Ko’p rangi applikatsiyalar. Ko’p rangi applikatsiyalarni qirqish
ancha murakkab ish bo’lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu
turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni tanlash juda muhimdir. Fon
ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo’lishi kerak. Ana shunda predmet
xuddi bo’rtib turgandek yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylagan asarga bog’liq.
Fonda joylashgan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarninig
tabiiy joylashishi va o’lchamlarining uyg’unligiga ehtibor berish kerak. Bu
ishlarning bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar oldindan
belgilamay qirqiladi, ayrim detallar esa belgilangan eskizlar bo’yicha qirqiladi.
Ko’p rangli applikattsiyalardan biri dekorativ applikattsiyalardir.
Dekorativ applikatsiya - naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida
tasvirlangan hodisa harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi manzaralardan
iborat bo’lishi mumkin.
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa
materillardan olishlari, ayrim elementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. SHarq
naqshi applikatsiyasining bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ
applikatsiya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin.
Badiiy applikatsiyalar. Mavzuli ishlarni yaratish faqat mehnatga
emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat tahlimi darslarida
applikatsiya ishlarini bajarilish texnikasi o’rganiladi.
Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini o’quvchilar turli
bayramlarga bag’ishlangan (tabriknomalar, ochiq xat muqovasini, yo’l
belgilari) ishlarini bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi.
Quticha ochiq tondagi qog’oz fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan
asarning yaratilishi va elementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Asarni
yaratish ustida ishlagan asosiy ehtibor tanlangan mavzuning mazmuniga,
kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi. Asar
xajmiga kura eng katta detal mavzuli detal bulishi kerak.