Tarbiyada
milliy
va
umuminsoniy
qadriyatlarning
ustuvorligi
qoidasi. O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish,
madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish
malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda
muhim. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini
chuqur bilmasdan, milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish
mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita
bo’lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’kuvchilar go’zal
axloq, baxt, insof, poklik, mehr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari
haqida keng tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik - o’z tarkibiga insonning eng
yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do’stlik, ota - onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik,
diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi
fazilatlar avloddan - avlodga ko’chib kelgan.
Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning uyg’unligi va
uzluksizlik qoidasi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga
bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zi bu talabni unutib qo’ysa, bu hol
tarbiyaga yomon ta’sir qiladi. O’qituvchi subutli, o’z lafziga sobit bo’lmog’i kerak.
O’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab
qo’yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq
davom etadigan jarayon, unda ota - ona, o’qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar.
Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo’lishiga rioya qilish kerak.
Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarni (oila, maktab,
o’quvchilar jamoasi, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, keng
jamoatchilikni) birgalikda ish ko’rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat
yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.
Bola o’qishni, tarbiya olishni ulg’ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni
xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday
pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga bola
o’zini o’zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim
.
Dostları ilə paylaş: |