imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni - o’qituvchi va
o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi
shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy,
irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi
tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida
o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq
keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun
o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida) , hissiyotiga (darsda va turli sinfdan
tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida)
tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi
(ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari
tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
A) O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida
rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar
izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni
qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi
jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: