- Men zamshadan tikilgan ko’k tufli olishni xohlagan edim,- dedi bola.
Bola yuzini yuvib, artindi. Keyin nima qilsam ekan deb o’girildi. Eshik ochiq
edi. Dahlizga yugurib chiqish va qochib ketish mumkin.
Ayol o’rindiqda o’tirardi.
- Men ham yoshligimda ko’p narsa xohlar edim,-
deb ayol jim bo’ldi. Uzoq sukunat cho’kdi. . .
-
Ha, men ham shunday narsalar qilganmanki, bu haqda gapirmaslik ma’qul o’
g’lim. Kim bilan bunaqa ishlar bo’lmaydi deysan. O’tir, men hozir biror yegulik ta
yyorlayman.
Xonaning boshqa chetida, to’siqning ortida gaz plitasi va sovutgich bor edi. M
issis Jons o’rnidan turib, har daqiqada qochib ketishi mumkin bo’lgan bolaga ham,
uning yonida turgan sumkasiga ham e’tibor bermay, to’siq ortiga o’tdi. Biroq bola
qochishni o’ylamasdi. Buning ustiga u ayol ko’z qiri bilan kuzatishi mumkin bo’lg
an xonaning uzoq burchagiga, sumkadan nariroqqa o’tirdi. U ayol unga ishonishin
i xohlardi.
Ayol sovutgichdan yegulik oldi, kakao qaynatdi va stolga qo’ydi. U bo
ladan qayerda yashashini ham, ota-
onasini ham, umuman uni noqulay ahvolga soladigan hech nimani so’ramadi. Bo
laga o’zi to’grisida gapirib berdi, mehmonxonadagi kechgacha ochiq turadigan sar
taroshxonada ishlashini, unga ko’proq qanday ayollar kirishini aytib berdi. Bolaga
ovqat yeb bo’lgach, pirog kesib berdi. Ovqatlanib bo’lgach, dasturxondan turib, d
edi:
-
Ma ol, o’ntalik, o’zingga zamshadan tikilgan ko’k botinka sotib ol. Bundan keyin
birovlarning narsasiga ko’z olaytirma. Yodingda bo’lsin: harom pulga poyabzal s
otib olsang, ular butun umr tovoningni kuydiradi. Ayol uni uzun dahlizdan chi
qishgacha kuzatib qo’ydi.
-Xayrli tun, bundan keyin o’zingni yaxshi tut,-
dedi ayol eshikdan tashqariga qarab.
Shalog’i chiqqan zinadan yugurib tushib, bola pastdan yuqoriga qarab,
eshik oldida turgan ayolga «Raxmat, mem» deb, yana nimalardir demoqchi bo’ldiy
u, ammo labi pichirlagani bilan, ovozi chiqmasdi. Bola ovoz chiqarib minnatdorch
ilik ham bildira olmadi[1].
Dostları ilə paylaş: