2. Matn yuzasidan ikki qismlik kundalik tuzing.
(Ikki qismlik kundalik usuli mohiyati: Qog’oz o’rtasidan
uzunasiga chiziq chizilad
i. Uning chap tomoniga matndan sizga ko’proq ta’sir ko’rsatgan parcha, yoki hayr
on qoldirgan timsol, qiziqtirgan, o’ylantirgan yoki ma’qul bo’lmagan
fikr yozilad
i.
Varaqning o’ng tomoniga ushbu parcha yoki fikr bo’yicha sharh yozish ke
rak. Nima uchun ushbu parchani yozib oldingiz? Bu nima haqda o’ylashga, eslash
ga majbur etdi? Shu yuzasidan qanday savollar tug’ildi?)
Ikki qismli kundalikni quyidagi shaklda tuzish mumkin:
Parcha
S H A R H
3. Rodjerning 10 yildan keyin Missis Jonsga yozgan xati qanday bo’lishi m
umkin?
Rodjer nomidan xat yozing (10 minutlik esse)
Inson paydo bo’libdiki, tarbiya jarayoni va qoidalari mavjud. Xo’sh,
Tarbiya
koidalari nima uchun kerak ekan ? Unga nimalar kiradi?
Tarbiya qoidasi - pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish
maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya
qoidalari - o’qituvchi va tarbiyachilarga yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi
qoidalar
hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi:
Tarbiyaning
ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi. Tarbiyadan
ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma’naviy rivojlangan
aqliy va axloqiy
barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni
ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga
qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko’ra
bilishga
yordam beradi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. O’qituvchining bilim
saviyasi ma’naviyati jamiyatni
harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi
yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar
ruhida tarbiyalashda
Qur’oni Karim, Hadisi shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson
shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smirning betakror va
o’ziga
xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish
lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma’muriy
ehtiyoj va
qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida o’zaro
ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish
demakdir. O’qituvchi o’quvchiga avvalgidek tarbiya ob’ekti emas, xuddi o’zi kabi
sub’ekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va
insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda
tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o’zligini anglashni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: