4-mavzu. Arxitektura va qurilish soxasida a
xborot tizimlari
Reja:
1.Jamiyatni axborotlashtirish va istiqbol g‗oyalar.
1. Tizimtushunchasivaturlari.
2. Axborot tizimi tushunchasi.
3. Axborot tizimlarining evolyutsiyasi.
4. Axborot tizimidagi jarayonlar.
5. Axborot tizimlaridagi boshqaruv tuzilmasining ahamiyati.
6. Boshqaruv darajalari (operatsion, funksional, strategik) va ularda foydalaniladigan
axborot qism tizimlari.
1. Jamiyatni axborotlashtirish va istiqbol g‗oyalar
XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga
aylanmoqda. Ya'ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o‗rni
tobora yuksalmokda
va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg‗arilgan axborot va bilimlarning 90 % i
so‗nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi
milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, ta'limda ham axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalaridan keng ko‗lamda samarali foydalanishni talab etmoqda.
Axborot xuddi an'anaviy
resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo‗lgan resursga
aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik
imkoniyatini, shuningdek mudofa qobiliyatini ham belgilab beradi, deyishga jiddiy asos bor.
Axborot,
kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi,
modellash, ma'lumotlar manbai, dasturlashtirish,
shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta'minlash
va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim
xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot - ijtimoiy, iqtisodiy tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining
taraqqiyoti natijasida
yuzaga kelgan bilim va ma'lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to`plagan tajribalari
majmui demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqea, hodisalar va
jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o`zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada
va mulohaza qilib ko`rish maqsadida ko`pdan ko`p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot
tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborot oqimining
juda ham kengayishiga olib
keldi. Axborot oqimining tobora kengayib borganidan shu narsa ham dalolat bera oladiki, o`tgan
asrning 70-yillar o`rtalariga keliboq ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga etgan
ediki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun yiliga 1016
arifmetik amalni bajarish kerak bo`ladi. Tabiiyki, bunday murakkab hisob - kitobni cho`t qoqib
amalga oshirib bo`lmaydi. 10 milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina
shuncha arifmetik amalni echa olishi mumkin.
Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular mehnat,
moddiy va
energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo`ladi. Ayni paytda axborot — bu boshqa
barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asrab-avaylashga
ko`maklashuvchi yagona resurs turidir.
XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar ishlab
chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab
chiqarish sohasidan mehnat
resurslarining og`ishmay axborot sohasiga o`tib borishi tendentsiyasi tobora yaqqol sezilmoqda.
Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur'ati o`sishi va rivojlanishi jarayonida qarorlar
qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo`lgan axborot hajmi oshib bormoqda. Bu o`sish
avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon
bo`lmoqda.
Axborot hajmining ortishi va uni qayta ishlash vositalarining rivojlanmaganligi insonning
u to`g`risida ta'savvurga ega bo`lishi va ulardan foydalanishini qiyinlashtiradi. Ko`plab vaqt