48
keyin o’tkazilgan o’simliklar bir joyga ekilib, shu yerda o’sgan o’simliklardan
tubdan farq qiladi. Tarmoqdagi pamidorning poyasi kalta, baquvvat,
barglari
sersuv, to’q yashil rangli, yaxshi rivojlangan ildizida juda ko’p tomirchalar
paydo bo’lgan. Bu ildizchalar o’simlikning yerdagi poya qismidan o’sib
chiqqan. Aksincha bir joyda urug’dan o’stirilgan
pamidorning ildizi bequvvat
va kam edi. Buning sababi bolalardan so’ralganda bolalar bu savolga
osongina javob berdilar.
Biz ko’chirib o’tkazish vaqtida asosiy ildizning bir qismini olib tashladik.
U asta-sekin o’sa boshladi, yonidan chiqqan ildizchalar esa tez o’sib ketdi,
poyadan ham shoxchalar o’sib chiqdi. O’simlikni
poyasi bir oz tuproqqa
ko’milgani uchun qo’shimcha ildizlar o’sib chiqdi.
Tajriba natijasida bolalar pamidor ildizini sistemasining o’sishi va
rivojlanishini kishilarning harakatiga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Tajriba uchun ikki hovli bo’lishi kerak. Birinchi hovlidagi pamidorning bachki
shoxlari olib tashlanadi, ikkinchi hovlidagi pamidorning shoxlari olinmaydi.
Tajriba vaqtida o’qituvchi bolalarga bachki shoxlarni yulish usullarini
o’rgatadi. Bahzida bolalar bir va ikki poyali o’simlikni
birinchi gulbargi
ostidan bargini sezmay qoladilar. Natijada bir poyali o’simlik o’rniga ikki
poyali, ikki poyali o’simlik o’rniga uch poyali o’simlik o’sadi.
Bundan tashqari bolalar ikki poyali o’simlikning ikkala poyasida ham
hosil payqaydilar. U poyali o’simlikning hosili ikkita poyasida, ayrimlarida esa
faqat asosiy poyasida ekanligini guvohi bo’ladilar. O’quvchilar ikki poyali
pamidorning mevasi yirikroq bo’lib tezroq pishishini bilgach, qishloq xo’jaligi
uchun ikki poyali pamidor o’stirish foydali degan xulosaga keladilar.
Sungra ukuvchilar tajriba asosida ruy bergan
jarayonni kuzatishlari
asosida suxbatlar olib boradi.
SAVOLLAR.
1.Qishloq xo’jaligi mehnati ahamiyati?
2.Ko’chat ekish qaysi fasilda bo’ladi?
3.Necha poyali o’simlik mavjud?
4.O’simliklar nima bilan oziqlanadi?
5.Pamidor urug’i qanday o’stiriladi?
TOPSHIRIQLAR.
1.
Qishloq xo’jaligi ekinlari nomini keltiring.
2.
Ish turi bo’yicha dars ishlanmasini tuzing.
ADABIYoTLAR.
1.P.Magzumov. “O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.