytirishni nazarda tutadi. Awaldan segmentlash maksimal 
bozor segmentini o'rganishga mo'ljallangan marketing tadqiqotining 
boshlang'ich bosqichidir.
Yakuniy segmentlash bozor muhiti sharoitlari va firmaning o'z 
imkoniyatlarini tartibga solib o'tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi 
bosqichidir.
Quyidagi rasmda bozomi segmentatsiyalash mezonlari berilgan.
Bozor segmentlashning tamoyillari quyidagilardir:
• geografik tamoyil;
• psixografik tamoyil;
• demografik tamoyil;
• xulq-atvor tamoyili;
• holat tamoyili.


4.2.2-rasm . X arid o rla rg a qarab bozorni segm en tlash m ezonlari
Geografik tamoyil orqali bozoming joylashuvi, aholi soni va zichligi, 
tijorat faoliyatining tuzilishi, mintaqaviy rivojlanish dinamikasi, inflyatsiya 
darajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi.
Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning tipi, jamoat 
holati kabilar hisobga olinib, turmush tarzi shaxsning o'z faoliyati, 
qiziqishlari, qat’iyati va e’tiqodlarida o'z aksini topadi. Shaxsning turi esa 
hayotdan mamnun, o'zgalardek ish ko'ruvchi, o'zbilarmon va boshqa 
hislatlarda bo'lishi mumkin.
Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oiianing 
hayotiylik davri bosqichi, daromadlilik darajasi, mashg'ulot turi, 
ma’lumoti, millati kabilar inobatga olinadi hamda bozor segmentlashning 
asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo'l, foydalanuvchi 
maqomi, iste’mol jadalligi, bog'lanib qolish darajasi, tovar haqida 
ma’lumot berish, tovarga bo'lgan munosabati hisobga olinadi.
Segmentlash jarayonining muhim bosqichi bozoming maqsadli 
segmentini tanlash hisoblanadi. Maqsadli segmentni tanlash muammosi 
yetarli darajada murakkab bo'lib, uni hal etish uchun quyidagi ketma- 
ketlikda turishi tavsiya etiladi:
• segment o'lchami va uning o'zgarish (o'sish, kamayish) tezligini 
o'rnatish;
• segmentning jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish;


• o'zlashtirayotgan segment maqsadi va tashkilot resurslarini aniqlash
Segment o'lchami uning miqdoriy o'lchamlari va birinchi navbatda
sig'imi bilan tavsiflanadi. Segment sig'imini aniqlash uchun tovariar 
hajmi, ushbu segmentda ulami umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan 
tumanda yashovchi ushbu tovaming potemjial iste’molchilari sonini 
aniqlash zarurdir.
Bozor sig'imini o'rganish asosida ishlab chiqarish quwatlarini 
shakllantirish uchun va tovar sotish bo'yicha taqsimlash tarmog'i tuzilishi 
uchun asos hisoblanuvchi uning o'sish dinamikasi baholanadi. Shuni 
hisobga olish kerakki, ya’ni bozor faoliyati natijalarini qo'llash, bozorda 
ishlash bilan bog'liq xarajatlarni qoplab, rejalashtirilgan foydani olishga 
kafolat berishi kerak.
Segmentning jalb etuvchanligi tuzilishni tadqiq etish raqobat 
darajasini o'rganish, mavjud mahsulotlar raqobatbardoshligi, xaridorlarga 
munosabati, taklif etilayotgan va mavjud tovarlarga bo'lgan segment 
ehtiyoji barqarorligi, mavjud xaridor ehtiyojlarini qondiruvchi mutlaqo 
yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurligi va imkoniyatini o'z ichiga 
oladi.
O'zlashtirayotgan segment maqsadlariga erishish uchun zarur 
tashkilotning maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim ahamiyatga 
ega bo'lib, tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy 
maqsadlari bilan amalga oshirish hamda shunga mos holda maqsadli 
bozorda ishlash uchun potenuial imkoniyat resurslarini yetarlimi yoki 
yo'qligini o'rnatish uchun zarurdir. Buning uchun tavakkalchilikni 
hisoblash maqsadga muvofiq. Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash 
uchun maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish 
mumkin.
Maqsadli 
segmentlami 
tanlashda 
quyidagi 
strategiyalardan 
foydalanish mumkin:
• differensiallanmagan marketing strategiyasi;
• differensiallangan marketing strategiyasi;
• konsentrlangan marketing strategiyasi.
Amaliy ot shuni ko'rsatadiki, bozor munosabatlari tiklanishi va 
shakllanishi 
davrida 
tadbirkorlik 
tuzilishida 
ko'plab 
korxonalar 
differensiallanmagan marketing strategiyasini saqlab turdi. Bu strategiya 
firmaning xaridorlami xarid jarayoni va tovarga munosabat hamda 
motivauiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki xaridor ehtiyojlarida 
qiziqish umumiyligini ko'zlaydi.


Bunday tovariar va marketing dasturlarini ishlab chiqish orqali firma 
o'z maqsadiga xaridorlami o'rtacha massasini qondirib erishishi mumkin. 
Strategiyadan foydalanuvchi firmalar muvaffaqiyatining muhim omili 
standartlashtirish va tovar ishlab chiqarish umumiyligi hisoblanadi. 
Differensiallanmagan marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va 
sotishda kam xarajatlarni ta’minlaydi. Biroq X. Meffert ta’kidlaganidek, 
«bu strategiya zamonaviy marketing tamoyillariga qarama-qarshi turadi».
Marketingning zamonaviy konsepsiyasida ikkita strategiya ko'riladi: 
differenuiallangan va konsentrlangan marketing strategiyasi.
Differensiallangan 
marketing 
strategiyasida 
firmadan 
uning 
faoliyatini bir necha segmentda ular uchun maxsus ishlab chiqarilgan 
tovariar va marketing dasturlari bo'lishini talab qiladi. Bu strategiya 
xaridorlaming motivlari va tushunchalariga mos keluvchi marketing 
dasturi va xaridorlarga mo'ljallangan marketingning asosiy tamoyiliga 
mos keladi. Bu strategiya xaridoming bozordagi holatini to'liq ifodalaydi, 
shuning uchun, odatda, yuqori sotish hajmi va konsentrlangan marketing 
strategiyasiga nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi.
Differensiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab 
chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik 
korxonalar uchun zarurdir.
Mahsulot differensiatsiyasi turli bozorga chiqishning keyingi 
imkoniyatidir. Bu birinchi navbatda tovar taqsimoti diversifikauiya 
strategiyasini olib borishga asoslanadi.
Konsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozoming 
foyda segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tibor qaratishni 
talab etadi. Bu bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan 
hamda maqsadli marketing dasturi bilan yondashadi. O'z mazmuniga 
ko'ra bu strategiya bozor chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni 
shunday bozor segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning 
yetkazib berish imkoniyatlari uchun ko'proq mos keluvchi hisoblanadi. 
Konsentrlangan 
marketing 
strategiyasi 
ko'proq 
kichik va 
o'rta 
korxonalarga mos keladi, chunki bozoming barcha segmentlarida ishlash 
uchun yetarli moliyaviy vositalar bo'lishi talab etilmaydi.

Yüklə 262,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin