K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik s u b y e k t L a r id a m a r k e t in g f a o L iy a t in I t a s h k IL


-rasm . M ark etin g d astu ri m ajm ui



Yüklə 262,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix05.05.2023
ölçüsü262,21 Kb.
#107724
1   2   3   4   5   6   7   8
6-maruza

4.4.1-rasm . M ark etin g d astu ri m ajm ui
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo'nalishiga qarab 
marketing dasturi yuqori va pastki bo'g'in uchun bo'lishi mumkin. Agar 
dastur yuqori bo'g'in uchun bo'lsa, u qisqa va aniq tuzilgan bo'lishi lozim. 
Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko'rsatiladi, pastki bo'g'in uchun 
tuzilgan dasturlarda esa har bir savol yoritib beriladi.
Muddatiga ko'ra, marketing dasturlari qisqa, o'rta va uzoq muddatli 
turlarga bo'linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni 
uzoq va qisqa muddatli dasturlar.
Qamrab olinayotgan vazifasiga ko'ra, oddiy yoki maqsadli marketing 
dasturlar iga bo'linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmaning ishlab chiqarish, sotish 
faoliyati bilan barcha masalalarni hal etishga yo'naltiriladi. Maqsadli 
dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o'zlashtirish, 
firma siyosatini rag'batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim 
vazifalami amalga oshirishga qaratiladi.
Obyektiga bog'liqligiga ko'ra, marketing dasturlari mahsulotlar va 
ishlab chiqarish bo'limi bo'yicha bo'linadi.
Mahsulot bo'yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
• mahsulotning optimal texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini ishlab 
chiqish;
• mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligining ko'p variantli 
hisob-kitobini o'tkazish;


• yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligi va 
zarurligini asoslash;
• ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida 
belgilash;
• iste’molchilaming maqsadli bozorda ko'zlagan maqsadlarini 
hisobga olgan holda, har bir tovar bo'yicha sifat ko'rsatkichlarini 
o'rnatish;
• har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani 
solishtirish);
• maqsadli bozorda raqiblaming mavjud o'xshash tovarlarini hisobga 
olgan holda, har bir tovar bo'yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.
Ishlab chiqarish bo'limi bo'yicha marketing dasturi quyidagi 
maqsadga ega:
tovariar 
siyosatini 
hisobga 
olgan 
holda 
chiqarilayotgan 
mahsulotning zaruriy nomenklaturasini aniqlash;
• innovatsiya bo'yicha qaromi asoslash;
• chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish 
bo'yicha qaror qabul qilish;
• tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o'rnatish;
• ishlab chiqarishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha xarajatlarning 
umumiy hajmi va tuzilishini hisoblash;
• moliyalashtirish manbalarini topish;
• ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
• ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
• ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo'limi bo'yicha marketing dasturi firmaning to'liq
ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi 
optimallashtirilgan ko'rsatkichlami o'z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, 
ishlab chiqarish bo'yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo'limining 
xo'jalik faoliyatining jami ko'rsatkichlari to'plamini tahlili asosida ishlab 
chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish 
uslubiga asosan korxonaning mo'ljallangan maqsadiga erishish va uning 
bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi 
quyidagicha:
1. 
Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil). Faoliyati, shart- 
sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo'nalishlari. Korxonaning 
ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.


2. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash (Marketing sintezi). Ishlab 
chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda 
foydaga erishish yo'llarini aniqlash.
3. Strategiyani ishlab chiqish. Korxonaning moddiy, mehnat va 
moliya resurslaridan samarali foydalanishni ko'zlagan uzoq muddatli 
maqsadni aniqlash (bozor segmentlari, marketing vositasi, bozorga kirish 
vaqti va boshqalarni tanlash).
4. Rejani ishlab chiqish. Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, 
reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini 
rejalashtirish tizimi.
5. Nazorat qilish. Strategik nazorat (tanlangan tamoyilning aniq 
bozor holatiga to'g'ri kelishi). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va 
xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.

Yüklə 262,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin