Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy  ishlar” 1996 yil  2



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

1. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy 
ishlar” 1996 yil 
2. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O., “Mehnat tahlim metodikasi”
T., “O’qituvchi” 1986 yil 
3. 
SHumulevich 
N.M.“Qog’ozdan 
texnik 
modellar 
yasash” 
T.,“O’qituvchi” 1989 y 
4. 
Vorobg’yov 
A.SH. 
“Konstruktorlik 
va 
modellashtirish” 
T., 
“O’qituvchi”1989 yil 
5. N.Gushkin, V.R.Xiltunin. “Mehnat eng yaxshi tarbiyachi”. T.1988y. 


38 
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y. 
Mavzu: Mehnat tahlimidan sinfdan tashqari ishlar. 
Mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni tarbiyalash maktabdagi o’quv 
hamda sinfdan tashqari ishlarning o’zagi, maktabning hayot bilan aloqasini 
mustahkamlashning asosiy yo’lidir. O’quvchilar mehnat ruhiy va amaliy 
tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan biridir. 
Maktabning turmush bilan aloqasi kundan-kunga mustahkamlanib 
bormoqda, sinfdan tashqari ishlarning o’quvchilar o’zlarining mustaqilliklari 
va tashabbuslarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil 
etilgan mehnatning go’zalligi va quvonchini, jamoaning kuchini his etishlariga 
yordam beradigan yangi shakl va usullarlari aniqlanmoqda.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlarni davom ettirilishi to’garak 
ishlari, jumladan “Mohir qo’llar”, “Yosh naturalistlar”, “Badiiy kashtachilik 
to’garaklari” kabi to’garaklar keng tarqalgandir. 
O’quvchilarning mehnat faoliyatiga psixologik va amaliy tayyorlash 
o’quvchilar ijtimoiy foydali mehnatining har xil turlarida qatnashayotgan 
vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni qo’llash orqali amalga oshirilishi 
kerak.
O’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning 
butun tahlim – tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u bolaning har 
tomonlama rivojlantirish, darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlash, 
chuqurlashtirish, amalda qo’llanishga yordam beruvchi muhim vositalardan 
biridir. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o’quvchilarning bilim doirasini 
kengaytiradi, mehnat tahlim va tarbiyasi bolalarda fan texnika, sahnatning turli 
sohalariga qiziqishini o’stirish masalalarini hal etishga yordam beradi. 
Mehnat tahlimi bo’yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat 
darslarining davomi qo’shimchasidir. O’quv mashg’ulotlari bilimlarga 
qiziqishini o’zstiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo’llash 
hamda chuqurlashtirish imkonini beradi. SHu bilan birga sinfdan tashqari 
ishdarsda berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan 
o’zining o’yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish 
o’quvchilarga ishning o’zlariga ko’proq yoqqan, o’zlarini ko’proq qiziqtirgan 
turini tanlashlari uchun imkon yaratadi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda 
o’quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo’ladi, bu 
yerda ular istalgan ish bilan shug’ullanishilari, qo’yilgan maqsadga erishish 
uchun kerak bo’lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin. 
Sinfdan tashqari ishning formalar ko’pdir: 
Ommaviy ish – kechalar, ertaliklar, konkurslar, viktorinalar, 
ekskursiyalar, ko’rgazmalar. 
Maktablarda boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni ertaliklar, 
ko’rgazmalar tayyorlashni uyushtirish kabi ommoviy ish turlaridan keng 
foydalanib, konskurs va viktorinalarga kam ehtibor beriladi. Ommaviy ishning 


39 
konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli va aynan bir vaqtda katta 
tarbiyaviy imkoniyatlarga egadir. CHunki zehnli, tez javob topa bilish, o’z 
fikri, bilim va ko’nikmalarini safarbar eta bilish xuddi mana shu ish turlarida 
talab qilinadi. 
Maktabning tarbiyaviy ishlarida ommoviy ishlar katta rolg’ uynaydi. 
Kechalarga, konkurslarga, viktorinalarga tayyorgarlik ukuvchilarni xar 
tomonlama xarakat kilishga matnlarni yodlash, kostyumlar tayyorlash,
jixozlash, bezash ishlarini amalga oshirishga majbur kiladi. Kechalar mavzulari 
shunday tanlanish kerakki, u ukuvchilarda xar tomonlama kizikish uygotsin, 
ularni uylashga, ixtiro kilishga majbur etsin va fakat mavjud bilim va 
kunikmalar bilan cheklanib kolmay, kecha mavzusining dasturiga muvofik 
yangiliklarni xam uzlashtira borsin. Ayniksa kechalar ikki yondosh sinflar 
kushilganda juda kizikarli va jonli utadi. Kecha mavzusi asosan makol va 
matallardan olinadi, ammo kecha mavzusini “Mexnat va mexnat kishilarini 
sharaflaydigan” mexnatga alokador bulishi xam mumkin. 
Mexnatga bagishlangan kechalarni xar bir ukuv choragi va yil oxirida 
utkazish maksadga muvofik bular edi. Kecha “Maktab mexnat darslarida 
nimalarni urganib oldingiz” mavzusi asosida utkazish mumkin. Kechaning 
maksadi mexnat darslarida olingan kunikma va malakalarni mustaxkamlash, 
mexnatga muxabbat singdirishdir. 
Turli ishlarni bajarish, asboblarni tugri ishlatish, darslarda 
foydalaniladigan materiallar va asboblar buyicha bilimlarni tekshirishga 
bagishlangan musobakalar sinfda va sinflararo utkazilishi mumkin. Ish 
turlarini, tayyorlash texnologiyasini aynan uzini koldirib uzgartirish kerak. 
Xamma topshiriklarni bajargan ukuvchilarni maxsus nishon bilan takdirlash 
mumkin.
Tugarak ishlarida kurgazmalar, mavzuli alg’bomlar, kurgazmali 
kurollarni tashkil etish va bajarish muxim urin egallaydi. 
Kurgazmalar mavzusi xilma-xil bulishi mumkin, masalan sinfda 
mexnat darslarida bajarilgan ishlar kurgazmasi, uyda mustakish ishlagan yoki 
tugaraklarda ishlangan ishlar kurgazmasi va shu kabilar. Kurgazmani 
tomoshabinlar kanday idrok etishlari, kurgazmani kanday tashkil etilganligi, 
kanday bezatilganligini, namunalarning joylashtirishiga boglikdir. Kurgazma 
estetik didni tarbiyalaydi. 
To’garak ishi – “Mohir qo’llar”, “Qo’g’irochoq teatri”, “Yosh 
tabiatshunoslar”, “Quvnoq ustaxona” to’garaklari.
Boshlang’ich sinflardagi to’garak ishlari o’quvchilarida umumiy 
rivojlantirishni, o’zining sodda ijodiy fikrini amalga oshirish imkoniyatlariga 
ega bo’lsinlar. 
Boshlangich sinflarda tugarak ishi kuyi sinf ukuvchilarini umumiy 
rivojlantirish, ayniksa ukishning turmush bilan alokasi nuktai nazaridan juda 
muxim va keraklidir. “Moxir kullar”, “Kugirchok teatri”, “Yosh 
tabiatshunoslar” tugaraklari ayniksa katta axamiyatga ega bulib, tuguraklarda 
ugil va kiz bolalar bir xil kizikish bilan shugullana oladilar. Xar biri uz 
kizikishi, kuchi va imkoniyatlariga yarasha ish bilan shugullana oladilar. 


40 
To’garaklarni tashkil etishdan oldin o’qituvchi maktabdagi mavjud 
imkoniyatlarni chamalab chiqishi lozim. To’garak uchun albatta alohida xona 
kerak bu xona stol-stullar, mahlum asbob-moslamalar to’plami, tayyor ishlarni 
qo’yish uchun shkaflar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
Tugarak ish rejasini tugarak raxbari sinf raxbarlari bilan xamkorlikda bir 
yilga tuziladilar. Rejada tugarak kaysi ish turi bilan shugullanishi va shu ish 
turlari buyicha kanday amaliy ishlar amalga oshirilishi kayd etiladi. Rejadagi 
ishlar oddiydan murakkabga utishini tahminlash uchun murakkablik
darajasiga kura joylashtiriladi. Rejada utkaziladigan ekskursiya xam 
kursatiladi. Tugarak rejasini maktab raxbari tasdiklaydi. Tugarak mashguloti 
xaftada bir marta utkazilib, u 1,5 soatdan ortik davom etmasligi kerak. 
Tugarak mashguloti odatda yangi ish usullarini kursatishdan boshlanib, 
tugarak ahzolari bu xarakatni takrorlaydilar, asosiy ishga esa ular bu ish 
usullarini yaxshi egallab olganlaridan sung kirishiladi. Tugarak ahzolari 
ishlarni bajarish jarayonija oddiy sxemalar, chizmalardan foydalanishga, 
materiallarga tartibli, tejamkorlik bilan munosabatda bulishga, asboblar xamda 
ish joiyini toza va tartibli saklashga albatta odatlantirish zarur. Tugarakning xar 
bir ahzosi “Uzing bilim oldingmi – urtoginga xam urgat” degan koidani doimo 
yodida saklashi krak. 
Individual mashg’ulot - kollektsiyalar to’plash, texnika bilan mustaqil 
shug’ullanish, qishloq xo’jaligi ishlari bilan shug’ullanish kiradi. 
Boshlangich sinf ukuvchilari kuplab ijtimoiy foydali mexnatda 
katnashadilar. Ular paxta terishda, sabzavot mevalarni yigishda, ipak kurti 
bokishda, maktabni, maktab xovlisini, kucha xiyobonlarni obodonlashtirishda 
kullaridan kelgancha xarakat kiladilar. Ular dala shiyponlarida kutubxonalar 
tashkil etadilar, xavaskorlik kontsertlarini beradilar, makulatura, temir-tersak 
tuplaydilar, kichkintoylarni, nafakaxurlarni otalikka oladilar. Bu tadbirlarni 
barchasi ukuvchilar tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Biz ko’p narsalarni o’rganishni faqat dars vaqtida bajara olmaymiz, 
qilgan vaqtimizda ham ulgura olmaymiz. SHuning uchun sinfdan tashqari olib 
borgan ishlarimiz katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlarda 
o’quvchilarning qiziqishlariga, qobiliyatlariga qarab turli xil ishlarni amalga 
oshirishimiz mumkin. Bajarilgan ishlarimizni ahamiyati haqida tushuntirilib 
borilsa, yaxshi natijalarga olib keladi.
Mehnat topshiriklarini sinfdan tashqari ishlarda qo’llash o’qituvchidan 
muntazam katta tayyorgarlikni, har bitta to’garak ishlarini doimo nazorat qilib, 
ularni chuqur va mastahkam bilimlar bilan qurollantirib, tanlagan kasbiga 
qiziqtirib va o’quv fanlari mazmunini mukammalashtirib o’quv jarayonini 
to’g’ri tashkil etish kerak. 
Sinfdan tashkari ishlarni samarali ravishda amalga oshirish, boshlangich 
sinflarda uzlashtirgan bilim, malaka va kunikma va malakalarini 
mustaxkamlaydi, dunyokarashini shakllantiradi, ularning ijodiy kobiliyatlarini 
ustiradi xamda bidiiy estetik didini oshirishda muxim omil bulib xizmat kiladi. 
Uz vaktida, rejali, tartibli utkazilgan mashgulotlar ukuvchilarning kizikish va 
xavaslarini oshiradi, mahnaviy, mafkuraviy karashlarini boyitadi. 


41 
Xulosa qilib aytganda o’quvchilarga boshlang’ich sinfdanoq kelajakda 
to’g’ri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, kelajak avlodning barkamol 
bo’lishida, jamiyatimizning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 
SAVOLLAR. 
1.Sinfdan tashqari ishning maqsadi nimalardan iborat? 
2.Boshlang’ich sinfda qanday farqlar mavjud? 
3.Individual mashg’ulot nima? 
4.Sinfdan tashqari ishlar kasb tanlashga qanday tahsir
ko’rsatadi? 
TOPSHIRIQLAR. 
1.Sinfdan tashqari ishlarga misol keltiring. 
2. Sinfdan tashqari ishlarning ishlanmasini tuzing. 
ADABIYoTLAR. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin