Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan


Tarbiya jarayoni qanday xususiyatlarga ega, u ta’limdan nimalari bilan



Yüklə 433,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.05.2023
ölçüsü433,83 Kb.
#109194
1   2   3   4   5   6   7
Farida pedagogika

Tarbiya jarayoni qanday xususiyatlarga ega, u ta’limdan nimalari bilan 
farq qiladi? 
 Tarbiya jarayonining xususiyatlari 
Ko’p 
qir-rali 
jarayon 
uzoq 
muddat 
davom 
etadi 
yaxlit holda 
va 
konsen-
trik 
asosda 
amalga 
oshadi 
Ikki 
tomonlama 
xususiyat, 
bolaning 
faolligi 
Qarama-qarshi-
liklar ko’pligi 
Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko’p qirrali jarayon ekanligi bo’lib unda 
maktab, oila, bolalar va o’smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik, kino-
teatr, televideniye, adabiyot va san’at ishtirok etadi. 
Tarbiyaning yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. 
Ta’limdan farqli ravishda u bola tug’ilganidan boshlanadi, maktab yillarida, undan 
keyin va butun umr bo’yi davom etadi. 


Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, u yaxlit ho
lda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. 
Tarbiyaning turli tomonlari bir-
biri bilan uzviy bog’langan. Boshlang’ich sinfda ham, o’rta va yuqori sinfda ham a
yni bir narsa, masalan, do’stlik, ahillik, vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash k
o’zda tutiladi. 
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiya
tga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi. 
Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko’pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-
qarshiliklar bolalarda o’z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo’lgan sifatla
r bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o’rtasida o’quvchilarga q
o’yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o’rtasidagi kurashlarda namoyon 
bo’ladi.
Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining qanday o’rni bor? 
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafa
kkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim -
tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat 
uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. 
Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olis
hga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin -
asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni t
arbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy 
manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta -
sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va
tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, ir
odani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi z
arur. 

Yüklə 433,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin