K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik s u b y e k t L a r id a m a r k e t in g f a o L iy a t in I t a s h k IL


T a d b irk o rlik faoliyatida m a rk etin g ta d q iq otlarin in g roli



Yüklə 262,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix05.05.2023
ölçüsü262,21 Kb.
#107724
1   2   3   4   5   6   7   8
6-maruza

4.3. T a d b irk o rlik faoliyatida m a rk etin g ta d q iq otlarin in g roli
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, 
shakllanish va rivojlanishning obyektiv sabablari, zarurati bilan belgilana 
di, hamda uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal 
qilishga qaratilgan. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib,


talab va taklifning muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan 
korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun 
marketing quyidagi muhim vazifalami hal etishi lozim:
• xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o'rganish;
• tovarlarga ichki va tashqi talablarni o'rganish;
• korxona faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
• talab va taklif to'g'risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozomi 
o'rganish;
• tovariar reklamasini tashkil etish, xaridorlaming tovarlarni sotib 
olishga qiziqishini oshirish;
• tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga 
oshirish uchun ma’lumotlar to'plash va tahlil qilish;
• tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to'g'risida 
ma’lumotlar olish;
• to'ldiruvchi tovariar va o'rnini bosuvchi tovariar to'g'risida 
axborotlar yig'ish.
Tovarlarga talabni istiqbollash, ulami amalga oshirishni nazorat 
qilishdan iborat.
G.L. Bagiyev va boshqalar "Zamonaviy marketing tadqiqotlari, 
tadbirkorlik tizimidagi axborot topish, to'plash, qayta ishlash va joriy 
hamda strategik qarorlar qabul qilish jarayoni
" 19
- deb ta’rif berganlar.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning 
taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning 
maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada, odatda, 
minimum, maksimum oralig'ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga 
erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi mavjud bozor 
segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlami jalb etish, yangi bozorlar 
tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati 
uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor 
psixologiyasi tovar va firma markasiga bog'lanib qolish xususiyati (imidj) 
ga ham egadir.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri tadqiqot 
rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur 
ma’lumotlar va axborotlarni to'plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov 
o'tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumot va 
manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ulami 
qayta ishlash mumkin.


Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so'rov, guruhli bahs 
eng ko'p qo'llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning 
tegishli bosqichlarida samarali axborot to'plash, uni qayta ishlash, texnika 
vositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida 
keltirilgan radio telefonli va bort-kompyuterii avtomobilga boshlang'ich 
talabni baholash tadqiqotini olib ko'raylik. Kuzatish uslubi vositasida 
xaridorlaming joriy davrda va avtomobilb bozoridagi munosabatlari, 
ko'nikmalarini baholash mumkin. So'rov uslubida esa aniq bir xaridoming 
«yangi jihozlarga» qiziqishlari, ularga qo'yadigan talab va istaklarni 
baholash 
mumkin. 
Eksperiment 
uslubida 
esa 
sinov 
tarzida 
avtomobillaming kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini 
kuzatish mumkin.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o'zaro bog'liqlik, 
aniqlik, takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan 
reja mohiyatan quyidagi savollarga javob berishi lozim.
1. Qanday ma’lumotlar to'planishi kerak?
2. Ma’lumotlarni kim to'playdi?
3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?
4. Ma’lumotlarni to'plashda qanday uslublar qo'llaniladi?
5. MaMumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim 
etiladi?
6
. Ma’lumotlarni to'plash qachon va qaerda amalga oshiriladi ?
7. Ma’lumotlarni to'plash uchun qanday xarajatlar ko'zda tutiladi?
Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi,
mazmunan va mantiqan bog'liqligi ta’minlanadi. Bu o'z navbatida 
tadqiqotning keyingi bosqichlarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan 
kamchilik va xatoliklaming vujudga 
kelishiga 
yo'l 
qo'ymaydi. 
Ma’lumotlarni to'plash bosqichi tasdiqlangan reja asosida amalga 
oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ulami qayta ishlash, 
tayinli tartibga solish vazifasini ham bajaradi. Chunki jamlanadigan 
maMumotlar qayerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali 
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi.

Yüklə 262,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin