33
Mavzu: Boshlang’ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy bilim
tushunchalarini shakllantirish.
Mahlumki Respublikamiz mustaqilikka erishib, o’z yo’lini belgilab oldi
va bozor iqtisodi yo’nalishini tanladi. Bozor iqtisodi ongli kishilik
taraqqiyotining hamma bosqichlarida bo’lgan
va bundan keyin ham davom
etaveradi. U insonlarga hamisha yo’ldoshdir.
O’quvchilar ongiga jamiyatimizning demokratik asosida iqtisodiy
islohatlarni yanada rivojlantirish, mahnaviy-ahloqiy, mehnat tarbiyasi
tushunchalarini
shakllantirish, mehnat darslarida iqtisodiy tushuncha berish
ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat fanlar asosini chuqur va amaliy o’zlashtirishda, bolalarni
mehnatga
bo’lgan
munosabatini
ijodiy
ish
faoliyatida
mustaqil
shakllantirishda, fikr yuritishga o’rgatuvchi ilmiy vositalardan biridir. Ko’p
asrlik tajriba shuni ko’rsatadiki, insonlarning mehnati tufayli cheksiz boyliklar
va imkoniyatlarning yechiladi. Mehnat fani iqtisodiy rivojlanishning asosiy
omili hisoblanib, o’quvchilarning chuqur iqtisodiy bilimini mustahkamlaydi.
Hali-hanuz iqtisodiy mehnat tarbiyasida ilg’or umumbashariy va milliy
g’urur, ularning tarbiyaviy harakteri o’z ifodasini topgani yo’q. SHuning uchun
mehnat darslarida o’quvchilarning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlik
mehnat faoliyati ko’nikmalarini shakllantirish va kuchaytirish lozim.
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi.
Bu vazifalardan biri tadbirkorlik bo’lib, bu mahsulot
ishlab chiqarish uni sota
bilish, tushgan mablag’ni joy-joyiga sarflay olishdir. Bu tadbirkorlik talablarini
mehnat darslari jarayonida darslar nechoglik qiziqarli va foydali tashkil etilsa,
o’quvchilar shunchalik iqtisodiy bilimga va malakaga ega bo’ladilar. Avvalo
bu darslarning muzmunini to’g’ri belgilab olish zarur.
- mehnat tahlimi va tarbiyasining ijtimoiy va iqtisodiy yo’nalganligi;
-
mehnat
darslarini
bozor
iqtisodi
talablari
asosida
pedagogik
texnologiyalardan va malakalardan unumli foydalanish;
- O’quvchilarni qiziqishlarini hisobga olib amaliy to’garaklarga jalb qilish;
- O’quvchilarni mehnat darslarida iqtisodiy bilim berishda yoshi, shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olish;
- O’quvchilarni mehnat natijalarini rag’barlantirish va kamchiliklarni
do’stona hal qilish;
Mehnat darslari bolalar uchun iqtisodiy bilimlar
bilan tevarak- atrofdagi
hayotni o’ziga xos tarzda bog’lovchi omil bo’lishi lozim.
SHuning uchun hozirgi kunda mehnat darslarida «o’z-o’zini boshqarish»
va «o’z-o’zini mablag’ bilan tahminlash» kabi tadbirkorlik ishlarini tashkil
qilish lozim.
34
Masalan o’quvchilarning mehnat darslarida materiallarni isrof
qilmaslikni, ishning sifatliligini, estetik jihatdan bejirim va chiroyli bo’lishiga
ehtibor berishlari kerak.
SHu bois boshlang’ich sinflarda mehnat tahlimi va
tarbiyasi jarayonida tadbirkorlik tushunchalarini,
kelgusi mehnat faoliyatida
muhim
o’rin
egallash
ekanligi
ko’rsatish,
tushuntirish
pedagog
o’qituvchilarning oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligini tahkidlash
zarur. O’quvchilarda mexnat tahlimi jarayonida tadbirkorlik tushunchalarining
dastlabki bosqichlarini amalga oshirishda qo’ydagi vazifalarni bajarish
ko’zda tutiladi.
1.
O’quvchilarni mehnat tahlimiga oid nazariy va amaliy bilim berishni
uzviyligini mustahkamlash;
2.
Kasblar xususiyatni farqlay bilishga o’rgatish orqali ularni turli
kasblarni to’g’ri tanlashga yo’naltirish;
3.
Unumli mehnat qilib yuqori samaradorlikka erishishni o’rgatish;
4.
Mehnat jarayonida erishilgan natijani maktab jamoasi va ota-onalar
ishtirokida namoyish etish;
5.
Bajarilgan ishlar sifatini oshirishda kim oshdi savdo maskanlarini
tashkil etish;
O’quvchilarda tadbirkorlik tushunchalarini
shakllantirishda maktab,
mahalla, oila va jamoatchilikni birgalikdagi harakati o’z-o’ziga xizmat qilishni
tashkil etish, mahsulot sifati hamda turli ish turlari jarayonida mehnat
natijalarining unumdorligi keskin o’sishda o’z tahsirini ko’rsatadi. CHunki
tadbirlarda erishilgan yutuqlar bo’yicha o’quvchilarning bajargan buyumlari
maktab muzeylari yoki sinf burchagida namuna sifatida saqlash,
ota-onalarga
sovg’a sifatida taqdim etish o’quvchilarda amaliy mehnatda ish sifatini yanada
oshirish, ijobiy natijalarga erishishda samarali tahsir ko’rsatadi.
O’quvchilarning bajargan ishlaridan maktab sharoitidan kelib chiqib har
xil ko’rgazmalar va o’quvchilarning o’zlari uchun maktab bozori tashkil qilinsa
maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Bunda o’quvchilar o’zlari bajargan ishlar natijalarini, diqqatga, ehtiborga
sazovor bo’lganligini, o’zini mablag’ bilan
qisman tahminlanganligini, o’zini
boshqara olishini ko’rib, o’z mehnatiga va o’zgalar mehnatiga hurmat bilan
qaraydi. O’quvchi ongida mehnatga muhabbat o’z samarasini topadi.
Natijada davlatimizning iqtisodini yuqori darajaga ko’tara oladigan,
o’zining kasbini, hunarini hurmat qiladigan, jamiyatimizning rivojlanishida
o’zini hissasini qo’sha oladigan barkamol avlodni
tarbiyalashimizda yordam
beradi.
SAVOLLAR.
1.
Iqtisodiy tarbiya nima.
2.
Mehnat tahlimidagi iqtisod qanday ko’rinishga ega.
3.
Tadbirkorlik qanday amalga oshiriladi.
TOPSHIRIQLAR.
35
1.
Mehnat tahlimida iqtisodiy tarbiya qaysi ish jarayonida berilishi
kerakligini ayting.
ADABIYoTLAR.
Dostları ilə paylaş: