54
Mavzu: Mehnat darslarining ishlanmasini tuzish.
Dars rejasi o’quv yilining boshida yillik kalendar reja bo’yicha
taqsimlanadi. Dars rejasi 4 bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich
tashkiliy qism, bunda qo’ng’iroq chalingandan boshlab yangi dars bayon
etilgan vaqtgacha bo’lgan davr hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich uy ishini
tekshirish va baholash, uchinchi
bosqich yangi mavzuni bayoni, to’rtinchi
bosqich darsning yakuni, bunda bajarilgan ishlarni baholash, uyga vazifa berish
va ish joylarini tozalashlar kiradi. Bir soatlik dars misolida ko’rib chiqamiz.
Mehnat.
Mavzu:
8 mart bayramiga tabriknoma yasash.
Darsning maqsadi: Bayramga tabriknoma yasash,
har-xil shakllarni kesishga
o’quvchilarni o’rgatish, mehnat qurollaridan to’g’ri foydalanish.
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, ko’rsatmali.
Dars jihozi: yasalgan tabriknomalar, kley, qaychi, rangli qog’oz, karton, gullar
andozasi.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
Salomlashuv. Davomatni aniqlash.
-
Hozir nima dars?
-
Bugun nechanchi sana?
-
Hozir qaysi fasl?
-
Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
-
Hozir qaysi oy?
-
Mart oyida qanday bayramlar bo’ladi?
-
8 mart qanday bayram?
2.Uy ishini tekshirish.
-
Uyga qanday vazifa berilgan edi?
-
Hamma uy ishini oldiga qo’ysin.
Uy ishini tekshirib,
baholab chiqish, chiroyli va toza bajarganlarni
rag’barlantirib, o’quvchilarga namuna qilib ko’rsatiladi.
Bajarilmagan ishlarni
bajarib kelgandan so’ng keyingi darsda tekshirishni aytiladi.
3.Yangi mavzuni bayoni.
Bolalar bugun biz xalqaro xotin qizlar bayramiga tabriknoma yasaymiz.
O’z qo’limiz bilan yasagan tabriknomalarni onalarimizga, opalarimizga, buvi,
singillarimizga shehrlar aytib shirin so’zlik bilan tabriklasak, ular juda xursand
bo’lib ketadilar.
Onalar to’g’risida ko’plab maqol, hikmat, hikoyat, shehr,
asarlar bor,
masalan:
55
Xikmatlar.
Onaning bir qo’li beshikni,
Ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi.
Onaning dili og’risa,
Yer ham titraydi.
Dunyo tor bo’lganda ham,
Ona bag’ri keng.
Dostları ilə paylaş: