iborat. Andijon viloyati geologik
aktiv eonada joylashgan, kuchli zilzilalar bulib
turadi (q. Andijon zilzilasi). Ixdimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tkzmalari
Fargʻona vodiysini sovuq xavoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda
Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror.
Yozi issiq, iyulning oʻrtacha
temperaturasi 27,3°, kishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3°.
Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 — 250 mm yogʻin tushadi. Av.
Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari
yogʻindan, togʻlarlagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi —
Qoradaryo (Sirdaryo irmoklaridan biri). Uning irmoqlari — Moylisuv, Oqboʻra,
Aravonsoy va b. Av. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproklari boʻz,
qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq
tuproqlar, qumtosh, mergel, less va
chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanaln. Av.ning
ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida
pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va b.) kam uchraydi;
sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.
Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar tashkil etadi. Qirgʻizlar,
Tojiklar,
Uygʻurlar, Ruslar, Koreyslar va boshqalar ham bor. Rossiya Qoʻqon xonligini bosib
olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va b. kuchib kelgan. 1 km2 ga
oʻrtacha 517 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi: oʻzbeklar — 88,8 %, qirgʻizlar 3,8
%, tatarlar 3,1 %, ruslar 2 %. Shaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2
ming kishi (2000).
Andijon viloyati respublika i.ch.da va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrin
tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6 % neftini, 8,3 % paxtasini, 8,7 % paxta
tolasini, 8,7 % oʻsimlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, q.x.
xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoklari, shuningdek aholiga isteʼmol
buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etildi.
Viloyatda tadbirkorlik
rivojlanib borayapti. Uni qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. soʻmdan ziyod
kredit berilib, 3,4 mln. AQSh dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi (2000).
1995-2000 yillar mobaynida viloyat iktisodiyotida 23,5 mlrd. soʻm chet el sarmoyasi
kiritildi.