Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


Geometrik shaklli applikatsiyalar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Geometrik shaklli applikatsiyalar. Bajarilish texnikasiga ko’ra
applikatsiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli appilkatsiyailardir. 
1 va 3 sinf o’quvchilari geometrik shaklli applikatsiyani bajarishda qo’ydagi 
bilimlarni egallaydilar. 
1.
Geometrik shakllar: kvadrat, to’g’ri burchak, uchburchak, aylanani 
qog’oz bo’lagidan va o’lchov asboblari yordamida hosil bo’lishi 
haqidagi mavjud bilimlarni mustahkamlaydilar. 
2.
Badiiy didni o’stiradi, rasm darslarida polosa, doira, kvadratda 
ornamentlar tuzish bo’yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar. 
3.
Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib geometrik shakllarni 
to’g’ri idrok etishni o’rganadilar. 
4.
Bolalarni “ko’p, kam, uzunasiga, kungdalangiga, qism va qatlam, 
ikki qismga qirqish, to’rt qismga, teng qismlarga” kabi 
tushunchalari mustahkamlanadi. 
5.
Bolalar ranglar uyg’unlagini to’g’ri tanlashni o’rganadilar. Ularda 
estetik did tarbiyalanadi.
Geomterik shaklli applikatsiyalarni ham dekorativ-ornament, predmet, 
syujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin. 
Doira, kvadrat va ovaldan ornamentlar yasash. Ornamnt detallari: turli 
ulchamdagi kvadrat, uchburchaklar tayyorlanadi. Kvadratda naksh diogonal 
buyicha tuziladi – bunda shakllarni simmetrik joylashtirish kulay. Doirada 
naksh markazdan radiuslar buylab tuziladi. 
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar.
Bolalarni predmetlarni fazoviy idrok etishini rivojlantirish kerak. Buni 
atrofimizni o’rab turgan narsalar: uy, archa, darxt, mashina, idish-tovoq, 
jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan 
ifodalash mumkin. 
O’qituvchi istalgan predmetni tanlashi mumkin. Uni bolalar bilan 
birgalikda kurib, uning ayrim detallari kaysi geometrik shakllarga uxshashligi, 
ularni kanday ulchamlarda, kaysilarini kattarok, kaysilarini kichikrok olish, 
kanday izchillikda joylashtirish kerakligini aniklaydilar. 
Rangli qog’ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan 
applikatsiya bo’yicha juda ko’p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarni 


44 
har birini shunday joylashtirish kerakki, natijada talab qilinadigan shakl paydo 
bo’lsin. 
Bu ishlar o’quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni 
o’stirishga yordam beradi. Bolalarda qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida 
qathiyatlik, tartiblik tarbiyalanadi. Uyushqoqlik bilan ishlash ko’rsatmalariga 
rioya qilish, tashabbuskorlik ko’rsatish ko’nikmalari shakllanadi. O’quvchilar 
tayyorlagan applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib 
didaktik material, o’quvchilar nutqini o’stirish vositasi bo’lishi, ularning 
predmetlari shakli, rangi, fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini 
boyitishga xizmat qilishi mumkin. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin