52
Xorazmiy (783-850) ning insoniylik va mehnatsevarlik
haqidagi dono fikrlari
hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har
bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham mag’rurlanmasligi va takabburlik
qilmasligi lozim.
X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo’yicha fikrlarning eng yirik
vakili Abu Nasr Al-Farobiy (870-950)ning o’z davri uchun katta xizmatlaridan
biri shundaki u insonlarni ilm-mahrifatli bo’lishga, mehnat qilishga va kasb-
hunar egallashga chiqiradi.
Farobiy kasb-hunar va ahloqiy fazilatlar muayyan harakatlarni takrorlash,
mashq qilish yo’li bilan paydo bo’lishini uqtiradi. Mutafakkir har bir kishi o’zi
yoqtirgan kasbni egallaganidan so’ng, o’ziga topshirilgan ishga nisbatan
yuksak mahsuliyatni his etishi va o’z “kasb-hunarini mukammal bilmog’i,
yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi xulq atvor fazilatlariga ega bo’lmog’i kerak”
deb tahkidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy (978-1048) ham mamlakatning obodonchiligi,
kishilarning baxt-saodati va kamolati uning halol
mehnat qilishida va kasb-
hunar o’rganishida deb biladi. U kasb-hunar, ixtirolashga, turli asboblarni
yasashga bag’ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o’zi yashab turgan davrdagi
ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli mahlumotlar
berilgan.
Mehnatni
va kasb-hunarni sharaflash, mehnat ahlining qadr-qiymatini
uning manfati uchun astoydil kurashni Beruniyning zamondoshi qomusiy olim
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning ilmiy faoliyatida ham ko’rishingiz mumkin.
Ibn Sino “Odam ijtimoiy jondir” degan fikrni olg’a surdi. SHunung uchun
ham olim odamning yashashi uchun eng zarur narsa foydali mehnat ekanligini
tahkidlaydi.
O’rta Osiyoda ko’plab shoirlarning ustozi bo’lgan Abulqosim Firdavsiy
(934-1020)ning “SHohnoma”sida mehnat ahliga mehr-muhabbat bilan
yog’dirilgan va kasb-hunarni egallash malakasiga bagishlangan misralarini
ko’plab uchratish mumkin:
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,
Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj.
Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan
yana biri Nosir Xisrav
(1004-1088)dir. Uning fikricha, dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat
odamlar mehnatkashlar-jamiyat uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi
hunarmandlar, kosiblar, binokorlardir.
Kasbdan jodu hurram yo’q jahonda,
Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda.
Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay,
Kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay.
Arzir uning bo’lsa boshi osmonda,
Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.
Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasb-
hunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson
53
dunyoga kelar ekan o’z hayoti maboynida insoniy qadr-qiymatga ega bo’lishi
kerak.
Zero
mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, yahni
mehnat qilish orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Moddiy
ehtiyojini, mag’naviy ehtiyojini, mehnat ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyoj
qondirilishi natijasida mahnaviy va mehnat ehtiyojlari ham qondiriladi.
Xullas, boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnat va kasb-hunarni
tarbiyalashda ulug’ mutafakkirlarimizning
asarlarida keng foydalanish
maqsadga muvofiq bo’lar edi. Mutafakkirlarning merosiga chuqur hurmat
bilan qarash va ular yaratgan asarlarni ko’z qorachig’iday saqlash kerak.
SAVOLLAR.
1.Hunar deganda nimani tushinasiz?
2.Ustoz va shogird haqida?
3.Mutafakkirlar merosi mehnat tarbiyasiga qanday tahsir etadi?
TOPSHIRIQLAR.
1. Kasb-hunar turlarini ayting.
2. Mutafakkirlar merosidan kasb-hunar tarbisi haqida fikrlar
keltiring.
ADABIYoTLAR.
1.S.Hasanov “O’rta Osiyo mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida”. T.
1996y.
Dostları ilə paylaş: