4.2. T a d b irk o rlik faoliyatid a b ozorn i seg m en tla sh n in g o 'rn i
Marketingni
boshqaruv tizimida
bozor
segmentlash muhim
ahamiyatga ega va bozorda talabni o'rganish yoki marketologlar atamasi
bilan aytganda
«iste’molchini tahlil etish»-
bozorlar holatini tahlil
etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo'linadi:
bozor
segm entlash;
iste
’m olchi
talabi
sabablarini
о
'
rganish;
qondirilm agan
ehtiyojlam i
aniqlash.
Bozor
segmentlash
talabni
qondirishga tabaqalangan holda yondashuv, tovarlaming turi, sifati va
miqdoriga ko'ra har xil talab qo'yadigan iste’molchilami guruhlarga
ajratishda turli mezonlar qo'llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli
hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir
segment doirasida alohida o'ziga xos bir talab namoyon bo'ladigan hodisa
tarzida olib qaraladi.
Bozorda xaridorlaming ma’lum bir tovarga talablari xilma-xildir, har
bir xaridoming o'z didi bor. Xaridoming talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush
tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali
marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini
vujudga keltiradi. Ya’ni bozor segmentlash xaridorlaming talabiga
muvofiq tovaming taklif etilishi va tovarga talabning qat’iyligini
ta’minlaydi.
Demak,
xaridorlam ing tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari
,
talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab
,
guruhlarga
ajratishni
bozor segmentlash
d e y ila d i
.
Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko'p jihatlardan tovar yoki
xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi
bo'lgan masalaga bog'liq.
Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov mezonlari
bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos
keladigan maqbul mezon tovami bozorda joylashtirish masalalariga
umuman to'g'ri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar
o'rtasida paydo bo'lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda
boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar
tadqiqotlarni davom ettirish lozim.
Bozorni segmentlash orqali, xo'jalik yurituvchi subyekt quyidagi
maqsadlami ko'zlaydi:
• iste’molchilami xohish va talabini maksimal ravishda hisobga olish;
tovarni
(xizmatni)
va
xo'jalik
yurituvchi
subyektni
raqobatbardoshligini ta’minlash;
• xo'jalik yurituvchi subyekt xarajatlarini optimallashtirish;
xo'jalik
yurituvchi
subyektning
marketing
strategiyasi
samaradorligini oshirish;
• raqobatchilardan xolis bo'lgan segmentlarga ketish.
Segmentlashning
asosiy
maqsadi
bozordagi
xatti-harakatlami
o'rganib, ulaming obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablarni
tasavvur qilishdan iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti
yangi, yuqori sifatli tovar va kompleks servis texnika xizmatlar hamda
samarali sotish usullarini qo'llashdan iborat bo'lib qoldi. Ana shu talablar
asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi iste’molchilami o'rganish
va bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki bozor bir xil subyektlardan
tashkil topgan emas.
Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo'yicha
ulaming sanoatlashuviga qarab bo'lishni ko'zda tutadi. Mikrosegmentlash
esa bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq mezonlar bo'yicha
guruhlarga bo'ladi.
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi
guruhlari
bilan boshlanib,
keyin tovar yoki xizmatlami
oxirgi
iste’molchilari klassifikauiyasiga bog'liqligiga qarab bosqichma-bos qich
chuqurlashadi.
Bozorni segmentlarga bo'lish xaridorlaming tovarga talablari va
xaridorlar tavsiflari to'g'risidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi.
Quyidagi 4.2.1-rasmda bozorni segmentlash turiari berilgan.
|