qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir
yilgacha), o'rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10
yilgacha va
undan ko'proq) bo'ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus
faoliyatlariga mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo'jalik faoliyatini direktiv
rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish
b o 'g'ini uchun qaror qabul qilish asosidir. Marketing
dasturining asosiy
mazmuni korxonani o'tgan davrdagi faoliyat natijalari bo'lib, unda
maqsadli bozor rivojlanishining qisqa tahlili va bashorati, firma
rivojlanishining asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorining strategik yo'li,
tovar, narx, sotish va rag'batlantirish siyosatlarining
chora-tadbirlarini,
marketing tadqiqotlari mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari
samaradorligini
oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish
bo'yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmaning
imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega
bo'lsa-da, kompaniyani strategik rejalashtirishda
zarur bosqich sifatida
ko'riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi
kompaniyaning yuqori boshqaruv bo'g'ini (joriy rejalashtirish, direktiv
rejalar,
strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib,
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturining strategik yo'nalishi bozordagi mavqei va
korxona holatining bog'liqligiga ko'ra, o'z ichiga turli variantlami oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik
faoliyatini segmentlash,
hujum va himoya strategiyalari bo'lishi mumkin.
Marketing
dasturini
ishlab
chiqarishda
ko'p
variantlilik
tamoyillaridan foydalaniladi. Xizmatning tuzilishiga binoan marketing
dasturi va rejasining bir necha variantlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal,
optimal va maksimal turiari bo'ladi. Dastuming minimal varianti,
dasturni
murakkab sharoitlarda rivojlantirish, maksimal variantida esa yaxshi
sharoitlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari
marketing dasturi va rejasining minimal
variantini nazarda tutib, uni
amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga ijtimoiy va iqtisodiy hamda
psixologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. Shuningdek, dastuming
o'rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan.
Quyidagi
4.4.1-rasmda
marketing
dasturi
majmui
jarayoni
keltirilmoqda.