Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan


Tarbiyaning samarali bo’lishi nimalarga bog’liq?



Yüklə 433,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.05.2023
ölçüsü433,83 Kb.
#109194
1   2   3   4   5   6   7
Farida pedagogika

Tarbiyaning samarali bo’lishi nimalarga bog’liq? 
Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdag
i muhit va munosabat muhim o’rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati ma
vjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota -
onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir. 
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday
metoddan foydalanishiga bog’liq. 
Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab: 
1. So’z orqali ifodalash usuli. 


2. Ko’rgazmalilik usuli. 
3. Amaliy namuna usuli. 
4. Rag’batlantirish va jazo usullariga bo’linadi. 
Bu metodlar o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi. 
Birinchi guruh - so’z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish 
orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga. 
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko’rish 
orqali tarbiyalash usullariga. 
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, 
o’rnak ko’rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko’rsatish. 
To’rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o’rtoqlari oldida ma’qullash, 
minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag’batlantirish. 
Jazo - bu bolaning noto’g’ri qilgan ishiga o’zini iqror qildirish. 
Tarbiya 
jarayoniga, 
milliy 
ma’naviyatimizga, 
mafkuraga 
oid 
tushunchalarni ko’rib chiqaylik: 
Tarbiya - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari 
va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni. 
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo’ysunish 
va o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan hatti harakatlardan o’zini tiya bilish. 
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot 
asosiy rol o’ynasada, nasl - nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham 
katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga 
yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo’lish va yuksak axloqlilikdir. 
Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to’g’rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, 
oliyjanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go’zallikka intilish kabilardir. 
Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda 
hal etishdir. 
Adolat tushunchasi bilan bog’liq jihatlar juda keng qamrovli bo’lib, adolatli 
inson, adolatli jamiyat kabi tushunchalar shunday jihatlar jumlasiga kiradi. 
Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat tamoyili amal qilgan holda ish olib borish, 
yo’l tutish, faoliyat yuritish demakdir. Prezidentimiz I.A.Karimov "O’z 
kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz" (1999 yil, 13 fevral) mavzusidagi 
"Turkiston" gazetasi muxbirining savollariga javoblari biz uchun dasturilamal 
bo’ldi. 


· Vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatda to’g’ri yo’lni tanlash uchun 
avvalo tarixni yaxshi bilish, hayotning achchiq- chuchugini bilish kerak. 
· Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo’lmog’i darkor. 
· Endi, eski jamiyatni inkor qilish yoki ma’qullash kayfiyatidan voz kechib, 
bunyodkorlik kayfiyatiga o’tish kerak. 
· Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni anglash, 
ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik. 
· Insonlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish lozim. 
Mamlakatimizning 
huquqiy 
demokratik 
davlat qurish 
jarayonida 
o’tmishimizning hali o’rganilmagan sahifalarini tadqiq etish, davlat va siyosiy 
arboblarimiz nomlarini xalqimizga qaytarish, huquqiy qadriyatlarimizni tiklashga 
alohida e’tibor berilmoqda. « Biz uchun mustaqillik-eng avvalo, o’z taqdirimizni 
qo’limizga olish, o’zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni tiklash, 
mu’tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir». 
Shu nuqtai nazardan, yoshlarda ijtimoiy adolat haqidagi tushunchalarni 
shakllantirish ijtimoiy adolat mavzui doirasida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, 
«adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy 
munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab oladi. « Adolat, axloq va huquq 
kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, 
odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o’lchovdir»,-deb yozadi F. 
Nizomov.
Har qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish 
darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi 
yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo’lamiz. 
Istiqlol sharofati bilan ko’plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari 
surilgan adolat to’g’risidagi g’oyalar atroflicha o’rganish zamon talabi bo’lib 
qolmoqda. Ayniqsa , O’zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, 
sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko’nikma-malakalarni egallagan, 
raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat 
to’g’risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda 
mutaxassis bo’lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari 
huquqiy davlat muammolarini to’g’ri baholay oladigan, chuqur huquqiy 
bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to’g’risidagi 
tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan 
holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi 
islohatlar, ahloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor 
berishlari lozim. 


Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning 
ijtimoiy 
munosabatlarga 
kirishishida 
asosiy 
bo’g’in 
bo’lib 
hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, 
ma’naviy-ruhiy jarayondir. 
Xuquqiy tarbiya muammolari va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilish 
muammolariga bag’ishlab ilmiy izlanish olib borgan olimlar: A. Saidov, B. 
Karimov, I. Ergashev, A. Begmatov qarashlari qimmatli ahamiyatga molikdir. 
Ma’lumki, inson jamiyatda erishishi mumkin bo’lgan narsalar-mulk, daromad, 
ijtimoiy 
maqom, 
hokimiyat, 
huquqlar 
insonlararo 
munosabatlaridagi adolatga bog’liq. Moddiy ne’matlar va xizmat turlari, ijtimoiy 
(obro’, hurmat-ehtirom),siyosiy ne’matlar ( siyosiy erkinliklar, shaxs huquqi), 
sog’liqni saqlash kishilarning ijtimoiy ahvoli kabi sohalarda odamlar adolat 
muammolariga katta e’tibor beradilar. Mutafakkir Shahobiddin Am’aqi odil shoh 
g’oyasini ilgari surar ekan, ayni paytda hukmdorga adolat me’yorlariga rioya qilish 
lozimligini o’qtiradi. Jamiyatdagi mavjud sotsial guruhlar, sinflar, tabaqalarga 
nisbatan moddiy ma’naviy ne’matlarni ulashishiga «chun xurshed meboyat zist», 
ya’ni quyosh singari barchaga baravar, barchani birday ko’rib, adolat yuzasidan 
taqsimlash lozimligini ta’kidlaydi. Alloma o’z madhiyalarida ilm ahli, ziyolilar 
dehqon, hunarmand xizmatchilariga alohida ahamiyat qaratish, jamiyat barqarorligi 
va taraqqiyot yo’lida qilayotgan mehnatlarini qadrlash kerakligini aytib, o’z 
faoliyatida ham shunga erishishga intiladi. 
«Mutafakkir Am’aqi Buxoriy adolat-Ollohning benazir inoyatidir, undan 
barchani bahramand qiling-degan g’oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat 
(kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bojarishda uning vazifasi 
muhim ekanligiga e’tibor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina 
iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qushin, mirshab va qozilarga emas, balki adolat 
tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog’liqligini 
ko’rsatib beradi. 
Tarbiya jarayonida o’qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim - tarbiya 
berish, o’kuvchilar bilim, ko’nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda 
tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan 
iboratdir. 
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o’zgartiradigan kuchli 
vositadir. Uning g’oyalari xalqning ishonch - e’tiqodi, intilish va manfaatlari 
ifodasiga aylansa yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura 
sohasidagi targ’ibot va tashviqot ishlarini, o’quvchilarning tushunchasi, aql - idroki 
va tafakkur darajasini inobatga olgan holda marifiy yo’l va usullar orqali amalga 
oshirish taqoza etiladi. 

Yüklə 433,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin