Tayanch iboralar: Iqlim hosil qiluvchi omillar, fizik omil, geografik omil, tempraturani taqsimlanishi, namlik, bulutlilik, yog‗inlar, havoning bosimi, shamol, fasllar. O‗rta Osiyo iqlimining umumiy xususiyatlaridan biri juda katta miqdorda
quyosh radiatsiyasi olishi, qurg‗oqchiligi (namning kamligi) va uning
mo‗‘tadilligidadirki, ular meteorologogik elementlarning yillararo va yil bo‗yi
notekis taqsimlanishida ifodalanadi. Shuni aytish kerakki, eng issiq va eng
sovuq oyning o‗rtacha temperaturasining tebranish amplitudasi 30
0
(ayrim
joylarda 40
0
)ga yetadi, u yoki bu oyning yog‗in – sochin miqdori o‗rtacha ko‗p
yillikdan 2-4 baravar ko‗p yoki kam bo‗lishi mumkin.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, O‗rta Osiyo iqlimining kontinentalligi
uning orografik omili bilan bog‗lanadi. O‗rta Osiyoning janubi va janubi-
sharqida tog‗ tizmalarining mavjudligi va shimolda orografik to‗siqlarning
yo‗qligi, yuqori kengliklarning sovuq havolari tekisliklarda to‗siqsiz bemalol
tarqaladi va janub tomondagi tog‗lardan o‗taolmasdan tog‗ oldida uzoq turib
qoladi. Chunki kirib kelgan sovuq havoning vertikal qalinligi, juda ko‗p
hollarda tog‗ tizmalarining balandligidan pastdir. Yozda shimoldan kelayotgan
sovuq havo tez isiydi, shuning uchun yoz oylarida O‗rta Osiyoning janubida va
shimoliy Eron va Afg‗onistonda havo haroratida farq sezilmaydi. Lekin, qishda
uning xususiyati juda sekin o‗zgaradi. Shu tufayli qish O‗rta Osiyo
respublikalarida ular bilan chegaradosh bo‗lgan Eron va Afg‗oniston
hududlariga nisbatan ancha sovuq: yanvar oyining o‗rtacha harorati
Turkmanistonning janubida va Eron hamda Afg‗onistonga nisbatan farqi qishda
5-10
0
ga yetadi. O‗rta Osiyoning iqlimini hosil qiluvchi asosiy omillar
quyidagilardan iborat: 1. Geografik o‗rni; 2. Katta miqdorda quyoshdan issiqlik
olishi; 3. Atmosfera umumiy sirkulyatsiyasining o‗ziga xos xususiyatlari: ochiq
kunlarning doimiyligi yoki bulutli ob-havoning hosil bo‗lishiga imkon berishi;