Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy  ishlar” 1996 yil  2



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

1. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy 
ishlar” 1996 yil 
2. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O, “Mehnat tahlim metodikasi”
T., “O’qituvchi” 1986 yil 


30 
3. SHumulevich N.M. “Qog’ozdan texnik modellar yasash” T., 
“O’qituvchi” 1989 y 
4. Vorobg’yov A.SH. “Konstruktorlik va modellashtirish” T., “O’qituvchi” 
1989 yil 
5. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y. 
Mavzu: Boshlang’ich sinfda mehnat tahlimidan amaliy ishlar. 
Mehnat tahlimi darslarida o’quvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish 
mehnatiga tayyorlashning ilk bosqichlarini o’rganadilar. Birinchi sinfda 
o’quvchilar eng avvalo faqat dars mashg’ulotlaridagina emas, balki boshqa 
darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Qog’oz va 
karton bilan ishlash, gazlamaga dastlabki ishlov berish, turli materiallar bilan 
ishlash, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish hamda uy-ro’zg’or mehnati va shu kabilar 
bilan tanishadilar. Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, 
materiallarni tejamli sarflash, mehnatga ijodiy yondoshish, tabiatga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, mehnat madaniyatini tarbiyalash, 
ularga ayrim kasblar haqida tushunchalar berib boriladi. 
O’quvchilarga mehnat tarbiyasi berishning asosiy vazifalaridan biri 
o’quvchilarda materiallarga ishlov berish ko’nikmalarini hosil qilish va ularga 
shunga muvofiq bilimlarni berishdir. Bu ish birinchi sinfdan boshlab 
bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, chunki o’quvchilar hali eng oddiy 
buyumlarni tayyorlash operatsiyalarni eslab qolishga qodir emaslar. 
Hosil qilingan ko’nikmalar takror mashq qilishlar natijasida takomillashib 
boradi. Xatoga yo’l qo’ymaslik uchun o’quvchilarni o’z-o’zini nazorat qilishga 
odatlantirish lozim. Topshiriqlarni bajarish jarayonida yo’l qo’yilgan xatolarni 
o’zlari topib uni tuzatmagunlaricha hamda bajarilgan ishlarning to’g’riligiga 
ishonch hosil qilmagunlaricha o’quvchilardan ishni qabul qilmaslik lozim. 
Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida yangi ko’nikma va malakalar 
hosil qilinadi. Buning uchun qo’l asboblaridan foydalanishning o’ziga 
xosligini, materiallarni xususiyatini, yasalayotgan buyumlar xususiyatini bilish 
katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinflarni qo’l mehnatiga o’rgatish quyidagi ish turlariga 
bo’linadi. 
1.Qog’oz va karton bilan ishlash. 
2.Turli materiallar bilan ishlash. 
a) Applikattsiya va mozayka ishlari. 
b) Loy va plastilin bilan ishlash. 
v) Tabiiy materiallar bilan ishlash 
3.Qog’oz va karton bilan ishlash. 
4. Gazlama bilan ishlash. 


31 
5. Loyihalash va modellash ishlari. 
6. Qishloq xo’jalik ishlari. 
Dars boshida o’qituvchi biror mavzu bo’yicha suhbat olib borar ekan, bu 
buyum qanday maqsadlarda, yahni qaerda ishlatilishini tushuntiradi, so’ngra 
o’quvchilar tayyorlanayotgan har bir buyumni amalda qo’laydilar. 
Buyumni tayyorlash usullarini o’qituvchi sinf doskasiga osib qo’yilgan 
yo’llanma xaritasidan yoki texnik vositalardan foydalanib ko’rsatadi. SHundan 
so’ng u ishni bajarish tartibi va usullariga tegishli savollarni berib, materialni 
takrorlaydi va buyumni o’quvchilar bilan birgalikda tayyorlashga o’tadi. 
Yuqoridagilar kelib chiqib, mehnat tahlimidan amaliy ishlar tuzilishi 
quyidagi tartibda olib boriladi. 
1.
O’quvchilar oldiga mehnat topshirig’ining maqsadi va mavzusini 
qo’yish: 
a) darslarda bajarishga mo’ljallangan buyum yoki ishning o’quvchilar 
hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi ahamiyati; 
b) belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va 
ko’nikmalarni egallash lozimligini ko’rsatish. 
2. Ish o’rni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi chizmalarning 
tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan holda tashkil etishga 
yordam beruvchi qonun-qoidalarni eslatish. 
3. Bajariladigan mehnat vazifalarini oldindan rejalashtirish: 
a) namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli materillarni, 
berilgan o’lchovlarni tayyorlash; 
b) buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, tushunish, barcha 
o’lchovlarni va ishchi chiziqlarini topish va o’qish, yahni ishni buyumni 
tayyorlash uchun qanday harakatlarni amalga oshirish, qanday asboblarni 
ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket bajarish tartibini aniqlash. 
4. Materialni namuna, berilgan o’lchovlar bo’yicha belgilab chiqish. 
O’quvchilarni belgilash tartibini bilishlari va uni doskada belgilash
bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni ko’rsatib tushuntirayotgan 
o’qituvchi bilan bir vaqtda bajarilishi lozim. 
5. Belgilash ishlarini bajarish.Detallarni tayyorlash, detallarni moslash va 
uning barcha detallarini yig’ish; detallardan buyumni yig’ish jarayonida; 
buyum va uning detallariga ishlov berish jarayonida zarur bo’ladigan bilim 
va ko’nikmalarni egallash. 
6. Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni tuzatish, ishni 
baholash. 
7. Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo’yish. 
Mehnat tahlimida amaliy ish mashg’ulotlari tashkil qilishning bu tartibidan 
o’qituvchi mazkur dars uchun belgilangan aniq buyum yoki ishning 
xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi. 
Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatga qiziqish va muhabbat 
singdirib boriladi. Mehnatga qiziqishning muhim talablaridan biri 


32 
ishlanadigan buyumni to’g’ri tanlashdir. O’quvchilar tayyorlanadigan 
narsalarni nimaga kerakligi, qaerda ishlatilishini bilishlari kerak. 
Bu ish turlarini barchasi boshlang’ich sinflarda qo’l mehnati jarayoni 
o’quvchilardagi kasb tanlash ishlariga qaratilgan. 
O’quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda 
bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, materiallni tejamkorlik bilan 
sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, o’qituvchi ko’rsatmasiga amal 
qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozada saqlashlari, mashg’ulotdan 
so’ng sinfni tozalab qo’yishlari kerak. 
Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mehnat darslarida ham tahlimning 
ko’rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil 
namuna, rasm, chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, 
shunungdek texnika vositalaridan foydalaniladi. 
SAVOLLAR. 
1.O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash nima? 
2.Mehnat darslarida qanday amaliy ish turlari bajariladi? 
3.Mehnat darslarida amaliy ishlar qanday tashkil qilinadi? 
4.O’quvchilar tarbiyasida amaliy ish jarayonini ahamiyati? 
TOPSHIRIQLAR. 
1.Amaliy ish turlaridan namuna keltiring. 
2.Namunaviy dars ishlanmasini yozing. 
ADABIYoTLAR. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin