• axborotlashgan iqtisod rivojlanishning asosiy shakli bo`lib xizmat kiladi;
• jamiyat taraqqiyotining negizi bo`lib axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlarini
keng qo`llash shartlari qo`yiladi;
• insoniyat taraqqiyotining yagona axborot maydoni shakllanmoqda.
Hozirgi bosqichda ilmiy-texnikaviy rivojlanishning asosiy xususiyatlaridan biri -
axborotning jamiyatdagi rolini belgilab olishdir.
Shu o`rinda mazkur muammoga bag`ishlangan respublikamizning tanikli olimlari
akademiklar V.Q. Qobulov, S.S. G`ulomov, professorlar A.A. Abdug`afforov, R.X. Alimov,
M.Irmatov, T.Sh. Shodiev, D.N. Ahmedov, B.M. Ismoilov, Z.T. Odilova va boshqalarning ilmiy
ishlarini ta'kidlab o`tish joizdir.
Akademik V.Q. Qobulov ta'kidlaganlaridek, «Iqtisodiy kibernetika, ijtimoiy ishlab
chiqarishning siyosiy-iqtisodiy tahliliga asoslangan holda, axborot va materiallarni tubdan
o`zgartirib yuborishning iqtisodiy tizimi doirasida ko`radi».
Axborot tanqisligi bilan bog`liq bo`lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga tushadi. Ayni
paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg`or texnologiyalarni ishlab chiqish va
foydalanish bo`yicha eng ko`p axborotga ega bo`lgan tizim yutib chiqmoqda.
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini sanoat
rivojlanishi sharoitida bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri deb hisoblaydi.
Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishining asosiy sohalari u yoki bu ma'noda axborot
bilan bog`liq bo`lib, ish bilan band bo`lganlarning 40-60 % ini tashkil etadi. Axborot xizmatlari
jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadining 10 % ini tashkil qilmoqda. Shuning 90 % i
AQSh, Yaponiya va G`arbiy Evropa hissasiga to`g`ri keladi.
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan barcha
mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o`z foydalanuvchilariga etkazishning «usullari va vositalari»
ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur'atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va
texnologiyalari sanoatini yaratishda o`z aksini topgan.
Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlan-tirish bo`yicha
vazifalarni hal etish uchun 2002 yil 30 mayda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish to`g`risida» gi Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
axborotlashtirishning milliy tizmlari barpo etilishini, iqtisodiyotga va jamiyatning har bir a'zosi
hayotiga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari ommaviy joriy etilishi uchun shart-
sharoitlarni ta'minlaydi, jahon bozorida mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini
oshiradi.
Farmonda va hukumat qarorida belgilangan dasturiy chora-tadbirlarning amalda ro`yobga
chiqarilishi boshqaruvning barcha tarmoq va mintaqaviy organlariga, iqtisodiy va madaniyatning
barcha sohalariga, umuman, jamiyatga daxldordir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun
maxsus «Kompyuterlash-tirishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
bo`yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash» tashkil etildi. Joriy yilda Kengashga 2010 yilgacha
bo`lgan davrda telekommunikatsiyalar va ma'lumotlar uzatishning milliy tarmog`ini
rivojlantirish; davlat boshqaruviga elektron texnologiyalarni joriy etish; eletron tijoratni
rivojlantirish bo`yicha dasturlarni tayyorlash topshirildi.
Prezident Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi va 2002-
2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
dasturini tasdiqladi, Unda telekommunikatsiyalar va ma'lumatlar uzatishni rivojlantirish, axborot
resurslaridan foydalanish, Internet tarmog`ida o`z saytlarini yaratishning maqsadli yo`nalishlari
belgilandi.
Dostları ilə paylaş: